O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xususiy mulk huquqining tushunchasi



Download 209,94 Kb.
bet59/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Xususiy mulk huquqining tushunchasi
Oʻtish davri iqtisodiyoti amalda boʻlgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun xususiy mulk hayotiy ahamiyatga ega. Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qiladi va shu sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida oʻrin tutadi. Mazkur jihatni inobatgan olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosini turli koʻrinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning boshqa koʻrinishlari bilan bir qatorda, xususiy mulk daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi” deb koʻrsatilgan .
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni rivojlanishi evolyutsion yoʻl bilan sodir boʻlganligini ta’kidlash joiz. Birinchi bor, mulkning bir koʻrinishi sifatida xususiy mulk 1990-yil 31-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan edi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, xususiy mulk fuqarolarning mulki sifatida muomalaga kiradi, nodavlat yuridik shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek, ijtimoiy hamda diniy birlashmalarning mulki Qonunning 8-moddasida xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta’riflanadi. Demak, mazkur Qonun tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki tan olinadi.
Harakatdagi FKning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulk huquqini rivojlantirishdagi hal qiluvchi bosqich boʻldi. “Mulkchilik toʻgʻrisida” gi Qonundan farqli ravishda FK xususiy mulk huquqining subyektiv tarkibini jiddiy tarzda kengaytirgan holda, uning tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik shaxslarni ham kiritdi. Demak, bugungi kunda xususiy mulk huquqi fuqarolarning va nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqi sifatida muomalaga kirmoqda.
Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ham xususiy mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada mustahkamladi va tegishli kafolatlarni belgiladi. Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya’ni fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida, oʻzlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini, ular kim tomonidan sodir etilishidan qat’i nazar, bartaraf qilishni talab etishga haqlidirlar. Xususiy mulk egaligida mavjud boʻlgan mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor, oʻlcham va qiymat boʻyicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga, qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini koʻzlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, “Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar toʻgʻrisida” gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, koʻrsatilgan faoliyat turi uchun litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardor qilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek qoʻyish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma’lum miqdorda sotib olish uchun tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi 2012 yil 6 yanvardagi qonunining 17-moddasiga koʻra, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan boʻlsa yoki mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning oʻttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan boʻlsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini olish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi boʻlgan taqdirda tuziladi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish