IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
28.
|
Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko‘rish.
|
Doimiy ravishda
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi
|
29.
|
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;
yerdan foydalanish huquqini himoya qilishning dastak va mexanizmlarini belgilab beradigan mavjud barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
GAEP standarti va boshqa tegishli me’yorlar asosida yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini bekor qilish;
yer uchastkalari ijarasida dastlabki rad etish huquqini kiritish.
|
2021-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
30.
|
Yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitor�ng qilib borish.
|
Doimiy ravishda
|
Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
31.
|
Yer qiymatini baholashda bozor mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda kreditlar va qarz olishda yer uchastkalarining ijara huquqini garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini soddalashtirish.
|
2020-yil IV chorak
|
Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
32.
|
Fermyerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni integratsiyalash dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish.
|
2021-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi
|
33.
|
Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba sinov tariqasida joriy etish.
|
2021-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi
|
34.
|
Suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish.
|
2021-yil II chorak
|
Suv xo‘jaligi vazirligi
|
35.
|
Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) joriy etish natijalarini monitoring qilib borish.
|
Doimiy ravishda
|
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi
|
36.
|
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi ustuvor vazifalarga mos ravishda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan kelgusida yerdan foydalanish rejalarini aniqlash uchun baholash ishlarini olib borish asosida ularning yer uchastkalarini maqbullashtirish.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
|
37.
|
Biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash.
|
2022-yil I chorak
|
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
38.
|
Ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish va joriy etish.
|
2022-yil II chorak
|
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
39.
|
Smart texnologiyalaridan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalanish orqali suv xo‘jaligi tashkilotlarining suvni yetkazib berish va uni suv iste’molchilari (suvdan foydalanuvchilar) o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmati uchun samarali to‘lov tizimini joriy etish.
|
2022-yil IV chorak
|
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya”
|
40.
|
Yerdan foydalanish huquqining samarasiz foydalanuvchilardan erkin o‘tishini ta’minlash uchun ikkilamchi bozorni tashkil etish.
|
2023-yil II chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
41.
|
Davlat siyosati tadbirlarining samaradorligini oshirish va yerga egalik huquqiga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya dasturini ishlab chiqish.
|
2023-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
|