~ 88 ~
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga
javob beradigan qurilish
normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo‗llab-quvvatlash va joriy etish sohasida
kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tizimi mavjud emas.
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish,
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‗i
kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga ko‗ra:
a) 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:
barcha qurilish ob‘yektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan
o‗tkazish majburiydir, qurilishi to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar,
shu jumladan,
xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan ob‘yektlar bundan mustasno;
qurilishi tugallangan ob‘yektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish
sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh
pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari sub‘ektlari
mablag‗lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob‘yektlarni qurish bundan mustasno;
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari o‗rtasida
konsorsium tashkil etish
hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‗z vaqtida amalga
oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali «fast-track» usuli (bir vaqtning
o‗zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan «tayyor holda topshirish»
shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga
oshirishga yo‗l qo‗yiladi;
b) 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkilotiga a‘zo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari
va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar
(litsenziyalar) tan olinadi;
qurilish uchun yer uchastkalarining o‗z vaqtida va to‗g‗ri ajratilishi hamda
qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish
sxemalariga (bosh reja mavjud bo‗lmaganda) bog‗lamasdan amalga oshirilishi uchun
tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
qurilish uchun yer uchastkalari o‗z vaqtida ajratilmasligi yoki noto‗g‗ri
ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy byudjetlar mablag‗lari
hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;
milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish,
shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni
moslashtirish faqat
tanlov asosida amalga oshiriladi;
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‗rib chiqishda, shuningdek
qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik
shaklidan qat‘i nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar,
shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga
haqli;
~ 89 ~
O‗zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va
qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy
normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‗yicha
ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan o‗tkazish
natijalari asosida Qurilish vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi va O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi shart;
belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan
qurilish standartlari, texnik
reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy
veb-saytida e‘lon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni
ta‘minlash «O‗zstandart» agentligiga yuklanadi;
v) 2019 yil 1 martdan boshlab:
malakaga ega bo‗lishi O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq
majburiy bo‗lgan qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash O‗zbekiston
muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli
sertifikatga ega va
doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud bo‗lgan yoxud
O‗zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi a‘zosi bo‗lgan yuridik shaxslarga
ruxsat beriladi;
ob‘yektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat
majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki
sertifikatga ega ekspert jalb qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
qurilayotgan ob‘yektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv
faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob‘yektlari loyiha-tadqiqot va
qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-
tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi,
shuningdek, ular
foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak,
BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-
samarador va ekologik loyihalashtirish bo‗yicha qo‗llanma) xalqaro standartlari
bo‗yicha sertifikatga ega ob‘yektlar bundan mustasno;
2. Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga
solishning normativ bazasini isloh qilish to‗g‗risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi
takliflariga rozilik berilsin:
tayyorgarlik davri (2019 — 2021 yillar) — O‗zbekiston
Respublikasining
geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda
amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‗rib chiqish, shuningdek, qurilishga oid
xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
o‗tish davri (2022 — 2026 yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga
moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy
etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar,
materiallar,
buyumlar va konstruksiyalarni o‗zlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
~ 90 ~
yakuniy davr (2027-2028 yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish
normalari hamda qoidalarini qo‗llash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish
sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: