~ 77 ~
Asbotsement konstruksiyalar qishloq qurilishida ham keng qo‗llanilmoqda.
Yog„och konstruksiyalar
mamlakatning o‗rmonli hududlarida, yuklarni
tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob‘yektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv
muhitga ega bo‗lgan sanoat binolarini barpo etishda, ko‗prikli o‗tish joylar, tomosha
va ko‗rgazma zallar, sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng
ko‗lamda qo‗llanadi.
Fan
va
texnologiya
taraqqiyoti
zamonaviy
darajasi
yog‗och
konstruksiyalarning yuqori konstruktiv sifati, ularning massasini kamaytirish,
kimyoviy bardoshligini oshirish, umrboqiyligi (uzoq muddutga chidamliligi) va olov
bardoshligini ta‘minlash imkonini beradi.
Elimlab tayyorlanadigan yog‗och konstruksiyalardan foydalanish yangi
imkoniyatlarni ochmoqda. Qishloq ishlab chiqarish qurilishida bu konstruksiyalar
arkali, balkali va ramali konstruksiyalar, to‗suvchi konstruksiyalarni o‗rnatish uchun
foydalaniladigan yig‗ma panellar sifatida qo‗llaniladi. Sanoat qurilishida oralig‗i 12 –
18 metr bo‗lgan elimlab tayyorlanadigan va faneralarni elimlash orqali yasaladigan
to‗sinlar, 25 – 30 metr oraliqli arkalar va faneralarni elimlash orqali tayyorlanadigan
panellar binolarning to‗suvchi konstruksiyalari uchun samarali qo‗llaniladi. Jamoat
binolari va sport – tomosha inshootlarini yopishda katta oraliqli arkali
konstruksiyalardan foydalanish yuqori samarador va keng istiqbolga egadir.
YOg‗ochdan ishlanadigan tom yopmalar temirbeton tom yopmalaridan 5 marta
engildir. YOg‗och tom yopmalari narxi temirbeton tom yopmalari narxidan 30-
40%ga arzon bo‗ladi.
Pardozlash materiallari.
Keyingi yillarda pardozlash ishlarini industdirlash
sohasida shaxdam qadamlar qo‗yildi – sintetik materiallar asosidagi o‗ramli va plitka
materiallar keng qo‗llanilmoqda, yog‗och qipiqlaridan tayyorlangan va yog‗och tolali
plitalar ham keng tadbiq qilina boshlandi.
Plitalar va o‗ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari
sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o‗zgartirdi. Pollarni
qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish
binolarni montaj qilish metodlari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari
oarasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi.
O‗sib borayotgan hajmga ega bo‗lgan yig‗ma konstruksiyalarni chiqarish
ko‗plab qurilayotgan ob‘yektlarda yig‗ma qurilishga o‗tish, mashinalar yordamida
bino va inshootlarni tayyor konstruksiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish
maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda
zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o‗lchamli tugunlar va detallarning
montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologikligi bo‗yicha
qurilish yanada katta mavqeda yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog‗lanishga ega
bo‗lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: