O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi



Download 5,76 Mb.
bet3/29
Sana29.05.2022
Hajmi5,76 Mb.
#618163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
BMI

Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda suv tejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, sug’orish tarmoqlarini doimiy texnik soz holatda saqlash hamda energiya tejamkor texnika va texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga qo’llash katta ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki Respublikamiz qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladigan maydonlarda vaqtinchalik o’qariqlarni hosil qilish uchun asosan plugli va ag’dargichli kanal qazgichlardan foydalaniladi. Vaqtinchalik sug'orish tarmoqlari ko’ndalang kesimi trapetsiyasimon yoki yarim aylana kesimga ega, buning ustiga damba ag’dargichlar orqali olib tashlangan tuproq hisobiga hosil bo'ladi. Agrotexnik talablarga ko'ra, sug'orish uchun suv chiqaradigan jo'yaklar va vaqtinchalik suv tarmoqlari sug’orishdagi suv sathlari nishabga qarab sug'oriladigan sirtdan 0,05…0,20 m balandroq bo'lishi kerak. Ushbu hosil qilingan vaqtinchalik sug’rish tarmoqlarining yon tomonlaridagi damlarning zichlanmasdan qolishi sug’orish tarmog’ining uzoq muddat ishlashini chegaralaydi. Yuqoridagilarni inobatga olib КБН - 0.35 kanal qazgich ish samaradorligini oshirish orqali sifatli sug’orish tarmoqlarini hosil qilish sohaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
I.UMUMIY QISM.
1.1. Kanallar. Ularning vazifasi va turlari.
Kаnаl dеb, suvni ko’chirishgа (trаnspоrt qilishgа) mo’ljаllаngаn gidrоtехnik inshооtgа аytilаdi. Kаnаllаr qurilishi kоnstruksiyasi bo’yichа quyidаgi turlаri mаvjud (1.1-rаsm):

а) ko’tаrmа kаnаl

b) yarim qаzilmа vа ko’tаrmа kаnаl

d) qаzilmа kаnаl
1.1-rаsm. Kаnаl kоnstruksiyasning turlаri.
Ushbu kаnаllаrni qаzuvchi mаshinаlаr tuprоqni qаzish, qаzilgаn tuprоqni ko’tаrish vа uni kаnаl qirg’оg’ini bir yoki ikkаlа tоmоnigа jоylаsh vа surish ishlаri bilаn bir qаtоrdа, uning sirtini tеkislаsh vа silliqlаsh, hаmdа nishаbligini tа’minlаsh ishlаrini bаjаrishlаri zаrur.
Kаnаl qаzgich mаshinаlаri ishigа qаrаb, dаvriy vа uzluksiz ishlаydigаn turlаrgа аjrаtilаdi. Ish jihоzining ijrоsigа qаrаb, оddiy, fаоl, аrаlаsh ish jihоzlаrigа bo’linаdi.
Yurish uskunаsi bo’yichа: g’ildirаkli, zаnjirli turlаri mаvjuddir.
Ish jihоzining o’rnаtilishi bo’yichа: оsmа, tirkаmа, yarim tirkаmа vа mаshinа bаzаsidаgi turlаrgа аjrаtilаdi.
Bоshqаruv tizimi bo’yichа: mехаnik, gidrаvlik, elеktrik vа аvtоmаtik bоshqаrilаdigаn turlаri mаvjud.
Sug’orish tarmoqlari suvni qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish texnologiyalariga muvofiq kerakli miqdor va muddatlarda suv manbaidan olib, sug’oriladigan hududlargacha tashib keltirish va uni suvdan foydalanuvchilar o’rtasida, almashlab ekish dalalari va sug’orish uchastkalari bo’yicha bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladigan o’zaro uzviy bog’liq holda faoliyat ko’rsatuvchi inshoot va texnik vositalarni o’z ichiga oladi.
Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalaniluvchi suv uzatish tarmoqlari - magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Yopiq sug’orish quvurlari ham doimiy tarmoq hisoblanadi. Muvaqqat sug’orish tarmoqlari mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalaniluvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi. Muvaqqat tarmoqlar bevosita sug’orish arafasida qurilib, sug’orishdan keyin tuproq yetilishi bilan yoki mavsum boshida qurilib, mavsum oxirida tekislab yuboriladi. Ochiq sug’orish kanallari hududning eng baland qis- mida quriladiki, toki suv dalalaiga o’z oqimi bilan uzatilsin. Agar suv manbai yoki taqsimlash kanali sug’oriladigan daladan pastda joylashgan bo’lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko’tarib beriladi, ya'ni mashina yordamida uzatiladi.
Sug’orish kanallari foydali ish koeffitsienti (FIK) va yerdan foydalanish koeffitsienti
(YeFK)ning yuqori darajada bo’lishini, ular va gidrotexnik inshootlardan samarali va qishloq xo’jaligi mashinalaridan serunum foydalanishni ta'minlaydigan qilib quriladi. Kanallardagi suv sathi ulardan suv oluvchi tarmoqdagidan 20 - 22 sm baland bo’lishi kerak. Sug’orish kanallarining o’zanlari yuvilib ketmasligi va ularni loyqa bosmasligi uchun kanal tubining nishobligi 0,00003 dan 0,002 gacha bo’lishi lozim.
Kanallar tuzilishiga ko’ra qazma, yarim ko’tarma va ko’tarma kanallarga bo’linadi. Kanal trassasida ma'lum bir to’siq (avtomobil yoki temir yo’llari, daryo, soy yoki jarlik) uchrab qolsa, maxsus gidrotexnik inshootlar yordamida uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyuker) o’tkazib yuboriladi.
Yopiq sug’orish tarmoqlari xo’jalikning suv uzatuvchi bosimli va bosimsiz taqsimlash quvur tarmoqlari hamda ulardagi inshootlardan iborat. Yopiq tarmoqlar sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlarini mavjud barcha sug’orish usullaridan foydalanish mumkin.
Aralash tipdagi yopiq sug’orish tarmoqlari xo’jalik sug’orish ti- zimida ekinlarni tuproq sathidan va yomg’irlatib sug’orishda qo’llaniladi. Suv bosimi ushbu tizimda mexanik usulda yoki o’z-o’zidan hosil qilinadi. Bunday tizimlarda ДДН-70, ДДН-100, ДДА - 100MA, ДДПА - 130/140 yomg’irlatib sug’orish mashina va agregatlaridan foydalanish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda muvaqqat tarmoqlardan foydalaniladi. Muvaqqat tarmoqlar sug’orish mavsumi boshida (yoki har bir sug’orish arafasida) olinib, sug’orish mavsumi tugallanishi bilan (sug’orishdan so’ng) tekislab yuboriladi. Muvaqqat tarmoqlar sirasiga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, pol (yo’lak)lar va sug’orish egatlari kiradi. Sug’orish jarayonida suv uchastka taqsimlagichidan muvaqqat ariqqa, undan o’qariqqa, o’qariqdan beshamak va egatlarga beriladi. Obdon tekislangan va yaxshi tayyorlangan dalalarda qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgandan keyin muvaqqat sug’orish tarmoqlari olishga kirishiladi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish