O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakulteti



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana24.08.2021
Hajmi0,81 Mb.
#154793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
marjumak hosildorligiga ekish meyorlarining tasiri

 

 

 

 

 

 

 

 


 



1. ADABIYoTLAR ShARHI 



1.1. Marjumakning kelib chiqishi va tarixi 

Olimlarning  fikricha,  marjumak  o’simligi  eramizdan  oldingi  3000  yillikda 

ham  ma’lum  bo’lgan,  insonlar  tomonidan    2,5  ming  yil  muqaddam  ekila 

boshlangan.  Ma’lumotlarga  ko’ra,  marjumakning  kelib  chiqishi  Janubiy-Sharqiy 

Osiyo,  Hindistonning  Himolay  tog’lari  hisoblanadi.  Marjumak  keyinchalik 

Hindistonning  boshqa  hududlariga,  shuningdek,  Mongoliya,  Xitoy,  Yaponiya, 

Rossiya, Ukraina va boshqa mintaqalarga tarqalgan. Rossiyada marjumakning IV-

IX  asrlarda  madaniy  o’simlik  sifatida  donidan  foydalanilgan  [Smirnov, 

Koneychuk,  1970;  Saviskiy,  1970;  Populidi,  1976;  Alekseyeva,  Pausheva,  1988; 

Grыznov, Matveyeva, Sokolov, 1973; R.Oripov, N. Xalilov, 2007]. 

Hozirgi  vaqtda  Yevropa  davlatlarida  marjumak  ko’plab  ekiladi.  Amerika 

qit’asi, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Ukraina, Boshqirdiston, Uzoq Sharqda ko’plab 

yetishtiriladi [K.Saydaliyev,2009]. 

Tatar  marjumagi  (Fagopyrum  tataricum)  ko’proq  Sharqiy  Osiyoda:  Xitoy, 

Hindiston,  Nepal,  Yaponiya  va  boshqa  mamlakatlarda  keng  tarqalgan.  Bu 

mamlakatlarda  marjumak  yuqori  tog’  mintaqalarida  yetishtiriladi.  Bu  esa  tatar 

marjumagi  tog’ning  noqulay  iqlim  sharoitlariga  chidamlilik  xususiyatlariga  ega 

ekanligidan  dalolat  beradi.  Bu  o’simlik  havoning    past  harorati,  qurg’oqchilik, 

tuproqda  ozuqa  moddalar  yetarli  bo’lmaganda  ham  o’sib  rivojlana  oladi,  hatto 

quyosh nurining ultrabinafsha nurlari spektri yetishmasligiga ham bardosh beradi. 

Yuqoridagi  ma’lumotlar  tatar  marjumagi  tarkibida  yuqori  miqdorda  flavonoidlar 

borligi  tufayli,  tashqi  muhitning  noqulay  omillariga  chidamlilik  qobiliyatiga  ega 

[Y.Keli, 1992]. 

Tatar marjumagining Himolay turida kasalliklarga qarshi dorivorlik xususiyati 

kuchli bo’ladi. Bu turning doni qipig’i 10-12 % ni tashkil qilganligi sababli undan 

yuqori  hosilli  navlar  yaratish  uchun  boshlang’ich  material    sifatida  foydalanish 

mumkin  [Krotov  A.S.,  1975].    Shuningdek,  bu  marjumak  turidan    Xitoyda  un, 



 

granulali  un,  makoron,  likyor,  kosmetika  va  boshqa  mahsulotlar  olinmoqda.  



Marjumakdan olingan un radiasiyadan kasallangan bemorlar uchun dorivor ozuqa 

hisoblanadi [Gang Zn., Yu T, Shifeng., 1995]. Bu tur boshqa ekin turlarini chetdan 

changlatishda  muhim  ahamiyatga  ega,  chetdan  changlantirish  natijasida  boshqa 

ekinlar  hosildorligini  oshiradi    [Hirose  T.,  Ujihara  A.,  1998].  Ushbu  tur  boshqa 

turlarga nisbatan  ko’p to’pgul hosil qiladi va ko’p don hosili beradi [Sherhand K., 

1992]. Xitoyda tatar marjumagining tetraploid navlari yaratilgan bo’lib, ular yuqori 

hosil berishi bilan ajralib turadi [Joshi V.D., Rana R.C., 1992].  Bu navlar ma’danli 

o’g’itlardan maksimal foydalanib yuqori hosil beradi [Tahir J., Farooq S.,1989].  

Dunyoda hozirgi davrda «ekologik  toza oziq-ovqat yetishtirish» tendensiyasi 

kuzatilmoqda,  shuning  uchun  marjumak  tabiiy  oziq-ovqat  mahsulotlari  orasida 

muhim  o’rin  tutadi  [Arora  R.,  Baniya  B.,  Soshi  B.,  1995].    Ilmiy  asoslangan 

tibbiyot me’yori bo’yicha har bir kishi, bir yil davomida o’rtacha 7,5 kg marjumak 

doni (yormasi) iste’mol qilish lozim [Priщyep N.I, 1992]. 

Qishloq  xo’jaligida  ko’plab  ekilayotgan  oddiy  marjumak  yovvoyi  (tatar) 

marjumagidan kelib chiqqan bo’lib, hozirda uning 100 dan ortiq navlari bor. 

Marjumak  Rossiyada  1,5  mln.  ga,  Ukrainada  387    ming  ga,  Qozog’istonda 

307  ming  ga,  Belorussiyada  18  ming  ga  ekilgan  bo’lib,  1991  yilda  MDH 

davlatlarida  umumiy  ekin  maydoni  2,2  mln  gektarni  tashkil  qilgan.  Ushbu 

maydonda 56 ta seleksiya navi va 4 ta tetraploid navlar ekilgan [Kadыrova F.Z., 

Nijegorodseva L.S., 1993]. Rossiyada marjumakning o’rtacha hosildorligi 5-8s/ga 

bo’lib,  yillik  yalpi  hosil  1,0-1,3  mln  tonnani  tashkil  qiladi  [Lopachev  N.A., 

Makarov A.D., 2003]. Lavriyenko G.T., (1993)ning ta’kidlashicha, hosildorlikning 

pastligiga 

sabab  ilmiy  asoslangan  agrotexnikaning  qo’llanilmasligidir. 

Moldaviyada  har  yili  697  ming  ga  marjumak  maydonga  ekilib,  o’rtacha 

hosildorligi 7s/ga ni tashkil qiladi [Tostayeva A.G., Gorishayeva I.A., 1998]. 




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish