Ildizmevali sabzavotlarni saqlash. Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0° dan 2°S gacha, havoning nisbiy namligi 85 - 95% bo‘lgan sharoitda saqlanadi.
SHolg‘om saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80sm, lavlagi va turplar uchun esa sig‘imi kattaroq: eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi (rasm).
Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi.
Ildizmevalarni xandaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda xandaq kattaroq qilinadi: eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga yetkaziladi (SHaumarov X.B., Islamov S.YA., 2011).
Do'stlaringiz bilan baham: |