O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti



Download 31,93 Kb.
bet2/2
Sana07.06.2021
Hajmi31,93 Kb.
#65759
1   2
Bog'liq
NE`MATILLAYEV SHAXOBIDDIN Yoshlarda milliy va umumbashariy qadryatlarga

Milliy qadriyatlarga sodiqlik


1. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy g‘oyani aholi, xususan, yoshlar ongiga singdirish ustuvor vazifaga aylangan, chunki har bir yoshning faolligi uning ilg‘or g‘oyaga qat’iy amal va e’tiqod qilishiga chambarchas bog‘liq. Milliy g‘oya har bir yoshda milliy g‘urur va iftixorning o‘sishi hamda ular qalbida yuksak vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirishda, turli zararli illatlar va tahdidlarga barham berishda milliy tarbiyaning muhim vositasi ekanligini inobatga olib qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, keng dunyoqarashli va mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida shakllantirishni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda barkamol avlod, yangi tafakkur sohiblarini yetishtirish, turli axborot xurujlari kuchaygan hozirgi tahlikali bir davrda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ayniqsa, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlar ongida milliy g‘oyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Yoshlarning jamiyatdagi faol ishtiroki, eng avvalo, ularning ong va tafakkuri o‘zgarishi orqali amalga oshiriladi. Jamiyatimizni yangilash va yoshlar ongini tashqi tahdidlardan, salbiy illatlardan himoyalashda milliy g‘oyachalik samarali va ta’sirchan vosita yo‘q. Shu boisdan yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Milliy g‘oya jamiyatda, ayniqsa, uning yosh a’zolari orasida milliy hamkorlik, milliy hamjihatlikning kuchayishiga ko‘mak beradi. U yetuk milliy ong, milliy g‘urur, milliy qadriyatlar, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllanadigan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi.

2. Milliy g‘oya yoshlar ongini tashqi tahdidlardan himoyalash va ularga qarshi kurashishda eng ta’sirchan himoya vositasi hamdir. Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlar ongida milliy g‘oyani shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Birinchidan, ta’lim muassasalarida “Vatan tuyg‘usi”, “Odobnoma”, “Milliy g‘oya”, “Shaxs va jamiyat”, “O‘zbekiston tarixi” kabi fanlardan o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy texnik vositalarini keng tatbiq etish asosida olib borish, shuningdek, amaliy darslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustaqillik yillarida bunyod etilgan muzeylar va ulkan madaniy obidalarining o‘zida o‘tkazish;

Ikkinchidanta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ARM (axborot-resurs markazlari) bo‘linmalarini yaqin atrofda joylashgan mahalla idoracida ochib, hududdagi yoshlarni kitob o‘qishga keng jalb qilish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

Uchinchidanyoshlar orasida milliy g‘oyani targ‘ib qilishda zamonaviy axborot vositalaridan keng foydalanish.

To‘rtinchidan, ekranda yoshlarbop milliy seriallar, bolalar uchun multiplikatsion filmlar yaratish orqali yoshlarda milliy o‘zlikni anglash hamda milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishni tizimli davom ettirish;

Beshinchidanunib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iymon-e’tiqodini yanada mustahkamlash uchun jamiyatimizda va fuqarolar ong-shuurida islom dini qadriyatlarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarimizni izchil davom ettirish.

Oltinchidan, yoshlarga oid axborot maydonini yanada kengaytirish zarur, ushbu maqsadga erishish uchun yoshlarning matbuot nashrlari hamda ixtisoslashgan internet resurslar, turli ijtimoiy tarmoqlarning salohiyatidan keng foydalanish.

3. Milliy g‘oyaning umuminsoniy qadriyat tamoyillari insonparvarlik, inson qadr-qimmati sha’ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi printsipiga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lmay, balki O‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o‘zida mujassam etadi. Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg’unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o‘taydi. Demak, milliy g‘oya ikki muhim, bir-biri bilan bog’liq bo‘lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O‘zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an’analari, madaniyati bilan bog’liq milliy-madaniy meros bo‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e’tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o‘zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma’noda milliy g‘oya umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi.

4. Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil yoshlarda o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish - bu prinsipning asosiy jihatidir. Milliy g‘oyaning umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiqlik tamoyillari bir-birini boyitadi, ayni paytda o‘zaro mushtaraklikda rivojlanadi.

Yoshlarda vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish milliy g‘oyamizning asosiy yo‘nalishlaridandir. Vatanparvarlik-Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g'ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg'udir.

Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan karaydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat.

Vatanparvarlik, bu - O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muxitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda xayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizni ag'darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarish, odamlarning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintakamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga harakat qilayotgan g'animlarga qarshi kurash demakdir.

Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi:

1) bilish - Vatan tushunchasiga xos kadriyatlarni egallash;

2) e'tiqod - mazkur qadriyatlar to‘g'risida olgan bilimlarini e'tiqodga aylantirish;

3) harakat - bu e'tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish

Xulosa:

Yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, eng avvalo, ta’lim-tarbiya muassasalarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, milliy g‘oya yoshlar ongini tashqi tahdidlardan himoyalash va ularga qarshi kurashishda eng ta’sirchan himoya vositasi hamdir.



Hozirgi kundagi har-hil tazyiqlardan himoya ongdir. Yurtimiz kelajagi bo`lmish yoshlarga milliy g`oyani singdirish orqali vatanga xiyonat,e`tiqod, insonnig qadr qiymati, qadriyatlar kabi fazilatlarni himoya qilibgina qolmay vattanni bir butun qilib saqlay olishga xizmat qiladi.

Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Barchamizga ma'lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug'ilib o‘sgan yurtga muxabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi. Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan”
Download 31,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish