«Layers» paneli orqali zarur qatlamlarni yaratish Loyihani chizishni boshlashdan avval, dastlab, «Layers» paneli yordamida oʻzimizga zarur
qatlamlarni yaratib olamiz. Masalan, «beton qatlami », «devor chiziqlari qatlami »,
«o’lchamlar qatlami », «jihozlar qatlami », «tom qatlami » va hokazo. Qatlamlar yordamida ishlashning afzal tomoni shundaki loyiha chizish davomida panelning funksiyalaridan foydalangan holda ishni tez va oson bajarishimiz mumkin. Biror qatlamni vaqtincha berkitib qoʻyish, uni «muzlagan» holga keltirib qoʻyish, ranglar va chiziq qalinligi orqali ularni farqlab olish shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |