O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
12.2 Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, 
ahamiyati va asosiy yo„nalishlari 
Qurilishda ilmiy texnika taraqqiyoti-bu zamonaviy ilmiy texnik yutuqlar va 
ishlab chiqarish vositalari, texnologik jarayonlar mehnatni tashkil etish va boshqarish 
usullari asosida ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish jarayonidir. Ushbu 
jarayon mehnat unumdorligini, mahsulot sifatining oshirilishini va maksimal foydaga 
erishishni ta‘minlaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot o‗zining rivojlanishida ikkita o‗zaro 
bog‗liq shakllarda: evolyusion va revolyusion shakllarda namoyon bo‗ladi. Ilmiy 
texnik taraqqiyotning evolyusion shakli vazifasi an‘anaviy texnologiya, jixozlar, 
material va konstruksiyalarni uzluksiz va doimiy ravishda mukammallashtirishdan 
iborat. Bunday jarayon ancha muddatgacha davom etishi mumkin va o‗zining 
birinchi bosqichlarida etarli miqdorda iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishilishini 
ta‘minlaydi. 
Ilmiy texnik taraqqiyotning revolyusion shakli — bu prinsipial yangi, avval 
qo‗llanilmagan mehnat vositalari va texnologiyani yaratishdir. Ba‘zan, ilmiy texnik 
taraqqiyotning ushbu shaklini ilmiy texnik revolyusiya deb ham ataladi. Afsuski 
ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shakli evolyusion ilmiy texnik taraqqiyotga 
nisbatan ohirgi yillarda kam sezilarli darajadadir. 
Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida mexnat sharoitlarini yaxshilanishi va uning 
me‘yorida saqlanishi, atrof-muhitni himoya qilish, qo‗l mexnati hissani qisqartirish, 
alohida holatlarda qo‗l mehnatidan umuman foydalanmaslik, qurilishni davomiyligini 
qisqartirishlarga erishiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish va unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‗nalishlari quyidagilar 
hisoblanadi: 

qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish; 

qurilishda yangi materiallar va konstruksiyalarni yaratish hamda 
qo‗llash; 

qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash 
va avtomatlashtirish; 

progressiv texnologiya va etakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini 
tashkil qilishda qo‗llash. 
Sanoatlashtirish - bu ko‗pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish 
maydonchalarida zavod muhitiga ko‗chirish demakdir. Qurilish ishlab chiqarishini 
sanoatlashtirishga tipik misol bo‗lib, o‗z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal 
qilayotgan uy-qurilish kombinatlari, temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 
zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi. 
Qurilishning sanoatlashtirish ko‗rsatkichlari bo‗lib bajaradigan qurilish montaj 
ishlari yoki ob‘yekt qiymatining umumiy hajmidagi konstruksiya va detallar 


~ 140 ~ 
qiymatining nisbati bo‗yicha aniqlanadigan qurilish ob‘yektlarining jamlanganlik 
darajasi hisoblanadi. 
Sanoatlashtirish qurilishni faol ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini 
kamaytirish va qurilish muddatini qisqartirish imkonini beradi. U shuningdek qurilish 
ishlab chiqarishida texnikaning tutgan ahamiyatini ko‗tarishga va uni nisbatan montaj 
jarayoniga aylantirishga xizmat qiladi. Sanoatlashtirish uy-joy qurilishi sohasida keng 
rivojlangan. 
Yangi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‗llash - bu qurilishdagi ilmiy 
texnik-taraqqiyotning muhim yo‗nalishidir. Hozirgi qurilayotgan ko‗pgina ob‘yekt va 
qurilmalar avvalgilaridan nafaqat arxitekturaviy-rejali jihatdan, balki ishlatiladigan 
material va konstruksiyalar bilan xam farq qiladi. Ular qatoriga plastmassa 
buyumlari, polietilen yog‗ochlari, suvga chidamli faneralar, shishali plastika, keramik 
buyumlar, issiqlikni izolyasiya qiluvchi akkustik va boshqa materiallarni kiritish 
mumkin. Alohida qurilish-montaj ishlarida zamonaviy sintetika materiallari, 
santexnika va elektrotexnika ishlarida tayyor materiallarni yig‗ish va ekspluatatsiya 
qilishda qulay bo‗lgan materiallar keng qo‗llaniladi. Alyuminiydan qilingan 
konstruksiyalar va qurilish buyumlari yaxshi ko‗rinish va mustahkamlikka ega 
bo‗ladi. 
Biroq zamonaviy qurilish materiallari va jixozlarini yaratish jarayoni ilmiy 
ishlab chiqarish izlanishlarini kuchaytirish va ahamiyatini oshirishni talab qiladi. 
Bunga erishish uchun fan, texnika va ishlab chiqarish o‗rtasidagi rivojlanish o‗zaro 
bir nuqtada kesishishi kerak. Qurilishga rivojlangan davlatlar tajribasidan keng 
foydalanish zarur. 
Ish 
va 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalash, 
kompleks 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish - bu qurilishda texnik taraqqiyotning muhim 
yo‗nalishidir. Uni amaliyotga tadbiq etish ishlab chiqarish jarayonida mashina 
mexanizmlar ahamiyatini kuchaytirish yo‗li bilan amalga oshiriladi va buning 
natijasida yangi mashina va mexanizmlarni joriy, etish mavjud mashina parklarini 
modernizatsiyalash, shuningdek qurilish va ta‘mirlash ishlarini yaxshilash mumkin 
bo‗ladi. 
Ilmiy 
texnik-taraqqiyotning 
ushbu 
yo‗nalishini 
asosiy 
baholovchi 
ko‗rsatkichlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 

Ish mexanizatsiyasi koeffitsienti – qurilish mexanizmlar bilan 
bajariladigan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati; 

mehnatning mexanik qurollanganlik koeffitsienti - qurilish mashinalari 
bilan bajarilgan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati; 

ishning energetik qurollanganlik koeffitsienti — qurilishda ishlatiladigan 
mashina va mexanizmlar dvigatellarining umumiy quvvatining yillik qurilish montaj 
ishlari hajmiga nisbati. Ushbu ko‗rsatkich kVt‘da o‗lchanadi. 
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning rivojlangan texnologiya va 
usullarini amaliyotga tadbiq etish qurilishini sanoatlashtirish jarayoni bilan 
chambarchas bog‗liq. Bu davlatimizning shuningdek chet el tajribasidagi yutuqlarga 
asoslangan bo‗ladi. Uning asosiy maqsadi nafaqat kapital qurilish samaradorligi 


~ 141 ~ 
ko‗rsatkichlarini yaxshilash va ko‗tarish, balki qurilish ishlab chiqarishini sanoatga 
asoslangan darajasini oshirish, mehnat bir xilligini bartaraf etish hamdir. 
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi ushbu yo‗nalishining taxminiy aks 
ettirilishi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 

qurilish uzluksizligini rivojlantirish; 

ob‘yekt va qurilmalarning atrofdagilardan chegaralash; 

katta o‗lcham va gabaritdagi metalokonstruksiya, ferma va qoplash 
jixozlarining dastlabki yig‗ilishi; 

brigada tartibini rivojlantirish; 

qurilishning alohida uchastkalarida ishni tashkil etishning vaxta usulidan 
foydalanish; 

payvand-chilangarlikning zamonaviy usullaridan foydalanish; 

ilg‗or texnologiyani joriy etish, ob‘yekt va qurilmalarni qurishni 
―g‗ildirakdan‖dan montaj qilish usuli yordamida tashkil etish. 
Ilmiy texnologiyani amaliyotga tadbiq etish qurilish ishlab chiqarishini yangi 
pog‗onada (ishni tashkil etishning industrial usullari talablariga mos ravishda) 
ko‗tarish imkoniyatini yaratib beradi. Boshqacha qilib aytganda texnologik 
yangiliklar - mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va 
qurilish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosi bo‗lib hisoblanadi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish