O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Investitsiya loyihalari va investitsiya dasturlari hamda ularning



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
3.3. Investitsiya loyihalari va investitsiya dasturlari hamda ularning 
iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni 
 
Investitsiya loyihasi 
- bu shunday hujjatki, unda kapitalni iqtisodiyotning turli 
tarmoq va sohalariga yo‗naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ko‗zla 
tutilgan bo‗lib, bu chora-tadbirlardan maqsad ishlab chiqarish kuchlarini yanada 
rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashdir. Ushbu 
kapital qo‗yilmalar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkin: 
- yangi qurilishga; 
- ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va qayta ta‘mirlashga; 
- ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalarini 
modernizatsiyalashga; 
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy talablar darajasida saqlab 
turishga va hokazo. 
Investitsiya loyihasining qurilish loyihasidan farqlay bilish lozim. Ma‘lumki, 
qurilish loyihasida muayyan ob‘yektning qurilishi bilan bog‗liq texnik, iqtisodiy
tashkiliy, konstruktiv va boshqa yechimlar ko‗rsatilgan bo‗ladi. qurilish loyihasi - bu 
avvalo u yoki bu ob‘yektning qurilishi bilan bog‗liq texnik-iqtisodiy asoslash, 
tushuntirish xati, chizmalar va smetalarni o‗z ichiga olgan hujjatlar to‗plamidir. 
Masalan, tushuntirish xatida loyihaning asosiy g‗oyasi va uning texnik-
iqtisodiy ko‗rsatkichlari asoslab berilgan bo‗ladi. Chizmalar loyihalanayotgan 
ob‘yekt haqida yaqqol tasavvur hosil qiladi, qurilish bevosita shu chizmalar asosida 
amalga oshiriladi. Smeta qurilishning qiymatini xarakterlaydi; uning asosida 
moliyalashtirish liniyasi ochiladi va kelgusi pul hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni, masalan, qurilishni tashkil qilish 
loyihasi (QTL), ishlarni amalga oshirish loyihasi (IAL), materiallar, konstruksiyalar 
va asbob-uskunalarni etkazib berish jadvali va hokazolarni ham o‗z ichiga olishi 
mumkin. Ya‘ni qurilish loyihasi - bu ko‗proq quruvchilar - prorablar, katta prorablar, 
qurilish uchastkasi va boshqarmalar boshliqlarining qo‗lida bo‗ladigan hujjatdir. 
Moliyalashtirish manbalari tomonidan tasdiqlangan qurilish loyihalari va qurilishga 


~ 40 ~ 
ajratilgan yer maydonlari qancha ko‗p bo‗lsa, qurilish uchun buyurtmalar ―portfeli‖ 
ham shunchalik to‗laroq bo‗ladi. 
Endi esa investitsiya loyihalariga qaytamiz. Aytib o‗tilganlardan tashqari
investitsiya loyihalari kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umumuan 
moliya-kredit 
tiziminining 
faoliyatini 
yaxshilash, 
mavjud 
injener 
kommunikatsiyalarini 
modernizatsiyalash, 
ekologiyani 
va 
atrof-muhitni 
sog‗lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilishi 
va kelgusida amalga oshirilishi mumkin. 
Ayrim investitsiya loyihalari global xarakterga ega bo‗lib, alohida bir 
mamlakat manfaatlari doirasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Xuso‗san, ―Orolni 
saqlab qolish loyihasi‖ ham hozirgi kunda shunday loyihalardan biri bo‗lib, unda 
O‗zbekiston, qozog‗iston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan tashqari 
progressiv jamiyatlar va dunyodagi bir necha mamlakatlarning rasmiy institutlari ham 
ishtiroq etmoqdalar. 
Masalan, bugungi kunda O‗zbekistonda xorijiy kredit liniyalar bo‗yicha 
ochilgan jami summasi 200 mln AQSH dollaridan ortiq bo‗lgan 185 dan ortiq 
loyihalar ishlab turibdi. 
Ko‗rinib turibdiki, investitsiya loyihalari turli miqyosda va turli maqsadlarda 
ishlab chiqilishi mumkin. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‗g‗ini bo‗lganliklari 
hamda avval aytib o‗tilganidek, milliy daromadning ―salmog‗ini‖ sezilarli darajada 
belgilashlari tufayli, investitsiya loyihalarini aynan shu bo‗g‗in miqyosida ishlab 
chiqish strategiyasi alohida e‘tiborga loyiqdir. 
Bugungi kunda korxonalar miqyosidagi investitsiya loyihalari, odatda, 
investitsiya tanloviga havola etish uchun ularning xususiylashtirish dasturiga mos 
ravishda ishlab chiqilmoqda. Bunda masalan, qurilishi bilan bog‗liq bo‗lgan 
investitsiya loyihasini tayyorlash va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi: 

investitsiya g‗oyasini shakllantirish; 

investitsiya imkoniyatlarini o‗rganib chiqish; 

loyihani texnik-iqtisodiy asoslash; 

er maydoni ajratish, sotib olish yoki ijaraga olish; 

kontrakt hujjatlarini tayyorlash; 

loyiha hujjatlarini tayyorlash; 

qurilish-montaj ishlarini, shu jumladan ishga tushirish va sozlash ishlarini 
amalga oshirish; 

ob‘yektdan foydalanish, iqtisodiy ko‗rsatkichlar monitoringi. 
Tabiiyki, bir korxonaning investitsiya loyihasi mazmun jihatdan boshqa 
korxonaning loyihasi bilan bir xil bo‗lmasligi mumkin. Har bir investitsiya loyihasi 
ma‘lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‗ladi va binobarin, ulaning 
moliyalashtirish manbalari ham, pirovard natijalari ham turlicha bo‗ladi. 
Ma‘lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar 
majmumasi 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish