O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
Tayanch iboralar: 
Qurilish mahsuloti. Baho. Narx. Resurs. Xarajatlar. Daromadlar. 
Tannarx. Smeta qiymati. To‘g‘ri xarajatlar. Ustama xarajatlar. Rejalashtirilgan 
jamg‘armalar. Haqiqiy foyda. Reja foydasi. Smeta foydasi. Balans foydasi. 
Rentabellik. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qurilish mahsulotining tannarxi deganda nimani tushunasiz? 
2. Qurilish mahsulotining tannarxi tarkibiga nimalar kiradi? 
3. To‘g‘ri xarajatlar qaysi xarajat elementlaridan tashkil topgan? 
4. Ustama xarajatlarga qaysi xarajatlar kiradi? 
5. Rejalashtirilgan jamg‘armalarga qaysi xarajatlar kiradi? 
6. Foydaning qanday turlari mavjud? 
7. Rentabellik nima va uning qanday turlari bor? 
 
 
 
 
 
 
 
 


~ 156 ~ 
14-MAVZU:
QURILISH
 
ISHLAB
 
CHIQARISHINI
 
DIVERSIFIKATSIYALASH
 
ASOSLARI 
Reja: 
14.1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi. 
14.2. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va
 
mezonlari. 
14.3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‗tkazish. 
 
14.1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi 
Iqtisodiyot fanida ―diversifikatsiya‖ tushunchasining ko‗plab izohlari mavjud. 
Umumiy ma‘noda diversifikatsiya - bu xo‗jalik faoliyatini yangi soha, bozor va 
tarmoqlarga kiritish demakdir. U iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalariga 
ajratiladi. 
Iqtisodiy diversifikatsiya – bu bitta firmada turli rentabellikdagi mahsulotlar 
ishlab chiqarilishini birlashtirish bo‗lib, u ishlab chiqarishdagi tuxtalishlarni 
manipulizatsiyalash imkonini beradi. 
Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo‗llashning iloji yo‗q, chunki 
qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo‗lgan hamma qurilish-montaj ishlari 
(rentabelligi 8-10% atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma 
(ob‘yekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish 
diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog‗langan yoki 
bog‗lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o‗zida rivojlantirish orqali 
qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar 
ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil jinsli faoliyat sferalarida 
uyg‗unlashtirishdir. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab 
chiqarish bilan bog‗langan yoki bog‗lanmagan sferasini kengaytirish sifatida 
tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi 
yo‗nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o‗xshash 
korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta 
tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish 
tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar 
yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy 
salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ echish 
bo‗yicha katta imkoniyatlarni to‗plash imkoniyatini yaratadi, natijada firma qurilish 
bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar yaratish, ular 
tugallangan ob‘yektlar yaratish bo‗yicha bajariladigan barcha ishlar va xizmatlar 
kompleksini o‗z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob‘yektlarni loyihada ko‗rsatilgan 
quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir qatorda 
infrastruktura yaratish bilan bog‗liq bo‗lgan ob‘yektlar qurilishi bilan ham 
shug‗ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish 


~ 157 ~ 
ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni 
rekonstruksiya qilishda to‗plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish 
materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish 
bilan bog‗liq bo‗lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish 
firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me‘yoriy foydalanishni 
yo‗lga qo‗yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida). 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish va 
iqtisodiy turg‗unligini ta‘minlash yo‗nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor ixtisoslik 
qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini pasaytirayotgan 
vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu yo‗nalishi ayniqsa juda 
dolzarb bo‗lib qolmoqda. 
O‗z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag‗larning zarurligi, xavf-
xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda 
to‗xtalishlarni bartaraf etish, distribyusiya kanallaridan samarali foydalanishga 
intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi. 
Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko‗lamini) taklif etish bilan korxona 
o‗zining 
raqobotbardoshligini 
oshirishi 
mumkin. 
Bundan 
tashqari 
diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan sinergetik effekt 
yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent jamlangan tizimga nisbatan ancha 
kichik salohiyatga ega bo‗ladi. 
Diversifikatsiya 
bog‗langan 
va 
bog‗lanmagan 
(konglomerativ) 
diversifikatsiyalarga bo‗linadi. Bog‗langan diversifikatsiya o‗z navbatida vertikal va 
gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) – bu 
ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi komponentlarni 
mavjud bo‗lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda integratsiya uchta 
turga: to‗liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga o‗tmagan holda 
manfaatdor kompaniyatlar o‗rtasida alyanslarni yaratish tushuniladi). Bundan 
tashqari, 
vertikal 
diversifatsiya 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
(korxonalar-mahsulot 
iste‘molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya‘ni aksincha (korxonalar-etkazib 
beruvchilar bilan integratsiya) bo‗lishi mumkin. Gorizontal diversifikatsiya – bu bitta 
sferada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish jarayoni bo‗lib, u o‗zining 
raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar ustidan nazorat o‗rnatish uchun 
amalga oshiriladi. Bog‗lanmagan diversifikatsiya – bu kopaniyaning asosiy faoliyati 
bilan bog‗lanmagan yangi bozorlarga kirish jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya 
jarayonini turkumlanishi 9.1. -rasmda ko‗rsatilgan). G‗arbda to‗plangan tajriba 
umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida bog‗langan diversifikatsiyaga ega bo‗lgan 
kompaniyalar ancha ustuvor bo‗lishini ko‗rsatadi. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo‗liga ega: 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish