2.Xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish. Xalqaro -huquqiy munosabatlar
Xalqaro huquq. tomonidan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar — subyektlari o‘rtasidagi shunday ijtimoiy munosabatlarki, ular xalqaro-huquqiy tartibga solish obyekti hisoblanadi. Binobarin, bunday munosabatlar xalqaro huquqiy munosabatlar xarakterini kasb etadi.Xalqaro huquq milliy huquq. singari subyektlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Bundan tashqari huquq. — xalqaro va milliy huquqlar o‘zining ma’lum konservativligi tufayli odatda vujudga keladigan huquqiy tartibga solish talabidan orqada qoladi.
Xalqaro-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakteriga ega bo‘ladi. Xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o‘z huquq. va majburiyatlarini amalga oshiradilar.
Xalqaro huquqiy munosabatlar turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va xalqaro huquqiy normalarning turli-tuman bo‘lishini belgilaydi. Bir turdagi xalqaro munosabatlarni muayyan guruhlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida xalqaro huquq. institutlari va tarmoqlarini tashkil qiluvchi bir turdagi xalqaro huquqiy normalar guruhi va majmui (kompleksi) mavjudligini bildiradi.
Xalqaro-huquqiy institut — bir turdagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ushbu munosabatlarning umumiy obyekti bilan o‘zaro yaqin aloqador bo‘lgan huquqiy normalar guruhidir.
Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq. tarmog‘iga birlashadi. Barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui tarmoq obyekti hisoblanadi. Ularni tashkil qilishning yagona yo‘li xalqaro huquq subyektlarining kelishuvi hisoblanadi. Faqat xalqaro huquq. subyektlarigina o‘zining u yoki bu xatti-harakatlariga, xulq-atvor qoidalariga yuridik majburiy xarakter berishi mumkin.
Xalqaro huquqiy normalarni bajarish asosan ushbu huquq. tizimi subyektlari tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro huquqning jus cogens normasi davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan normasi sifatida tan olinadigan normalar sifatida tushuniladi va bunday normalar faqat keyin qabul qilingan aynan shunday xarakterdagi normalar bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Jus cogens normasining xalqaro huquqning boshqa imperativ normalaridan farqi shundaki, davlatlarning jus cogens normasidan har qanday chetlashi bunday xatti-harakatni ahamiyatsiz qiladi.
Imperativ normalarning mavjudligi xalqaro-huquqiy normalarning iyerarxiyasi masalasini kun tartibiga qo‘yadi. Jus cogens normasi oliy yuridik kuchga ega va barcha xalqaro-huquqiy normalar ularga muvofiq bo‘lishi shart. Davlatlar xalqaro maydonda o‘z xatti-harakatlarini so‘zsiz ravishda shu normalariga moslashtirishlari lozim.
Xalqaro huquq normalari ichida birlamchi deb ham yuritiladigan tartibga soluvchi normalar, ya’ni davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subektlarining o‘zaro muomala va hamkorligi jarayonidagi xatti-harakatini tartibga soluvchi normalar, shuningdek, ikqilamchi deb yuritiladigan huquqni muhofaza qiluvchi normalarga bo‘linadi. So‘ngisini ikqilamchiligi shundaki, bunday normalar faqat subyektlar tomonidan tartibga solinuvchi birlamchi normalar bo‘zilgan takdirda kuchga kiradi va ular uchun salbiy yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, bunga xalqaro huquqga xilof xatti-harakati uchun davlatlarning xalqaro javobgarligi to‘g‘risidagi normalar kiradi.
Xalqaro-huquqiy normalar yagona yaxlit — xalqaro-huquqiy tizim — xalqaro huquqni tashkil qiladi. Natijada uning normalari faqat ularning boshqa barcha normalari bilan o‘zaro aloqadorligini hisobga olgan holda talqin qilinadi va qo‘llaniladi.