O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet7/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Faol shamollatish. Bu usulda havo butun mahsulot oralab, har bir donasini yalab o‘tadi. Natijada mahsulotni tez sovutishga (isitish, quritish va hokazolarga), barcha nuqtalardagi taxlari uchun muayyan harorat, namlik va havo tarkibi bir xil bo‘lishiga erishiladi. Faol shamollatishda mahsulotning o‘z-o‘zidan qizib ketishi va terlabqolish havfi tug‘ilmaydi. Ko‘plab g‘aramlarda saqlanayotgan mahsulotlarga havo bilan suvni tartibga soluvchi ekzogen moddalar yuborish mumkin bo‘ladi.
Faol shamollatishning eng muhim afzalliklari sifatli sog‘lom sabzavot saqlashda o‘zini yaxshi ifodalaydi. Bunday omborlarda chetdan keltirilgan kartoshka saqlansa, haddan tashqari ko‘p chiqit bo‘lishi mumkin. SHu boisdan issiq mintaqalarda faol ventilyatsiyali omborxonalar qurilsa, albatta, sun‘iy sovuq ham berib turilishi ko‘zda tutish lozim. Sun‘iy ravishda sovutish uchun odatda kompressorli sovutgich qurilmalari qo‘llanilib, bunda
sovutgich sifatida ammiak yoki ko‘pincha freondan foydalaniladi.
Sig‘imi kamida 100 tonnagacha boradigan va muayyan haroratni tutib turadigan sovutgichning mahsulot saqlash qismi, tovar mahsulot ishlanadigan bo‘limlar, mashina bo‘limi hamda yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Saqlash qismidagi xonalar (kameralar) radiator (quvur) yoki havo vositasida sovutiladigan bo‘lishi mumkin. Birinchi holda xonalarga radiatorlar o‘rnatilib, ulardan natriy xlorid yoki kalg‘tsiy xloridning sovutilgan eritmasi muntazam o‘tib turadi. Bu usulning kamchiligi shundaki, harorat u qadar bir xil darajada bo‘lmaydi, ya‘ni xonaning turli joylaridagi harorat 20S ga va undan ko‘proqqa farq qilishi mumkin. Ventilyator vositasida xona (kamera) sovutilganda esa undan mo‘‘tadil, bir xil sharoitda mahsulot tutish imkoniyati yaratiladi. Sovutish sur‘atlari odatda mintaqaviy iqlim sharoitlariga, saqlanadigan mahsulotning xususiyatlariga, berilayotgan havoni taqsimlash tizimiga bog‘liqdir.
Ob-havo sharoitlari mamlaktning o‘rta mintaqasidagi tahlilga ko‘ra, sentyabr-oktyabr oylarida mahsulotni sovutish uchun tashqi havoning o‘zi ham kifoya qiladi. Unda o‘rtacha minimal tashqi harorat 5,8 va 00S atrofida bo‘lganida, sovutish samaradorligi oshadi. Eng shimoliy hududlarda esa sovutish uchun qulay sharoit yana ham barvaqtroq boshlanadi. Bizning sharoitda (issiq zonada) havoni sun‘iy ravishda sovutadigan statsionar qurilmalar o‘rnatilgan faol ventilyatorli omborxonadan foydalanish mumkin. SHuning uchun ham faol ventilyatorli omborxona qurib olgan xo‘jaliklarda yuborilayotgan havo sun‘iy ravishda sovutilmasa, mahsulotni saqlash uchun muqobil sharoit yaratish ancha qiyinlashadi.


    1. Sovutgichlardan foydalanish

Sovutgichlar uchun zarur haroratga yetkazib tez sovutish asosiy qoidadir. Noz-ne‘matlar tez sovutilsa, zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi, mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Buning uchun katta hajmli sovutgichlarda mahsulotlarni dastlab tez sovutib oladigan xonalari bo‘ladi. Bu tartib qo‘shimcha xarajatlarga olib kelganligi uchun hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylash tobora odat tusiga krib bormoqda.
Sovutgichlarni qurish anchagina xarajat va material talab qilsa-da, ular tezda qo‘lanadi. SHu sababli, xo‘jaliklar meva va sabzavotlar saqlaydigan sovutgichlar qurilishiga alohida e‘tibor berishlari kerak.
Sovutgichlar sig‘imiga ko‘ra 100 tonnadan kam bo‘lmasligi kerak. Ular muayyan haroratda tutib teriladigan mahsulot saqlash xonalaridan, tovar mahsulot ishlanadigan bo‘limlardan, mashina bo‘limi va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Sovutgichlar yer ustida qurilgan bir qavtli omborxona bo‘lib, balandligi 6 m gacha bo‘lishi mumkin. Mahsulot sig‘imi bo‘lmaning balandligiga bog‘liq.
Zamonaviy sovutgichlarning har bir metr kvadratiga 700-800 kg mahsulot sig‘adi. Sabzavotlarning ba‘zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovutilgan holatda turishga muhtoj. Bu ayniqsa, to‘la yetilmagan kartoshkaga taalluqlidir.
Yigpishtirish paytida yog‘in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash joylari oldindan quritib olinishi kerak.
Kameralar qanday usulda sovutilishidan qat‘iy nazar, harorat va muhit namligi keskin o‘zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e‘tibor berish lozim. Katta hajmdagi kameralarga mahsulot joylash 10-15 kun davom etadi. Har kuni kamera sig‘imiga nisbatan taxminan 10 % miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovutilgan kameraga tashqaridan ko‘plab iliq mahsulot kiritilsa, u yerdagi sabzavotlarning terlashiga yo‘l qo‘yilib, ksallik avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SHuni hisobga olib, tez sovutishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval kameraga to‘liq joylanib, so‘ngra sovutish tizimi ishga tushiriladi. Sovutish uskunalarining qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovutishga mos bo‘lishi kerak. Sovutgich xonalaridan sabzavotlarni olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda harorat tez o‘zgarishi natijasida ayngimasligi uchun sovutilgan mahsulotni ham darhol issiq binoga ko‘chirib bo‘lmaydi. Shu sababli qishga saqlanayotgan sabzavotlarni savdo do‘konlariga yuborishdan oldin haroratning yarmicha past bo‘ladigan oraliq kameralarida yoki yuk chiqarish yo‘laklarida birmuncha ilitib olinishi kerak.
Sabzavotlar sovutgichlarga, albatta, idishlarda joylanadi. Hozirda qo‘llab kelinayotgan idish turlari har xil bo‘lib, transportlarda tashishda va uzoq turmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig‘imli qutilar, o‘rtacha hajmli qutilar, urinmaydigan sabzavotlarni saqlash va tarnsportda tashish uchun ishlatiladigan katta hajmli konteynerlardan iboratdir.
Sovutgichda bir xil tagligi bo‘lgan idishlardan foydalanish kameralarga mahsulot joylash ishlarini soddalashtiradi. Standart kattaligi 800x1200 mm keladigan ikki to‘shamali tagliklar juda qulaydir. Taglik ustiga mahsulot qutilarda joylanib, blok ‘aket hosil qilinadi.
Katta sig‘imli konteynerlar kartoshka, piyoz, sarimsoq, ildizmevalar, karam va mevalarning ba‘zi turlari uchun juda qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o‘zidayoq yuklab, hech qaerda qayta ag‘darilmay bevosita saqlash joyiga yetkazilishidadir. Faqat omborxonalardaigna emas, balki dalada ham yuklash – tushurish mexanizmlari yetarli bo‘lsa, katta tejamkorlikka erishiladi.
‘aketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. Bunda sun‘iy sovutiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ayni vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, har bir ‘aketning atrofidan 5 sm joy qoldirilishi kerak. Mahsulot taxlari orasida ham shunday masofa bo‘lishi lozim.
Saqlash kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan qismining terlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Hamma mahsulot birdaniga olinsa, harorat asta-sekin ko‘tarilib, saqlash kamerasining o‘zida, qisman olinsa, kamera yo‘laklarida ilitib olnishi kerak. Sabzavotlarni omborga joylashtirishda idishlarda joylash eng zamonaviy usul bo‘lib, mahsulot yuklash-tushurishdagi barcha jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalashga imkon beradi.
Kartoshka uchun ishlatiladigan, kattaligi 0,9x0,9x0,9 m o‘lchamli va qariyb 450 kg sig‘imli ombor konteynerlari keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda tagi 0,8x1,2 m kattalikdagi konteynerlar ham ishlatilmoqda. Undan tashqari hajmi 30 kg keladigan qutilardan ham foydalaniladi.
Idishlarni standartlashtirish va yangi xillarini yaratish, jumladan, ‘oilimer materiallardan foydalanishga doir ishlar olib boril. Idishlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan, ularning hamma turlari namunaviy taglikka qulay joylashadigan va kamida 3,5-5 m balandlikdan taxlar hosil qilishga imkon beradigan holatda mustahkam bo‘lishi kerak.
Quti joylangan konteyner va tagliklarnit tashish uchun ko‘pincha akkumulyatorli elektroyuklagichlar qo‘laniladi. Elektr yuklagichlar erkin harakat qiladi va qo‘l mehnatisiz omborxonani jadal sur‘atlar bilan mahsulotga to‘ldiradi. Yuklagichlar ancha qulaylik yaratgani bilan akkumulyatorli batareyalarni kuchlantirish uchun maxsus zaryad uskunasi bo‘lishi va mazkur uskuna doimiy tokli generatorlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. SHuningdek, omborxonalarda traktorga o‘rnatilgan ko‘tarish krani, avtokranlar, telg‘ferlar va boshqa mexanizmlar ham ishlatiladi.
Tabiiy ravishda shamollatiladigan omborlarda kartoshka va ildizmevalilarni xirmonlab (uyumlab) joylash usulidan ko‘p foydalaniladi. Bunday uyumlarning kattaligi 3x3-6x6 m va undan kattaroq bo‘lib, hajmi 10-30 tonnagacha boradi. U qadar baland bo‘lmagan omborlarda esa 1,8-2,0 m qalinlikdagi uyum omborning 40-45% hajmidan to‘liq foydalanish imkonini beradi.
Meva va sabzavotlarni sovutgich (xolodilnik)larda saqlash istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. Bunda yilning turli fasllarida ham bir xil sharoit yaratish imkoni bor. Mahsulotni saqlash muddati ancha uzaytiriladi va mahsulot yo‘qotilishi kamaytiriladi.
Sovutgichlarni qurish anchagina xarajat va material talab qilsada, ular tezda qo‘lanadi. Shu sababli, xo‘jaliklar meva va sabzavotlar saqlaydigan sovutgichlar qurilishiga alohida e‗tibor berishlari kerak. Sovutgichlar sig‘imiga ko‘ra 100 tonnadan kam bo‘lmasligi lozim. Ular muayyan haroratda tutib turiladigan mahsulot saqlash xonalaridan, tovar mahsulot ishlanadigan bo‘limlardan,
mashina bo‘limi va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Sovutgichlar yer ustida qurilgan bir qavatli omborxona bo‘lib, balandlign 6 m gacha bo‘lishi mumkin. Mahsulot sig‘imi bo‘lmaning balandligiga bog‘liq. Zamonaviy sovutgichlarning har metr kvadratiga 700– 800 kg mahsulot sig‘adi.
Sovutgichning poli avtomashina kuzovining balandligicha qilinadi. Bunda mahsulotni tushirish va ortish ishlari ancha yengillashadi. Mahsulotlar tez sovitilsa ulardagi biokimyoviy jarayonlar va mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi hamda mahsulotning saqlanish muddati uzayadi. Mahsulotlarni tez sovitib oladigan xonalar ham bo‘ladi. Sovutilgan mahsulotlar doim saqlanadigan bo‘lmalarga ko‘chiriladi. Sovutgichlarning sovitish samaradorligi termoizolya- tsiyaga bog‘liq. Buning uchun bo‘lmaning ichki qismidan bir qavat termoizolyatsiya materialidan o‘tkaziladi bunda unga bug‘ va nam kirishining oldi olinadi. Bo‘lmalar oldini yelim qo‘shilgan issiq bitum bilan qo‘lanib, bitumga issiqlik o‘tkazuvchanligi kam bo‘lgan materiallardan (mineral plita, ‘enosteklo, penoplast, torfoplita) yasalgan taxtalar qo‘yib chiqiladi. Keyin esa bug‘ o‘tishining oldini olish uchun ustidan bitum, alyuminiy folga yoki sement bilan yo‘iladi. Hozirgi vaqtda zavodlarda te’loizolyatsiya uchun maxsus panellar tayyorlanmoqda.
Bo‘lmalarning poli asfalt yoki sement qilinadi. Ularning eshiklari ham bir qavat termoizolyatsion materialdan qo‘lanadi. Eshikning devor bilan ulanadigan qismiga rezina qistirma qo‘yiladi.
Odatda sovitish uchun kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Sovutish manbai sifatida ammiak yoki freondan foydalaniladi. Sovutgichlar sovutish xonalari, kuchli sovutish qurilmalari, o‘tkazish naylari, haroratni nazorat qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilan ta‗minlangan.
Meva va sabzavotlarni saqlaydigan sovutgichlarda sovutish unumdorligi soatiga 50–200 ming kkal bo‘lgan qurilmalardan foydalaniladi.
Xonalar quvurlar yoki havo vositasida sovutilishi mumkin. Quvurlar bilan sovutilganida, xonalarga radiatorlar o‘rnatiladi va ulardan sovutish manbai – natriy xlorid yoki kaltsiy-xloridning sovitilgan eritmasi o‘tib turadi. Issiqlik konvektsiyasi qonuni bo‘yicha xonalar soviy boshlaydi. Bu usulda sovitilganda harorat xonaning turli joylarida ancha (2–40S) farq qiladi. Shu sababli mevalar saqlanadigan sovutgichlarni quvurlar bilan sovitish tavsiya etilmaydi.
Xonalar havo yordamida, ya‗ni ventilyatorlar yordamida sovutilganda haroratning mo‘‗tadil, turli joylarda bir xil sharoit bo‘lishiga erishiladi. Namlangan havo sovitilib ventilyator yordamida xonaning yuqori qismiga yuboriladi. Bu usulda xonalar sovitilganda havo namligi 90% dan kam bo‘lmasligi lozim. Xonaning namligi muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Xonada havoni sovitish tezligi ob-havo sharoitiga, mahsulotning biologik va fiziologik xususiyatlariga hamda sovuq havo miqdoriga chambarchas bog‘liq. Shimoliy zonalardagi ko‘pgina mamlakatlarda sentyabr– oktyabr oylarida sovitish uchun tashqi havodan foydalanish mumkin. Bizning sharoitda esa ko‘pincha havo sun‗iy ravishda sovitadigan statsionar qurilmadan foydalanishni ko‘zda tutish lozim.


    1. Muzlatish kameralaridan foydalanish.

Muzlatish mahsulot to‘qimalaridagi suyuqlikni qattiq faza – muz, yax holatiga o‘tkazishdir. Bunda ko‘plab mikroorganizmlar faoliyati cheklanadi va uzoq muddat davomida mahsulot sifati o‘zgarmaydi. Har bir mahsulot turi uchun ma‘lum bir muzlash va saqlash sharoitlari tanlanadi, chunki suvni muzga aylantirish uning sifatini bir oz yomonlashuviga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari to‘qimalaridagi tuz va qand eritmalari suvga nisbatan past haroratlarda (ayrim hollarda -60oC da) muzlaydi. -4oC da go‘sht, baliq, tuxum tarkibidagi suvning 3/4 qismi va meva, kartoshkalardagi suvning 1/2 qismi muzlashi aniqlangan. Haroratning keyingi pasayishlarida muzlaydigan suv miqdori keskin kamayadi.
So‘nggi o‘rtacha (mahsulot hajmi bo‘yicha) harorat, muzlatish davomiyligi va tezligi mahsulotning muzlatilganligini ko‘rsatuvchi asosiy ko`rsatkichlardir.
Muzlatish tezligi muz kristallarining o‘lchamiga va muzning mahsulot tanasida taqsimlanish zichligiga ta‘sir qiladi; tezlik jarayonni iqtisodiy harakterlaydi va mexanizasiyalash, avtomatlashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Muzlatish tezligi issiqlik o‘tkazuvchi muhitning harorati pasayishi, muzlatilayotgan mahsulot qalinligining kamayishi va uning yuzasida issiqlik berish koeffisiyenti ortishi bilan ko‘payadi.
Mahsulot turi va holatini e‘tiborga olgan holda muzlatish jarayoni tezda oshiriladi. Mahsulotlar kontaktli va kontaktsiz usulda turli muhitlarda muzlatiladi: havoda, suyuq sovuqlik tashuvchilarda, -20 … -50°C da qaynovchi sovutish agentlarida.
Havoda kontaktli muzlatish. Bu usul keng tarqalgan bo‘lib, havo tabiiy (kameralarda) va majburiy harakatlanishi (tunnel muzlatgichlar, gravitasion-konveyerli va flyuidizasion muzlatish apparatlari) mumkin. Havo erkin harakatlanuvchi usulning afzalligi uning soddaligidadir, chunki bunda maxsus qurilma va moslamalarga ehtiyoj yo‘q. Asosiy kamchiligi jarayonning uzoq davom etishi (48 soatgacha), demakki, muzlatilgan mahsulot sifatining pastligidir.
Hozirgi davrda havoda muzlatishning asosiy usuli muzlatish qurilmasida sovuq havoning tezkor oqimini hosil qilishdir. Bu mahsulot turi va apparat konstruksiyasiga bog‘liq holda muzlatish vaqtini sezilarli qisqartiradi (masalan: meva-sabzavotlar uchun muzlatish vaqti 0,1-2 soat).
Muzlatishning turli usullari uchun maxsus apparatlar mavjud bo‘lib, har biri ma‘lum bir shakldagi, tarkib va strukturadagi mahsulotlar uchun mo‘ljallangan. Havo oqimi muzlatilayotgan mahsulot sirtini yuvib o‘tib (zich mahsulot qatlami hosil qilinishi sababli) yoki mahsulot tanasi orqali o‘tib muzlatishi mumkin. Ikkinchi usulda havoning ma‘lum tezligida mahsulot muallaq holda bo‘lishi mumkin. Bunday holda muzlatish flyudiziasion muzlatish deyiladi. U muzlatish jarayonini ancha jadallashtiradi. Mahsulotlar muallaq holda muzlatiluvchi apparatlar flyudizasion muzlatish apparatlari deyiladi.
Havo apparatlarida muzlatish jarayonini havo haroratini pasaytirish va tezligini oshirish bilan jadallashtirish mumkin. Ikkala usul ham sovutish mashinasi va ventilyator energetik ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda optimal qiymatlarga ega.
Flyudizasion muzlatish apparatlari mahsulotni tashishiga ko‘ra lotokli va konveyerli turlarga bo‘linadi. Lotokli apparatlarda muzlatiluvchi mahsulot havo harakati va lotok yoki tirgovuchning nishabi hisobiga harakatlanadi. Mahsulotning konveyerli apparatlarda harakatlanishi to‘rli konveyer yordamida amalga
oshiriladi.
Lotokli apparatlar konstruksiyasi sodda, lekin ularni mayda mahsulotlarni muzlatish uchun ishlatish mumkin. Yirik mahsulotlarni (shaftoli, olxo‘ri, pomidor va boshqalar) muzlatishda havo harakati katta qiymatga ega bo‘lishi kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Yirik mahsulotlarni havo oqimida qisman flyudizasiya usuli yordamida muzlatish lozim. Lotokli flyudizasion muzlatish apparatlariga meva-sabzavot uchun mo‘ljallangan AZF-1 (Bolgariya) qurilmasi misol bo‘ladi. Mahsulot turiga ko‘ra unumdorligi 400-500 kg/soat; muzlash vaqti 5 - 25 min. Qurilmani oddiy rejimda (flyudizasiyasiz) ham ishlatsa bo‘ladi.
Konveyerli flyudizasion tezmuzlatgichi korpus, to‘rtta havo sovutgich va ventiyatorlar, turli konveyer, kamera, yuklash va tushirish qurilmalaridan iborat.
Flyudizasion muzlatgichlarning oddiylariga nisbatan afzalliklari muzlatish vaqtining qisqaligi va muzlatilgan mahsulot sifatining yuqoriligidir. Asosiy kamchiliklar – kam qo‘llanilishi va energiya sarfining yuqoriligidir.
Suyuq muxhitda kontaktli muzlatish. Mahsulotlarni kontaktli muzlatish uchun suyuq muhitlarga tuz eritmalari misol bo‘la oladi (osh tuzi). Bir qator afzallik tomonlari bilan birga (soddaligi va arzonligi, jaranyonning tezkorligi va mahsulot vaznining yo‘qolmasligi) muzlatishning bu usuli kamchiliklarga ham ega (tuzning mahsulot tomonidan so‘rilishi va buning natijasida rangi, tashqi ko‘rinishining o‘zgarishi). Bu usul baliq mahsulotlarini muzlatishda keng qo‘llanilib, go‘sht muzlatishda foydanilmaydi, chunki go‘sht qorayib ketadi. Tuz diffuziyasini (muzlatuvchi mahsulotga kirishi, singishini) kamaytiruvchi - nam havo bilan muzlatish usuli yaratilgan bo‘lib, u ikki bosqichda amalga oshiriladi. Baliq dastlab namokobda 2 - 3oC gacha sovitilib, so‘ngra undan tuz plyonkasi yuvib tashlanadi va havo apparati vositasida tez muzlatiladi. Bu usulning kamchiligi baliqdan tuzni yuvib tushirishga energiya sarflanishi va tuz diffuziyasining deyarli kamaymasligidir.
So‘nggi vaqtlarda tuz diffuziyasini bartaraf etish uchun mahsulot plyonka bilan qadoqlanmoqda. Lekin bu holda issiqlik almashinishga bo‘lgan termik qarshilik oshib ketadi va
muzlatish texnologiyasi murakkablashadi.
Qaynayotgan sovutish agenti bilan muzlatish. Bu usul kontaktli va kontaktsiz bo‘ladi. Kontaktsiz muzlatish ko‘pincha tez muzlatish apparatlarida amalga oshiriladi. G‘ovak metall plitalar orasiga mahsulot joylashtiriladi. Ichkarida esa sovutish agenti ―qaynaydi‖. Kontaktli muzlatishda suyuq azot yoki freonlar (xladon) ishlatiladi. Suyuq azot jarayonning tezligini oshiradi, mahsulotni muzlatish texnologiyasini soddalashtiradi. Suyuq freonlar muzlatish uchun juda bo‘, lekin tarkibida ftor bo‘lmasligi lozim (tarkibida ftor bo‘lgan freonlarni ―freon-frizant‖ deb ―freon-sovutish agentidan‖ farqlaydilar).
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini muzlatishning asosiy va eng keng tarqalgan vositasi mashinali muzlatish qurilmalari muzlatish kameralari va muzlatish apparatalari hisoblanadi. Muzlatish kameralari qalin, puxta, issiqlik izolyasiyali sovutgich kameralaridir. Bevosita sovutish kameralarining batareyalari nisbatan past havo haroratlarini hosil qilishga mo‘ljallangan (30 oC atrofida), qo‘shimcha sirkulyasiya ventilyatorlar yordamida amalga oshiriladi. Mahsulotni joylash va tashish uchun kameralarda turli hil qurilmalar o‘rnatiladi. Muzlatish kameralarining asosiy kamchiligi mahsulotni davriy ravishda yuklash va tushurishdir.
Muzlatish apparatlari havo bilan sovutuvchi bo‘lishi mumkin, mahsulot sovuq havo oqimida jadal muzlaydi.


    1. Meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli

Hozirda meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli ham keng foydalanilmoqda. Gaz muhitini boshqarib saqlash usulini gazning tarkibiga ko‘ra ikki asosiy guruhta bo‘linadi:
Oddiy gaz muhitida saqlash (OGM) – havo muhitida:
Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash (MGM)–tarkibi havo tarkibidan farq qilgan muhitda. Mahsulotlarni oddiy gaz muhitida saqlashda germetik yo‘ilmaydigan omborxonalardan foydalanish mumkin. Bunda havo oddiy (tabiiy) va suniy (ventilyatorlar yordamida) almashilib turiladi. Bu usulda saqlash jarayonida havoning jadal o‘zgarishi mahsulotlarning fiziologik aktivligini oshiradi va turli xil mikroorganzmlarni o‘ziga tez jalb kiladi. Shu sababli bu usulda mahsulotni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.
Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlashning mohiyati shundaki, bunda havo atmosferasi o‘zgartiriladi va nazorat qilib turiladi. Umuman olganda, meva va sabzavotlarning hujayrasi ichidagi gaz tarkibida atrofdagi havoga qaraganda SO2 ning miqdori O2 ga qaraganda ancha ko‘p.


Meva va sabzavotlar to‘qimalaridagi gaz tarkibi (V.S. Dyachenko ma‗lumoti, 1987)

Modifikatsiyalangan gaz muhitida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash fikri bundan 150 yil muqaddam paydo bo‘lgan. 1821 yili frantsuz Berar kislorodsiz atmosferada mevalarning pishishi oddiy sharoitdagiga qaraganda susayganligini ko‘rsatib bergan. Meva va sabzavotlarni modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash usuli Angliya, Frantsiya, Gollandiya, Avstraliya, Italiya, AQSH, GFR va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Bizning mamlakatimizda ushbu usulda mahsulotlarni saqlash keng joriy etilmagan.


Modifikatsiyalangan gaz muhitida meva va sabzavotlarni saqlash muhitni ishlatish ti’iga, boshqarish usuliga va muhitni yaratish usullariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi.
MGM ishlatish ti’iga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: normal MGM usulida saqlash (bunda O2 va SO2 kontsentratsiyasining yig‘indisi oddiy havonikiga teng, azot miqdori o‘zgarmaydi);
Subnormal MGM usulida saqlash (O2 va SO2 kontsentratsiyasining yig‘indisi oddiy havonikidan kichik, azot miqdori yuqori bo‘ladi).
Subnormal MGM uch komponentli, ya’ni O2+SO2+N2 va ikki komponentli O2+N2 (SO2 ning miqdori texnik qurollar yordamida minimumga keltiriladi) bo‘ladi.
MGM boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda gaz muhiti saqlash mobaynida o‘zgarmaydi, ya‗ni boshqarilib turiladi. Ikkinchi holatda esa MGM o‘zgaruvchan bo‘ladi.
MGM havo tarkibi aniqlangan maxsus bo‘lmalardan yuborilib, kislorodni kuydirib (bunda SO2 qisman yoki butunlay yutiladi) va kislorodni kimyoviy usulda singdirib hosil qilinadi. Bundan tashqari MGM meva va sabzavotlarni germetik usulda saqlashda fiziologik nafas olish mobaynida ham hosil bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda gaz muhitining aktiv komponentlarini turli xil nisbatda ishlatiladi.
Normal MGM uchun: O2–16%, SO2–5%, N2–79% va O2–12%, SO2–9%, N2–79%. Bunda
SO2 ning miqdori 10% dan oshmasligi lozim, aks holda fiziologik kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Subnormal MGM uchun: O2–3%, SO2–5%, N2–92% va O2–3%, SO2–3–4%, N2–93–94%.
Subnormal gaz muhitida mevalar pishishining to‘xtashi kislorod miqdorining kamayishi va karbonat angidridning ko‘payishi bilan tushuntiriladi. L.V.
Metlitskiyning ma’lumotlarga ko‘ra, kislorod miqdorining 2% dan kamayishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunda anaerob nafas olish avj oladi. MGM sharoitida mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish maqsadida sovitish qo‘llaniladi. MGM sharoitida havo harorati –10C dan 100C gacha bo‘lishi mumkin. Atmosferasi boshqarilib turadigan usulda saqlanishni faqat germetik idishlarda yoki omborxonalarda amalga oshiriladi. Germetizatsiya darajasi talab qilingan atmosfera gaz muhitining tarkibiga bog‘liq. Agar atmosfera tarkibida kislorod miqdori kam harorat past va bo‘lmalar mevalar bilan uncha to‘lmagan bo‘lsa, germetizatsiya shuncha mustahkam bo‘lishi kerak.
MGM bo‘lmalari oddiy sovutgichlardan kichik o‘lchamda bo‘lib, atmosfera gaz muhitini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Bo‘lmaning sig‘imi 200–250 t bo‘lib, balandligi 5–6 m dan oshmasligi lozim. Bo‘lmaning eshiklari germetik bo‘lib, unda bo‘lma ichiga kiradigan tuynuk bo‘ladi. Tuynuk ham germetik berkiladigan bo‘ladi. Bo‘lmalarning haroratini nazorat qilish uchun germetik oynalar qo‘yiladi. MGM bo‘lmalaridagi sovutgichlar oddiy sovutgich qurilmalaridan farq qilmaydi.
Havo harorati va namligini barqaror ushlab turish uchun bo‘lmadagi gaz aralashmasi va sovuq havodagi sovitish manbai o‘rtasidagi haroratning farqi mevalarni sovitish davrida 6–80C va saqlash davrida esa 3–4°C dan oshmasligi lozim. Bo‘lmalardagi atmosferaning harorati, namligi va tarkibi muntazam ravishda aniqlanib turiladi. Bunda bo‘lmalarga o‘rnatilgan termometr va ‘sixrometrdan foydalaniladi. Atmosferaning tarkibi esa avtomatik gazoanalizatorlar yordamida yoki GXM–3M, GX’–100 markali kimyoviy gazoanalizatorlar yordamida aniqlanadi.


Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi


MGM bo‘lmalarining germetikliligiga alohida e’tibor beriladi. Bo‘lmalardagi gaz bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05 –0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo‘lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko‘riladi. Yaxshi germetizatsiya qilinganda bo‘lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi. Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi. Bo‘lmadagi bosim manometr bilan o‘lchanadi. Bo‘lmaning germetikligini tekshirish uchun bo‘lma SO2 gazi bilan to‘ldiriladi (10% kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning kontsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o‘lchab turiladi.


Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:

bunda: Ye – germetik yopish samaradorligi; Dc – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘zgarishi, %; St – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘rtacha miqdori, %.


Germetik yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo‘lmalar uchun Ye=0,87–0,98, ya‗ni bunda sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo‘lma hajmiga ko‘ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim. MGM bo‘lmalarida meva va sabzavotlar 7–8 oy va undan ko‘proq muddatga saqlanadi.




Doimiy omborlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Kartoshkani uyumda saqlash jarayoni nazorat qilish darajasi past va yomon boshqariladigan jarayon hisoblanadi. Tuganaklar uyumda kuzdan bahorgacha saqlanadi va ko‘pincha bahorga kelib nihoyat darajada o‘sib ketadi, kuzda uyumga joylash va uyum ustini yopish texnologiyasiga amal qilinmagan hollarda kartoshkaning asosan, ustki qismi ko‘p miqdorda kasaliklar bilan zararlanadi. Arzonligiga qaramay uyumli usul yuqorida keltirilgan kamchiliklar hisobiga hozirgi paytda ko‘pchilik davlatlarda asosan ikki hil usuli qo‘llaniladigan kartoshka saqlagichlarga almashtirilmoqda: turli xil sig‘im va konstruktsiyadagi to‘kma (idishsiz) holida saqlash va konteynerda saqlash usullari. Konteynerli usulning turlari to‘rli idishda taglik (‘oddon)larda va qutilarda saqlash hisoblanadi. Kartoshkani to‘kma (idishsiz) holida saqlashga joylashtirishning uch xil usuli mavjud:

  1. To‘kma (idishsiz uyum) – hajmi asosan 500, 1000, 1500, 2000, 3000 tonna va undan yuqori bo‘lgan omborning butun maydoni bo‘ylab joylash usuli.

  2. Handak (hamda, bordon) – sig‘imi 20 dan 40-60 tonnagacha bo‘lgan o‘rta ishchi yo‘lagida 6 m kengligida yo‘lak qoldiriladigan joylash usuli.

  3. Izolyatsiyalangan sektsiyali – sig‘imi 200-250 dan 400-500 tonnagacha bo‘lgan joylash

usuli.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish