35 – amaliy mashg‘ulot Moyli ekinlar donlarini saqlash omborlari, saqlash usullari va texnologiyasi
Darsning maqsadi: o‘simlik moyi sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan tanishish. Talabalarga laboratoriya sharoitida o‘simlik moyi sifatini baholashni o‘rgatish.
Jixoz va materiallar: quritish javoni, shisha plastinka, stakanlar va moy namunalari, moy standartlari.
Ishlash tartibi: o‘simlik moyining sifati uning tashqi ko‘rinishi, fizik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‘yicha baholanadi. Moy sifatini baholash uchun uning ishlab chiqarish turkumi miqdoriga qarab standartga ko‘ra, yaxshilab aralashtiriladigan va tahlillar uchun 0,5 l ajratib olinadigan o‘rtacha namunasi tanlab olinadi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o‘simlik moyi tiniq shaffof va och sariq rangga ega bo‘lishi kerak. Standartga muvofiq hid, rang va shaffoflik moyning harorati 200S bo‘lganda aniqlanadi.
Moy hidini belgilash uchun uning yupqa qatlami shisha plas-tinkaga yoki qo‘lning orqa tomoniga surtiladi. Ranggini aniqlash uchun uni kamida 50 mm qalinlikda stakanga quyiladi va oq fonda undan o‘tadigan hamda aks etadigan nurga tutib ko‘riladi. SHaffofligini aniqlash uchun 100 ml moy shishassilindrga quyiladi va bir kun 200S haroratda tinch qo‘yiladi. Tingan moy oq fonda undan o‘tadigan va aks etadigan nurga tutib ko‘riladi. Agar moy unsimon yoki unda har xil zarralar bo‘lmasa, u shaffof hisoblanadi. Paxta moyining faqatssilindrning yuqori ustunida moy unsimon yoki muallaq zarralar bo‘lmasa, u shaffof hisoblanadi.
Moydagi namlik va uchuvchi moddalar tarkibini aniqlash uchun 5 gr moyni 1050S haroratda doimiy massaga aylanguniga qadar quritiladi.
Moy sifatini qoldiq (moysiz aralashmalar) miqdori kabi belgi ham tavsiflaydi. Standartga ko‘ra nazarda tutilgan usulga binoan moydagi qoldiqni vaznli va hajmli usullar bilan aniq-lanadi. Vaznli usul bilan petroley efirda yoki engil benzinda aniqlanadi. Vaznli usul bilan petroley efirda yoki engil benzin-da erimaydigan moy tarkibidagi mexanik aralashmalar (g‘ijimlar, qobiqlar, kletchatka zarrachalar va shu kabilar) miqdori aniqlanadi. Hajmli usul bilanssilindrga quyilgan va bir kun davomida 15-200S da tinch qo‘yilgan moy qoldig‘i aniqlanadi. Qoldiq millilitrlari soni qoldiqning hajmga ko‘ra foizini ko‘rsatadi.
Moy sifatini baholashda sovunlanish miqdori va yodlar soni kabi belgilar ham ko‘rsatiladi.
Moyning ovqatga yaroqliligini tavsiflaydigan eng muhim belgilardan biri kislotalar soni hisoblanadi. Kislotalar soni-ning ortiqligi xom ashyo sifati pastligi, uning saqlanishi yoki moy uzoq vaqt davomida saqlanishida buzilganidan dalolat beradi. Kislotalar soni standartda nazarda tutilgan uslub bo‘yicha aniqlanadi.
O‘SIMLIK MOYLARINING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |