To‘kma usul – eng arzon usul bo‘lib, bunda kartoshka idishsiz to‘kma holida bir binoning
butun maydoni bo‘ylab joylashtiriladi. To‘kma usul quyidagi kamchiliklarga ega: tuganaklarni navi bo‘yi joylashning murakkabligi (masalan, ko‘chma devorlar yordamida), kartoshka turli maqsadlarda saqlashga joylashtirilganda har xil harorat-namlik rejimlarini tutib turishning iloji yo‘qligi, urug‘lik kartoshkani, ayniqsa, uning yakuniy bosqichlarida ekish jarayonida muddatidan ilgari nishlab ketganligi haqida ogohlantirishning murakkabligi. Tuganaklarni yuklash-tushirishni mexanizatsiyalashning qulayligi, saqlash inshoatining yuqori foydalanish koeffitsienti bu usulning afzalliklari hisoblanadi.
rasm. Kartoshka to‘kma usulda joylanadigan omborxonaning ichki ko‘rinishi.
rasm. Kartoshkani omborga joylashda qo‘llaniladigan qurilmalar.
Handak (hamda, bordon)li usul, eng avvalo, urug‘lik kartoshkani saqlash uchun mo‘ljallangan va shuning uchun har xil nav va ularning re’roduktsiyalarini yetishtiradigan urug‘chilik xo‘jaliklarida keng qo‘llaniladi. Bu usulning kamchiligi saqlash inshoatining foydalanish koeffitsienti 1/3 qismga kamayib ketishi, Handaklarda tuganaklarni yuklash va tushirishning noqulayligi, omborxona konstruktsiyasining muraklashib ketishi, qurilish materiallarining xarajati ortib ketishi hamda xuddi idishsiz to‘kma holida saqlash usuli kabi tuganaklarning bahorgi ekish jarayoni uchun yuklashda muddatidan ilgari nishlab ketganligi haqida ogohlantirishning murakkabligi hisoblanadi.
rasm. Kartoshkani saqlashga mo‘ljallangan sektsiyali va ko‘p sektsiyali omborxona.
Sektsiyali usul. Meva va sabzavotlar butunlay izolyatsiyalangan turli xil sig‘imdagi sektsiyalarga joylanadi. Juda ilg‘or saqlash usuli hisoblanib, kartoshkani saqlash maqsadiga qarab (urug‘lik, sotuv, sanoat ishlab chiqarishi uchun mo‘ljallangan) saqlashning mos keladigan harorat- namlik rejimini tabaqalashgan holda tutib turish imkonini beradi (18-rasm). Saqlashning konteynerli usuli - eng qimmat, shuningdek, sig‘imi 450-500 kg (Rossiya Federatsiyasida qo‘llaniladi) bo‘lgan va sig‘imi 500-1000 kg dan 5000-10000 kg gacha (G‘arbiy Yevropa davlatlarida qo‘llaniladi) bo‘lgan konteynerlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish zarurligi hamda konteynerlarni joylashtirish uchun yuklash-tushirish, taxlash va undan tushirish uchun har xil mexanizmlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan uculdir. Bu usulning samaradorligi saqlashga joylangan kartoshkaning dastlabki sifatiga bog‘liqdir. Tuganaklarning sifati qurilmalar va konteyner uchun qilingan qo‘shimcha xarajatlarni oqlaydigan minimal yo‘qotishlarni qo‘laydigan bekami-ko‘st bo‘lishi kerak. Yuqori manyovrchanlik (kartoshka omborxonaning har qanday joyiga yetkazib bera olish imkoniyati), bir vaqtning o‘zida bitta inshoatda har xil nav va re’roduktsiyalarni saqlay olishi, fraktsiya (bo‘lim)dagi kartoshkani ishlov berilgach va kalibrlangach o‘z joyiga yana qayta saqlashni davom ettirish uchun joylay olish, ishlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash imkoniyatlari mavjudligi ijobiy tomonlari hisoblanadi. Konstruktsiyasi bo‘yicha konteynerlar sig‘imi 450-500 kg bo‘lgan (Sobiq ittifoqda kartoshkani temir yo‘lda tashishda keng qo‘llanilgan va hozir Rossiyada bazalarda saqlashda qo‘llanilayotgan) ombor va ko‘pchilik Yevropa davlatlarida qo‘llanilayotgan qattiq (panjarali va yaxlit) turlarga bo‘linadi.
rasm. Kartoshka konteynerga joylab saqlanadigan ombor va uning ichki ko‘rinishi.
Kartoshka konteynerlarga omborxonada yoki maxsus maydonlarda tuganaklarning balandlikdan tushishini so‘ndiruvchi maxsus konveyer yordamida yoki maxsus so‘ndirish moslamasi o‘rnatilgan qurilma yordamida joylanadi. Konteynerlar shoxali elektro yuklagich yoki katalizator o‘rnatilgan ichki yonuv dvigateli yuklagich yordamida yetkaziladi va taxlanadi hamda taxlamdan olinadi. Kartoshkani tovarlilik bo‘yicha tayyorlovchi liniya bunkeriga konteynerlarni joylash uchun maxsus ko‘taruvchi qurilma yordamida yoki to‘kkich bilan jihozlangan ko‘targich yordamida yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |