O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


-diagramma. O„zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tashkiliy



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

6.1-diagramma. O„zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tashkiliy 
tuzilmasi.


~ 87 ~ 
6.2-diagramma. O„zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi.


~ 88 ~ 
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish 
normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo‗llab-quvvatlash va joriy etish sohasida 
kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimi mavjud emas. 
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, 
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‗i 
kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimining samaradorligini oshirish maqsadida: 
1. Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga ko‗ra: 
a) 2018 yil 1 dekabrdan boshlab: 
barcha qurilish ob‘yektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan 
o‗tkazish majburiydir, qurilishi to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar, shu jumladan, 
xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan ob‘yektlar bundan mustasno; 
qurilishi tugallangan ob‘yektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish 
sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh 
pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari sub‘ektlari 
mablag‗lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob‘yektlarni qurish bundan mustasno; 
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari o‗rtasida konsorsium tashkil etish 
hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‗z vaqtida amalga 
oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali «fast-track» usuli (bir vaqtning 
o‗zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan «tayyor holda topshirish» 
shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga 
oshirishga yo‗l qo‗yiladi;
b) 2019 yil 1 yanvardan boshlab: 
loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkilotiga a‘zo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari 
va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar 
(litsenziyalar) tan olinadi; 
qurilish uchun yer uchastkalarining o‗z vaqtida va to‗g‗ri ajratilishi hamda 
qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish 
sxemalariga (bosh reja mavjud bo‗lmaganda) bog‗lamasdan amalga oshirilishi uchun 
tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi; 
qurilish uchun yer uchastkalari o‗z vaqtida ajratilmasligi yoki noto‗g‗ri 
ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy byudjetlar mablag‗lari 
hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi; 
milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, 
shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish faqat 
tanlov asosida amalga oshiriladi; 
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‗rib chiqishda, shuningdek 
qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik 
shaklidan qat‘i nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, 
shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga 
haqli; 


~ 89 ~ 
O‗zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va 
qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy 
normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‗yicha 
ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi; 
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan o‗tkazish 
natijalari asosida Qurilish vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi va O‗zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi shart;
belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan qurilish standartlari, texnik 
reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy 
veb-saytida e‘lon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni 
ta‘minlash «O‗zstandart» agentligiga yuklanadi; 
v) 2019 yil 1 martdan boshlab: 
malakaga ega bo‗lishi O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq 
majburiy bo‗lgan qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash O‗zbekiston 
muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi; 
loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli sertifikatga ega va 
doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud bo‗lgan yoxud 
O‗zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi a‘zosi bo‗lgan yuridik shaxslarga 
ruxsat beriladi; 
ob‘yektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat 
majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki 
sertifikatga ega ekspert jalb qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
qurilayotgan ob‘yektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv 
faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob‘yektlari loyiha-tadqiqot va 
qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-
tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular 
foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, 
BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-
samarador va ekologik loyihalashtirish bo‗yicha qo‗llanma) xalqaro standartlari 
bo‗yicha sertifikatga ega ob‘yektlar bundan mustasno; 
2. Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga 
solishning normativ bazasini isloh qilish to‗g‗risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi 
takliflariga rozilik berilsin: 
tayyorgarlik davri (2019 — 2021 yillar) — O‗zbekiston Respublikasining 
geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 
amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‗rib chiqish, shuningdek, qurilishga oid 
xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish; 
o‗tish davri (2022 — 2026 yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga 
moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy 
etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, 
buyumlar va konstruksiyalarni o‗zlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni 
amalga oshirish;


~ 90 ~ 
yakuniy davr (2027-2028 yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish 
normalari hamda qoidalarini qo‗llash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish 
sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish