O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro huquqda yangi doktrinalarning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi



Download 454,89 Kb.
bet8/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

3.Xalqaro huquqda yangi doktrinalarning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi.
Xalqaro huquqning shakllanishida huquqshunoslaming asarlari alohida o'rin tutadi. Diplomatlar va sud nazariyotchilaming asarlaridan u yoki bu normalaming mavjudligini isbotlashda keng foydalandi. Bunday holat doktrinaning huquq ijodkorligi jarayonida qatnashishiga sezilarli imkoniyat yaratdi. Xalqaro huquqda taniqli xalqaro huquqshunos olimlaming tan olingan ishlari, ta'limotlari, nazariyalari va boshqa asarlari doktrina deb e’tirof etiladi. Doktrina xalqaro huquqning yordamchi manbayi sifatida yuritiladi. Davlatlaming konstitutsiyalari, qonunlari, boshqa yuridik hujjatlari xalqaro huquqning manbayi sifatida baholanishi mumkin emas. Ular muayyan davlatning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydi hamda uning ichki vakolat doirasida amal qiladi. Lekin ulaming mazmuni xalqaro-huquqiy tartibga solish uchun ahamiyatsiz emas. Birinchidan, davlatlararo munosabatlarga mos keladigan milliy qonunchilik yangi xalqaro huquq normalarini yaratishga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ikkinchidan, bir necha yoki ko'plab davlatlarda mazmunan yaqin otgan qonunlaming mavjudligi huquq manbayi sifatida xalqaro odatning vujudga kelayotganligidan dalolat berishi mumkin. Uchinchidan, o'zaro munosabatlar jarayonida davlatlar bir-bir- larining bu munosabatlar sohasiga taalluqli boTgan va xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga zid kelmaydigan qonunlarini hurmat qi­ lishga, o'z harakatlarini bunday qonunchilikka moslashtirib olib bo- rishga majburdirlar (zarur hollarda tegishli qoidalar xalqaro shartnomalarga kiritiladi).
Davlatlarning bir tomonlama yuridik aktlari
Xalqaro huquqning yordamchi manbalaridan biri, shuningdek, davlatlaming bir tomonlama yuridik aktlari, jumladan, majburiyat akti, tan olish akti va e’tiroz (protest) aktlaridir. Dastlabki ikkita akt, qoida tariqasida, uyg'unlikda amal qiladi. Majburiyat akti - o'z vakolatli organi timsolida davlatning qabul qilgan bayonoti bo'lib, unda mazkur davlat bayonotda ifodalangan shartlarda xalqaro munosabatlarda o'z zimmasiga amaldagi xalqaro- huquqiy qoidalarda ko'rsatilgan yoki bunday qoidalarga ba’zi aniqlik- lar kiritadigan, boshqa barcha davlatlarga yoki ulaming ba’zilariga yo'llangan va u yoki bu darajada ushbu davlatlar e’tiboriga etkazilgan (xususan, yozma shaklda) ma’lum xatti-harakatlarga amal qilish maj- buriyatini olganligini bildiradi. Adresat-davlatlar tomonidan aktning tan olinishi ular uchun, ta- biiyki, majburiyat aktida bayon qilingan shartlarga muvofiq (xususan, majburiyatlaming amal qilish muddati borasida) bu aktga havola qilinadigan subyektiv huquqlami keltirib chiqaradi. Majburiyat akd uni tan olish akti bilan birga uyg'unlashgan hol­ da, davlatlararo bitim tuzish uchun vaziyatni vujudga keltiradi. Tabiiyki, bir tomonlama majburiyat va ulami tan olish yuridik akti man­ faatdor davlatlaming irodasini aks ettiradi, shu orqali erishilgan o'zaro kelishuv esa yangi xalqaro-huquqiy normalami belgilash yoki amalda- gilarini aniqlashtirib olish yuzasidan bu davlatlaming kelishishi va shu bilan umumiy xohish-irodasini ifodalaydi. Shuni qo'shimcha qilish joizki, o'zining amal qilish muddatlari doirasida va bir tomonlama xalqaro majburiyatda ko'rsatilgan boshqa shartlarga rioya qilinganda, bu majburiyat bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin emas, ya’ni uni tan olish bilan uyg'unlashganda majburiyat nisbatan barqaror xalqaro bitimni yuzaga keltiradi. Tan olish akti - davlatning yuridik akti (harakat yoki harakatsizligi) bo'lib, uning vositasida davlat boshqa davlatning amaldagi xal­ qaro huquqqa muvofiq harakatlari natijasida yaratilgan holatning yuridik ahamiyatini tan oladi, chunki bunday vaziyat mavjudligi haqida ushbu davlatga ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo'lishi lozim bo'ladi. Keltirilgan ta’rifhing so'nggi qismi («chunki» so'zidan keyingi qismi) yuridik ahamiyatga ega vaziyatni yuzaga keltirgan davlatning ham, uni huquqiy deb tan olgan davlatning ham vijdonan harakat qilish maj- buriyatini ifodalaydi. Vijdoniylik to'g'risidagi ma’naviy-siyosiy prin­ sip ko'rsatilgan huquqiy munosabatda muhim rol o'ynaydi. Yaratilgan yuridik ahamiyatli vaziyat umumiy xalqaro hu­ quqning imperativ normasi bilan ziddiyatga kirishmasligi kerak. Aks holda yuzaga kelgan vaziyatni tan olishning yuridik ahamiyati yo'qqa chiqadi. Tan olishning xususiyati shundaki, u boshqa davlatga murojaat qilgan vakolatli organning yaqqol ifodalangan akti (masalan, yangi paydo boTgan davlatga diplomatik munosabatlar o'matish taklifi bilan chiqish) vositasi bo'lishi yoki bu davlatning amaldagi ishlar yoki umumiy xalqaro huquqning oddiy huquq normalariga muvofiq o'z xalqaro majburiyatlarini bajarayotganligidan dalolat beruvchi sukutli tan olish xatti-harakatidan kelib chiqishi mumkin- Davlat tomonidan boshqa davlat yaratgan yuridik ahamiyatga ega vaziyatga belgilangan muddatda e’tiroz bildirmaslik uni so'zsiz tan olish deb qaraladi, davlatning xalqaro huquqning imperativ normalarini buzgan harakat­ lari haqida gap ketayotgan tan olishi yuridik jihatdan kam ahamiyatli boTgan hollar bundan mustasnodir. Tan olish aktiga zid boTgan protest akti - davlatning boshqa davlat xatti-harakati natijasida vujudga kelgan yuridik ahamiyatga ega vaziyatni huquqiy deb tan olishni rad etish to'g'risidagi bayonoti, ya’ni bu vaziyatni amaldagi xalqaro-huquqiy ko'rsatmalarga muvofiq huquqqa zid deb tavsiflashidir. E’tiroz yaqqol ifodalanishi va u yoki bu darajada yo'naltirilgan davlat va boshqa manfaatdor davlatlar e’ti­ boriga havola qilingan bo'lishi shart Tabiiyki, e’tiroz yuridik prima facie, ya’ni yetarli darajada aniq, asoslangan bo'lishi zarur va mohiyat e’tibori bilan, u yo'llangan dav­ latning qarshiligiga uchrashi mumkin. Davlatlaming bir tomonlama yuridik aktlari borasidagi umumiy ahvol ana shunday. Afsuski, bir tomonlama yuridik aktlar masalasi xalqaro huquq doktrinasida deyarli ishlab chiqilmagan. Shuningdek, yuridik akt va yuridik fakt tushxmchasi, ya’ni xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan, yuzaga kelishi bilan tegishli huquqiy munosa- batlami tug‘dirib, ushbu normalami harakatga keltiradigan hodisa bo­ rasida ham chalkashliklar yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro huquq manbalari masaiasiga qaytar ekanmiz, shuni takrorlash lozimki, davlatning majburiyat akti u yo'llangan davlat­ laming tan olish akd bilan uyg'unlikda ulaming o'zaro munosabatlari­ da ma’lum majburiyatlami o'matadi. Shu bois u hozirgi zamon xalqaro huquqining manbalaridan biri hisoblanadi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish