O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi



Download 148,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.11.2019
Hajmi148,67 Kb.
#25585
  1   2   3
Bog'liq
qishloq xojaligi iqtisodiyoti va menejmenti(1)


 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  

 QIShLOQ VA SUV  XO’JALIGI VAZIRLIGI 

 

 

 

SAMARQAND   QIShLOQ   XO’JALIGI   INSTITUTI 

 

 

 

«QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI VA 

BOSHQARUVI» 

KAFEDRASI 



  

 

 



«QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI VA 

MENEJMENTI» 

 

 



 

FANIDAN  

 KURS LOYIHASINI BAJARISH BO’YIChA  

 

USLUBIY KO’RSATMA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Samarqand - 2015 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 2 

 

 



Mazkur  uslubiy qo’llanma o’quv dasturi asosida tayyorlangan 

bo’lib,  unda  «Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti»  fani 

bo’yicha  kurs  loyihasini  bajarish  bilan  bog’liq  masalalar  ko’rib 

chiqilgan. 

Qo’llanma 

qishloq 


xo’jalik 

oliy 


o’quv 

yurtlarining 



Agronomiya  mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga 

mo’ljallangan. 

 

 

 



Tuzuvchi:  

 katta o’qituvchi:   A.A.Zubaydullayev 

 

 

 



Taqrizchilar:  Q.J.Mirzayev  –  Sam  ISI    Iqtisodiyot  va  menejment 

fakulteti dekani, i.f.d. 

 

 

 



Uslubiy  qo’llanma  «Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti  va 

boshqaruvi» kafedrasining 2015 yil ____ № _ sonli,  

 

«Iqtisodiyot  va  boshqaruv»  fakulteti  uslubiy  kengashi 



tomonidan 2015 yil ____ - № __ sonli,  

 

SamQXI o’quv-uslubiy kengashi yig’ilishining 2015 yil __ № 



_-sonli qarori bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com

 3 

 

KIRISh 



 

Bozor iqtisodiyoti sharoiti ishlab chiqaruvchilar oldiga qator 

talablarni  qo’yadi,  shu  talablar  asosida  mahsulot  ishlab  chiqarish 

va uni realizasiya qilishga erishganlar shu talablarni muvaffaqiyatli 

bajargan  ishlab  chiqaruvchilar  hisoblanishadi.  Buning  uchun  esa 

bozor  ko’nikmalaridan,  bozor  qonun  va  qoidalaridan  zamonaviy 

bilimga  ega  bo’lmoq  darkor  bo’ladi.  Qishoq  xo’jaligi  iqtisodiyoti 

va  menejment  shunday  fanki  u  talabalarga  bozor    iqtisodiyoti 

bo’yicha  bilimlarni    chuqur  egallash  bilan  bir  qatorda    o’zlari 

mustaqil  tayyorgarlik  ko’rishlarini  va  o’z  mutaxassisliklariga  oid 

adabiyotlarni  va  ishbilarmonliklarni,  bu  sohadagi  fan  yutuqlarini 

sinchiklab  o’rganib,  har  tomonlama  o’z  bilimlarini  oshira 

borishlarini talab etadi. 

Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti    fanini 

o’rganuvchi  har  bir  talaba  barcha  mavzu  va    masalalarni  o’zlari 

mustaqil  holda  hal  etishlari  uchun  ma’ruza  va  amaliy 

mashg’ulotlarda olgan  bilimlariga,  mavzuga tegishli adabiyotlarga 

tayangan  holda kurs  loyihasini  yozadilar. Kurs loyihasining  hajmi 

35-40 betdan iborat bo’ladi.  

Mulkchilik  va  xo’jalik  yuritish  shakllaridan  qatiy  nazar  har 

qanday  xo’jalik  yoki  korxona  istemol  bozorida  o’z  o’rni  va 

ulushiga  ega  bo’lishi  iqtisodiy  jihatdan  yuqori  foyda  olishni 

taminlaydigan  faoliyat  yuritishi  kerak.  Hozirgi  sharoitda  har  bir 

xo’jalikning  samarali  faoliyat  ko’satishi  iqtisodiy  jihatdan 

mustahkam  xo’jalikka  aylanishi  eng  avvalo  xo’jalik  a’zolarini 

iqtisodiy  bilimlarga  ega  bo’lishiga  bog’likdir. Biznes  ko’p  manoli 

atama  bo’lib,  muayyan  natijalarga  erishishga  yo’naltirilgan 

iqtisodiy  tadbirkorlik  faoliyatini  aks  ettiradi.  Ana  shu  faoliyat 

muayyan tartib asosida amalga oshiriladi  va tartiblar iqtisodiyotga 

bog’liq bo’ladi.  

Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik 

ekinlarini  yetishtirish  texnologiyasi  yoki  chorva  mollarini 

parvarish  qilish  bilan  bog’lik  barcha  jarayonlarni  hamda  sarf  - 

xarajatlarni  aniq  hisob-kitob  qilish  bilan  birgalikda  uni  qanday 

narxda  va  qaysi  bozorda  (ichki  yoki  tashki)  sotilishini  aniq  bilish 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 4 

 

zarur.  Iqtisodiy  bilimga  va    hisob-kitoblarga  qatiy  rioya  qilish 



bozor iqtisodiyoti sharoitida obyektiv zaruriyatdir. 

Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining vazifasi: 

-  Respublikamiz  qishloq  xo’jaligida  olib  borilayotgan 

islohotlar,  O’zbekistonda  hozirgi  iqtisodiyotning  va  qishloq  

xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  samaradorligi ahvolini  bilish  va 

takliflar kiritish; 

-  sosial  iqtisodiy  taraqqiyotning  istikbollarini  aniqlash 

uslublari,  malumotlar  asosida  xulosalar  chiqarish  va  ularni 

tahlil qilish; 

-  mustaqil  ravishda  biznes-rejalarni  ishlab  chiqish, 

investisiya loyihalar tashabbusini tashkil eta bilish; 

-  bozor  infratuzilmalari  faoliyatidan  qishloq  xo’jalik 

ishlab  chiqarishi  samaradorligini  oshirishga  yo’naltirilgan 

tadbirlarni amalda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish; 

-  korxonalar  faoliyatini  tahlil  eta  bilish  va  tegishli 

xulosalar berish va boshqalar; 

-  konunlar  va  meyoriy  hujjatlar  bilan  ishlab,  ularni 

amaliyotda qo’llay bilish. 



 

1. KURS LOYIHASINI BAJARISHNING UMUMIY 

QOIDALARI 

1.1. 


Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari 

 

Kurs  loyihasi  ixtisoslik  bo’yicha  nazariy,  amaliy  (ilmiy-



tadqiqot)  masalalarni  yoki  muayyan  muammolarni  tadqiq  etish 

bilan bog’liq mustaqil tarzda bajariladigan tadqiqot ishidir. 

Kurs  loyihasining  maqsadi  «Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyot  va 

menejmenti»  fani  bo’yicha  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 

tizimlashtirish,  kengaytirish va mustahkamlash hisoblanadi. 

Kurs  loyihasini  bajarish  mazkur  fan  bo’yicha  o’quv 

jarayonining yakuniy bosqichi hisoblanadi.  

Kurs loyihasi  - 7 semestrda bajariladi. 

Kurs loyihasining vazifalari quyidagilardan iborat: 

1.  Barcha  talabalarni  faol  va  maqsadli  mustaqil  iqtisodiy 

taxlil qilishni  o’rganish. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 5 

 

2.  Mutaxassislik  bo’yicha  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 



tizimlashtirish,  mustahkamlash  va  kengaytirish,  hamda  muayyan 

tashkiliy-iqtisodiy,  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  vazifalarini 

yechishda ulardan foydalanish. 

3.  Kurs  loyihasida  ko’tarilayotgan  muammolarni  yechishda 

mustaqil  ish  bajarish  ko’nikmalarini  rivojlantirish,  tadqiqot  va 

tajriba uslubiyotlarini yaxshi o’rganib olish. 

4.  Talabaning  olgan  mutaxassisligiga  muvofiq  ilmiy-

tadqiqot  tashkilotlari,  ishlab  chiqarish  tuzilmalari  va  faoliyatning 

boshqa  sohalarida  mustaqil  ish  olib  borishga  tayyorgarligini 

aniqlash. 

Kurs  loyihasining  sifati,  uning  ilmiy  yangiligi,  mavzusining 

zamonaviyligi  va  ishlab  chiqarishga  yo’naltirilganligi  bilan 

aniqlanadi. 

1.2. Rahbar va talaba majburiyatlari 

 

Kurs loyihasi o’qituvchi rahbarligida bajariladi.  



Rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

- mavzuga muvofiq loyihaning bosh yo’nalishini aniqlashga 

ko’maklashish; 

- kurs loyihasining kalendar rejasini tuzishda talabaga 

nazariy va amaliy yordam berish; 

- talaba bilan suhbat va maslahatlar o’tkazish; 

- kurs loyihasini bo’limlar bo’yicha  belgilangan muddatda 

bajarilishini nazorat qilib borish; 

- kurs loyihasini himoyaga tayyorligi to’g’risida xulosa 

berish. 


Kurs loyihasini bajarishda talabalar quyidagi talablarga rioya 

qilishlari lozim: 

1.  Kurs 

loyihasida 

qo’yilgan 

masalalarni 

yechishda 

o’rganilayotgan  fan  nazariy  asoslaridan  to’g’ri  foydalanish 

ko’nikmalarini namoyon etish. 

2.  Iqtisodiy  tadqiqotning  zamonaviy  uslublaridan  foydalana 

olish. 

3.  O’z fikr va takliflarini aniq va mantiqan to’g’ri ifodalash. 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 6 

 

4.  Kurs  loyihasini  bajarishda  o’quv  jarayoni  va  malakaviy 



amaliyoti  davomida  olgan  bilimlari  mustahkamligini  ko’rsatishi, 

kurs  loyihasi      muammolarini  ko’rib  chiqayotganda  yuqori  kasbiy 

tayyorgarlikni namoyon etish. 

5.  Kurs loyihasida  berilgan  ma’lumotlar, statistik va boshqa 

turdagi  ma’lumotlardan  foydalanish  tartibi,  keltirilgan  xulosalar 

bo’yicha  ma’naviy  va  yuridik  mas’uliyatni  talaba  –  kurs  loyihasi 

muallifi  sifatida  sezishi lozim. 

6.  Talaba  o’z  ishlanmalarida  kafedra  xodimlarining  uslubiy 

ko’rsatmalaridan foydalanishi lozim. 

2. MAVZU TANLASh VA NAMUNAVIY MAVZULAR 

Kurs 

loyihasi 



«Qishloq 

xo’jaligi 

iqtitisodiyoti 

va 


boshqaruvi» kafedrasida bajariladi. 

Kurs loyihasi mavzusi qishloq xo’jaligi tarmoqlaridagi bozor 

munosabatlarining  dolzarb  muammolarini  aks  ettirishi,  shu  bilan 

birga u umumiy qo’yilgan talablarga ham javob berishi lozim. 

Kurs  loyihasi  mavzulari  kafedra  professor-o’qituvchilari 

tomonidan  ishlab  chiqiladi  va  tavsiya  qilinadi,  shuningdek 

mavzular  manfaatdor  ilmiy-ishlab  chiqarish  muassasalari  va 

qishloq  xo’jalik  korxonalari  buyurtmasi  bo’yicha  ham  taklif 

etiladi.  Bundan  tashqari  talaba  o’zi  ham  maqsadga  muvofiqligini 

asoslab bergan holda mavzu taklif etishi mumkin. Mavzu iqtisodiy 

islohotlar  va  agrosanoat  majmuasi    talablaridan  kelib  chiqqan 

holda tanlanadi. 

Kurs  loyihasi  mavzusi  kafedrada  ko’rib  chiqiladi  va 

tasdiqlanadi. 

Kurs  loyihasi  mavzusini  tanlash  va  uni  tasdiqlash  yettinchi  

semestr boshidan 1 oy davomida yakunlanadi. 

Kurs  loyihasini  bajarishda  yig’ilgan  tajriba  va  agrar  tarmoq 

rivojlanishining  hozirgi  ahvolini  e’tiborga  olgan  holda,  kafedra 

kurs ishlarining namunaviy mavzularini tavsiya qiladi. 

«Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti  va  boshqaruvi»  kafedrasida 

bajariladigan  kurs  loyihasi  mavzularini,  «Qishloq  xo’jaligi 

iqtisodiyoti  va  menejmenti»  fanini  o’rganishning  tuzilmaviy 

sxemasiga muvofiq quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 7 

 

1.  Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  



tegishli  mavzular.  Ushbu  guruhda  quyidagi  masalalar  o’z 

yechimini  topadi:  Dehqonchilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish 

vauning 

samaradorligi.  Chorvachilik 

mahsulotlarini 

ishlab 


chiqarish va uning samaradorligi. 

2.  Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlashga    tegishli 

mavzular. Dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash. Chorvachilik 

mahsulotlarini qayta ishlash. 

Kurs loyihasini yozishdan avval talaba sinov daftarchasidagi 

tartib  raqamining  oxirgi  ikki  raqamiga  binoan  1-  ilovadagi 

variantlardan  o’ziga  taaluqli  raqamni  va  shu  raqam  orqali  

belgilangan mavzuni asosan yoritadi.  



 «Qishloq  xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanidan  

kurs loyihasi namunaviy mavzulari : 

 



Paxta yetishtirishni tashkil etish va uning iqtisodiy samaradorligi 

Don yetishtirishni tashkil etish va uning iqtisodiy samaradorligi 



Paxtachilikni rivojlantirishda infratuzilmalarning roli 

Sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish va uning 



iqtisodiy samaradorligi 

Fermer xo’jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish 



Yem-xashak ishlab chiqarishni tashkil etish va uning iqtisodiy 

samaradorligi 

Meva va uzum yetishtirishni tashkil etish va iqtisodiy 



samaradorligi 

Xo’jalikning yer resurslari va ulardan foydalanishni yaxshilash 



yo’llari 

Qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning daromadliligi va 



rentabelligi 

10 


Chorvachilikda sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarishni 

tashkil etish va iqtisodiy samaradorligi 

11   Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni  iqtisodiy samaradorligi 

12 


Takroriy ekinlarni iqtisodiy samaradorligi 

13 


Xo’jalikda asosiy ishlab chiqarish fondlari  samaradorligini 

oshirish 

14 

Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni iqtisodiy 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 8 

 

samaradorligi 



15 

Narxlar va mahsulotga narx shakllantirish. 

16 

Paxtachilikda mahsulot yetishtirishni tashkil etish va unga haq 



to’lash 

17 


Qishloq xo’jalik korxonalarida avtotransport vositalaridan 

foydalanishni tashkil etish va iqtisodiy samaradorligi 

18   Paxtachilikda suv sarfini kamaytirishning iqtisodiy samaradorligi 

19 


Paxtachilikda mehnat sarfini kamaytirishning iqtisodiy 

samaradorligi 

20 

Mashina traktor parklaridan foydalanishni tashkil etish va uni 



yaxshilash yo’llari 

21 


Sabzavotchilikda mehnatni tashkil etish va unga xaq to’lash 

22 


Parrandachilikda go’sht va tuxum ishlab chiqarishni samaradorligi 

23 


Sabzavotchilikda mehnat unumdorligini oshirish va tannarxni 

kamaytirish yo’llari 

24 

Agrofirmalarni tashkil etish va rivojlantirish yo’llari. 



25   Qishloq xo’jaligiga investisiyalarni jalb etish samaradorligi 

26 


Meva va uzum maxsulotlarini yetishtirishda mehnatni tashkil etish 

27   Qishloq aholisini ish bilan ta’minlash muammolari va uni yechimi 

28 

Qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni tannarxini 



kamaytirish yo’llari 

29 


Mehnat bozorini shakllantirish 

30 


Qishloq xo’jalik korxonalarida aylanma vositalardan foydalanishni 

yaxshilash yo’llari 

31 

Mehnat resurslaridan va ulardan unumli foydalanish yo’llari 



32 

Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishda rentabellik darajasini 

oshirish yo’llari 

33 


Qishloq xo’jalik korxonalarida agroximiya xizmatini tashkil etish 

va uni takomillashtirishning samaradorligi 

34 

Qishloq xo’jalik korxonalarida  davlat lizing korxonalarining roli 



35 

Meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish va 

uning iqtisodiy samarasi 

36 


Qayta ishlash sanoati asosiy tarmoqlari iqtisodiyotining ahvoli 

37 


Qishloq xo’jaligida iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va 

chuqurlashtirishning samaradorligi 

38 

Kartoshka yetishtirishni tashkil etish muammolari, uning iqtisodiy 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 9 

 

samaradorligi 



39 

Bog’dorchilikda mexanizasiyalashtirish darajasini oshirishning 

samaradorligi 

40 


Modernizasiya sharoitida qayta ishlash korxonalari xom-ashyo 

hududlarining roli va rivojlanish 

41 

Xo’jalikda ozuqabop ekinlarni yetishtirishni tashkil etish va uning 



samaradorlig 

42 


 Modernizasiya 

sharotida 

sug’oriladigan 

yerlardan 

foydalanishning iqtisodiy samaradorligi 

43 


Donchilikda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish 

44 


Sabzavotchilikda yerdan unumli foydalanishni tashkil etish 

45   Qoramolchilikda 

ishlab 

chiqarishni 



tashkil 

etish 


va 

takomillashtirish    yo’llari 

46   Qishloq xo’jalik korxonalarida  mehnatni tashkil etish 

47 


Qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishni 

ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati 

48 

Parrandachilikni rivojlantirish muammolari va uning 



samaradorligi 

49 


Chorvachilikda  sut ishlab chiqarishni rentabellik darajasini 

oshirish yo’llari 

50 

Sholi yetishtirishda tayyor ko’chatlardan foydalanish  usulining 



samaradorligi 

51 


Yopiq maydonda sabzavot yetishtirishni tashkil etish va uning 

samaradorligi 

52 

Don yetishtirishda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash. 



53 

Don mahsulotlarini yig’im-terimi jarayonida avtomobil va 

kombayn sistemasini tashkil etish 

54 


Sabzavot yetishtirish va uni qayta ishlash samaradorligini oshirish 

55 


Bog’dorchilik va uzumchilikda  mehnat resurslaridan 

foydalanishni tashkil etish 

56 

Xo’jalikda mashina traktor parkidan foydalanish samaradorligini 



oshirish yo’llari 

57 


Qishloq xo’jaligida intensiv texnologiya va uning samaradorligi 

58 


Xo’jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi va uni takomillashtirish 

59 


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini 

oshirish yo’llari 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 10 

 

60   Xo’jalikni ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi 



61 

Paxtachilikda yangi texnologiyalarni qo’llashning iqtisodiy 

samaradorligi 

62 


Qishloqda uzum yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi 

63   Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish usullari va uni 

takomillashtirish 

64 


Qishloq xo’jaligi korxonalarida kapital mablag’lardan foydalanish 

65 


Xo’jalikda pillachilikni samaradorligini oshirish yo’llari 

66   Qo’ychilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash 

67   Qo’ychilikda go’sht, jun ishlab chiqarishni tashkil etish va 

iqtisodiy  samaradorligi 

68 

Paxta yetishtirishda tannarxni kamaytirish va rentabelligini 



oshirish yo’llari 

69 


Zararkunanda, kasallik, begona o’tlarga qarshi kurashni tashkil 

etish va uning iqtisodiy samaradorligi 

70 

Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo’llari 



71   Makka doni va silos ishlab chiqarishni tashkil etish 

72   Don yetishtirishni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari 

73   Uzumchilikda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish 

74 


Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish va uni 

samaradorligi 

75  Fermer va dehqon xo’jaliklarida  ishlab chiqarishni tashkil etish 

tajribalari va iqtisodiy natijalari 

76   Qishloq xo’jaligida nodavlat lizing korxonalarini vujudga keltirish 

imkoniyatlari 

77   Sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirishda rentabellikni oshirish  

yo’llari 

78   Yem - xashak yetishtirish samaradorligini oshirish yo’llari 

79   Qishloq xo’jaligida infratuzilma va uning iqtisodiy mohiyati 

80   Agrosanot majmui  va uning bozor sharoitida rivojlanishi 

81   Fermer xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish 

82   Sut ishlab chiqarishni rentabellik darajasini oshirish yo’llari 

83   Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning  

ahamiyati 

84   Qishloq xo’jaligida ko’chat yetishtirishni tashkil etish 

85 

Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatiga  lizing operasiyalarini 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 11 

 

joriy qilishning  istiqbollari 



86 

Qo’ychilikda mahsulot tannarxini kamaytirish yo’llari 

87 

Yem-xashak yetishtirishda kompleks mexanizasiyalashni joriy 



etish va mehnat unumdorligini oshirish omillari 

88    Don yetishtirishda yangi texnologiyalarni qo’llashning 

samaradorligi 

89   Chorvachilik fermer xo’jaliklarida  mahsulot yetishtirishni 

ko’paytirish  va mahsulot tannarxini arzonlashtirish omillari 

90   Qishloq xo’jalik korxonalarida yer resurslaridan  unumli 

foydalanish imkoniyatlarining  tahlili 

91 


Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini 

me’yorlashtirish uslubiyoti 

92 

Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillarini 



samaradorligi 

93 


Ozuqa bazasini yaratish chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 

samaradorligini oshirishga ta’siri 

94 

Fermer xo’jaligida boshqaruv xarajatlari samaradorligini oshirish 



95   Qishloq xo’jalik korxonalarida boshqaruvni takomillashtirish  

96 


Poliz  mahsulotlari  ishlab chiqarish rentabelligini oshirish yo’llari 

97 


Kartoshka ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llari 

98 


Poliz mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo’llari 

99 


Kartoshkachilikda mehnat unumdorligini oshirish yo’lllari 

10



Polizchilikda mehnat unumdorligi va uni oshirish yo’llari 

 

3. KURS LOYIHASINING TARKIBI 



Kurs  loyihasi  quyidagi  bosqichlarda  bajariladi:  mavzu 

tanlash;  tanlangan  mavzu  bo’yicha  rahbardan  topshiriq  olish; 

maxsus  adabiyotlarni  o’rganish;  kurs  loyihasini  ishlab  chiqish; 

jadval  va  rasmlarni  chizish;  taqriz  olish;  himoyaga  ma’ruza 

tayyorlash; kurs loyihasini himoya qilish. 

Kurs  loyihasini  yozish  uchun  reja  tuziladi.  Mavzuni  reja 

orqali yoritishda aniq ma’lumotlari tahlil qilinadi. 

Kurs  loyihasini  tuzilmasi  quyidagi  bo’limlarni  o’z  ichiga 

oladi: kirish, asosiy mavzuga tegishli bo’limlar, xulosa va takliflar, 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati,  ilovalar.  Kurs  loyihasining 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 12 

 

umumiy  hajmi  30-40  qo’lyozma  yoki  25-30  1,5  intervalli  bosma 



betdan  ortiq  bo’lmasligi  lozim.  Bo’limlarning  hajmi  kurs 

loyihasining  umumiy  hajmiga  nisbatan  taxminan  quyidagicha 

bo’lishi lozim.  

1.  Titul varaqasi. 

2.  Mundarija. 

3.  Kirish (3%). 

4.  Asosiy bo’limlar (80-90%). 

5.  Xulosa va takliflar (4-5%). 

6.  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (kamida 20ta). 

7.  Ilovalar  (kurs  loyihasining  mavzusidan  kelib  chiqqan 

holda). 


Download 148,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish