V. KONSTRUKTORLIK QISMI.
5.1. Takomillashgan ish jihozli КБН-0,35 kanalqazgichi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ekinlarni sug’orishda ekin suvlarini samarali qo‘llashni ta’minlovchi suv tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda, qator oralab sug‘orishning uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lishiga qaramay, uni loyihalashning ilmiy asoslari hali ham to‘g‘ri ishlab chiqilmagan.
Hozirgi vaqtda sug’orish hududlarida tarkibiga vaqtinchalik sug‘orish kanallari, suv chiqarish va tarqatish jo‘yaklari kiradigan sug’orish tarmoqlari qisqartirilyapti. Vaqtinchalik sug‘orish tarmoqlari har yili har bir sug‘orishdan oldin yoki boshqa qishloq xo‘jalik ishlaridan oldin tekislanadi.
Vaqtinchalik sug‘orish tarmoqlari trapetsiyasimon yoki yarim aylana kesimga ega, buning ustiga damba ag’dargich hisobiga olib tashlangan tuproq hisobiga hosil bo‘ladi
Agrotexnik talablarga ko‘ra, sug‘orish uchun suv chiqaradigan jo‘yaklar va vaqtinchalik suv tarmoqlari sug’orishdagi suv sathlari nishabga qarab sug‘oriladigan sirtdan 0,05…0,20 m balandroq bo‘lishi kerak.
КБН-0,35A, КЗУ-0,3Д kanal qazigich – tekislagichlar tomonidan hosil qilingan ariqlar qazish chuqurligiga qarab “o‘lik chuqurlik” hosil bo‘ladi (o‘yiqdagi suv sathi quyida joylashgan sug‘orish egatlarining chuqurligidan), bu suv sarfi oshishiga olib keladi. Vaqtinchalik sug‘orish kanali qanchalik chuqurroq bo‘lsa, o‘lik chuqurlik shunchalik chuqur bo‘ladi, bundan tashqari chuqur kanal hosil bo‘lishida kanal qazgichning tortish qarshiligi oshadi.
Vaqtinchalik sug‘orish kanalidagi o‘lik chuqurlikda sug‘orish tugagandan so‘ng ma’lum miqdorda suv saqlanib qolib, uning qurishi uzoq vaqt talab qiladi va bu qishloq xo‘jalik ekinlari qatorlariga ishlov berishni kechiktiradi.
Mavjud kanal qazgichlar sug’oriladigan dehqonchilik hududlarida kerakli kesish sifatini ta’minlamaydilar va vaqtincha sug‘orish kanalidagi damba hosil qilish uchun yaxshi sharoit yaratmaydilar, shuningdek sug‘oriladigan suvni samarali foydalanishni ta’minlamaydilar. Buning sababi, vaqtincha sug‘orish kanalining dambalarning zichlanmasligidir, buning natijasida dambalarning suvni saqlab qolish qobiliyatining pasayishidir.
Shu bilan birga, suv sathini ko‘tarish va uning oqimini kuchaytirishni, vaqtincha sug‘orish tarmog‘idan samarali foydalanish, qo’l mehnatini kuchaytiradi.
Ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun takomillashgan kanal qazish mashinasi ishlab chiqildi [28]. (5.1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |