Un va yormani tarada saqlash omborxonalari Donni qayta ishlash korxonalarida va ba’zi hollarda savdo bazalarida un va yormani tarada saqlash uchun, devorlari donning bosimini qabul qilishga mo‘ljallanmagan maxsus omborxonalar quriladi. Bunday omborxonalar yig‘ma temir- betondan, kolonkalar setkasi 6 x 6 m bo‘lgan holda karkas konstruksiyada quriladi. Ilgari omborxonalar kolonkalar setkasi 5 x 5 m bo‘lgan holda yaxlit temir-betondan tayyorlangan. Omborxonalardagi to‘siqlar balkali yoki balkasiz bo‘lishi mumkin. Birinchisi foydali maydonni kamaytiradi va unni saqlash uchun yomon sharoitlarni yaratadi, chunki qo‘larning qatorlari va to‘siqlar orasida havo turib qolishi mumkin, bunda havoni aeratsiyalash yomonlashadi. Tayyorlov korxonalarida va ko‘pchilik savdo bazalarida tayyor mahsulot ombori sifatida namunaviy don omborxonalaridan foydalaniladi. Ammo taradagi tayyor mahsulotni va donni bitta omborxonada saqlash taqiqlangan, chunki don ko‘chirilganda chang ko‘tarilsa, bu tayyor mahsulotni ifloslantirishi mumkin.
Un va yorma solingan qo‘lar omborxonalarda shtabellarda uchtadan, beshtadan yoki to‘rttadan taxlanadi (1-rasm). Namligi yuqori,turg‘unligi kam va yaxshi, tabiiy shamollatishni talab qiladigan tayyor mahsulotni saqlashda qo‘lar quduq holida (to‘rtta qo‘dan) taxlanadi.
1-rasm. Un solingan qo‘larni saqlash omborida joylashtirish:
a—qo‘larni shtabellarga taxlash usuli; I—uchtadan; II—beshtadan; III—to‘rttadan; IV— quduqholida; b—shtabellarni omborxonada joylashishi chizmasi (o‘lchamlar metrlarda berilgan).
Donni qayta ishlash korxonalarining omborxonalarida shtabellar odatda har smenada taxlanadi. Savdo bazalarida temiryo‘ldan tayyor mahsulot olinganda, umumiy massasi 60 t dan ortiq bo‘lmasa,vagonlab taxlanadi.
Taxlash balandligi mahsulotning turi, uning namligi va ombor-xonadagi havo harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Issiq iqlimli hududlarda shtabellarning balandligi yilning issiq fasllarida don va don mahsulotlarini saqlash yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan me’yorlarga nisbatan bir-ikki qatorga kamaytiriladi. Balandligi bo‘yicha shtabelga oltitadan 14 tagacha qo‘ taxlanadi. Agar balandlik o‘n qo‘dan ortiq bo‘lsa, o‘ninchidan keyingi har bir qator bir qo‘nnig kengligiga teng chekinishi bilan, ya’ni 0,5 m ichkaridan taxlanadi. Qo‘lar odatda balandligi taxminan 0,1 m bo‘lgan yog‘och tagliklarga taxlanadi.
Shtabellar va devorlar orasiga 0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘tish joylari qoldiriladi. Kengligi 2,5 dan 4,5 m gacha bo‘lgan asosiy o‘tish joylari saqlanayotgan mahsulotni kuzatish, uni shamollatish va mexanizatsiya vositalarini qo‘llash uchun zarur hisoblanadi. Tayyor mahsulot omborxonalarida ‘aketlovchi mashinalardan foydalanish va yuklarni iste’molchilarga yetkazishda ‘aket usulida ishlov berish asosida tarali yuklar bilan amalga oshiriladigan ishlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish ma’quldir. Qo‘lar omborxonalarda saqlanganida har bir shtabel bir tomoni bilan bo‘lsa-da, asosiy o‘tish joyiga tutashishiga harakat qilish kerak, aks holda mexanizatsiyani qo‘llash qiyin kechadi.
Shtabellarni omborxonada samarali joylashtirish omborxona maydonidan foydalanish koeffitsiyenti bilan baholanadi. U foydalaniladigan mexanizatsiya va boshqa omillarga qarab quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi: ko‘chma mexanizatsiya 0,5—0,65; elektr yuklagich 0,6—0,75; statsionar mexanizatsiya 0,65—0,85. Qo‘lardagi tayyor mahsulotni joylashtirish uchun omborxonaning kerakli maydoni F (m2) hamda omborxonaga joylashtiriladigan taradagi mahsulot miqdori quyidagi bog‘liqlikdan aniqlanishi mumkin:
bu yerda: G – omborxonaga joylashtirish kerak bo‘lgan yuk massasi, t; f–bitta qo‘ning maydoni, m2 (q=70 kg bo‘lgan qo‘lar uchun 0,9 • 0,5 = 0,45 m2, q = 50 kg bo‘lgan qo‘lar uchun 0,3 m2 deb hisoblanadi);
z – shtabelga joylashgan qo‘lar soni;
q – mahsulot solingan bitta qo‘ning massasi; K– omborxonadan foydalanish koeffitsiyenti.
2-rasmda rejadagi o‘lchamlari 24/60 m bo‘lgan namunaviy uch qavatli omborxona tasvirlangan.10 qator shtabellarda omborxonaning sig‘imi 3 ming t, 12-qatorda esa 3,6 ming t, bunda tom to‘sig‘i 20kN/m2 maksimal yuklanishga mo‘ljallangan.
Mahsulotni temiryo‘l va avtomobil transportiga yuklashni qulaylashtirish uchun birinchi qavatning poli rels boshchasidan 1,1 m balandlikda joylashgan. Shu balandlikdan tashqarida omborxona yonida kengligi 4,5 m bo‘lgan bostirmali ‘latforma quriladi. Un solingan qo‘lar qo‘lash bo‘limidan tasmali konveyer bilan ‘aketlovchi qurilmaga beriladi, keyin ‘aketlar tagdonda elektryuklagichlar yordamida shtabellarga taxlanadi. Shu bilan birga omborxonada tayyor mahsulotni ‘aketlar yoki qutilarga qadoqlash bo‘limi ham bo‘lishi kerak. Omborxonalarda un va yormani tarali saqlash tayyor mahsulotning sifat tavsifi yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
2-rasm. Unni tarada saqlash uchun yig‘ma temir-beton omborxona.
Ammo bu usul keng tarqalishini cheklab turuvchi kamchiliklar ham mavjud. Bunga taralarning ko‘p bo‘lishini, qo‘l mehnati ko‘p talab qilinishini, kompleks mexanizatsiyalash sistemalari murakkabligini ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, bo‘shatish vaqtida qo‘larda 100—
150 g gacha un qolib, uni faqat qo‘larni siljitish bilan ajratib olish mumkin. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘diradi va qo‘larning titilib yirtilishini tezlashtiradi. Qayta ishlovchi korxonalarning yuk aylanishi katta bo‘lganligi sababli tarali usulda saqlash va tashishdagi sarflar katta bo‘ladi. Shuning uchun qayta ishlangan don mahsulotlarini tarasiz saqlash va tashish, donni qayta ishlash korxonalari mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berish texnik taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Nazorat savollari
Qayta ishlangan don mahsulotlari turlarini ayting?
Unlarni qoplarda saqlash qanday amalga oshiriladi?
Unlarni saqlashda uchraydigan kamchilik va o‘zgarishlarni tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |