51
shumg’iya bilan zararlangan. past bo’yli, baland bo’yli, erta va kechikib gullagan
o’simliklarning savatchasi olib tashlanadi. Uchinchi nav o’tog’ida savatchasi mayda,
shakli buzilgan,
poyasi egilgan, urug’ining rangi tipik bo’lmagan, kasallik va
zararkunandalar bilan zararlangan o’simliklar savatchalari olib tashlanadi.
Hosilni yig’ishtirish ikki fazali usulda birinchi savatchaning orqa tomoni
sarg’ayib, urug’ning namligi 30-35% bo’lganda (gullash fazasidan 30 kundan so’ng)
poyasi savatchadan 15-20 sm past kismidan kesilib, Savatcha poyada qoldiriladi.
Undan 7-10 kundan so’ng urug’ning namligi 8 % gacha kamayganda urug’lar ko’lda
yoki donli ekinlar kombaynlari orqali va maxsus moslamalar yordamida ajratiladi.
To’rtinchi yilda urug’lik pitomnigi yoki supuyer elitadan olingan urug’lar
elita
dalasida ekiladi. Elita dalalarida 3 marta nav utog’i utkazish va boshka urugchilik
ishlari super elita dalasida utkazilganlik amalga oshiriladi. Katta bo’lmagan dalalarda
hosil yig’ishtirish ikki fazali usulda o’tkaziladi.
Yaratilgan elita urug’ligi 1 reproduksiyali urug’lar, yetishtirish uchun maxsus
ixtisoslashgan urug’chilik xo`jaliklariga topshiriladi. Birinchi reproduksiyali urug’lik
yetishtirladigan uchastkalarda elita yetishtirishga o’xshash talablar qo’yiladi. Barcha
urug’chilik va agrotexnologik tadbirlar super elita dalasida o’tkazilgandek
amalga
oshiriladi.
Umuman olganda kungaboqar ekiladigan asosiy davlatlar jumladan Rossiyada
kungaboqarning elita urug’ligini yetishtirish yukorida keltirilgandek 4 yilda (fitotron
qurilmasi bo’lmagan sharoitda 5 yilda) amalga oshadi.
Biz kup yillar davomida o’rgangan ma’lumotlar va o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar
ko’rsatishicha Respulikamiz sharoitida bahor, yoz va kuz oylarining uzok davom
etishi hisobiga bir yilda ikki marta hosil yetishtirish
evaziga kungaboqarning
birlamchi urug’chiligini 4 yil o’rniga ikki yilda yetishtirish mumkin. Bu muammoni
amalga oshirish uchun kungaboqarning 50 tadan ortik nav va nav namunalarning
tezpisharligi va urugining tinim davri aniklanib, ulardan urugning tinim davri kiska bir
yilda ikki marta ekishga yarokli navlar va namunalar tanlandi. Shuningdek ikki xosil
olishga yarokli o`stirish sharoiti aniklandi.Ilmiy tadkikotlar natijalari kursatishicha
kungaboqarning birlamchi urugchiligida tezkor va samrali usulni ko’llash
Surxondaryo viloyati sharoitida to’lig’icha amalga oshadi.
Surxondaryo viloyatining Denov va Qumkurgon tumanlari sharoitida 1992 yildan
buyon o’tkazilgan ilmiy tadkikotlar ko’rsatishicha kungaboqarning Pioner, Nadejniy,
Bogucharets, Salyut, Jaxongir navlarining urug’ini 1mart muddatida ekib, 10
martgacha undirib olish mumkin. Maysalar mart oyining so’ngi 10-kunligi va o’suv
davrini aprel, may oylari davomida o’tagan o’simlikning urug’i 5 iyungacha fiziologik
va 15-iyungacha to’liq yetilish mumkinligi aniklandi.
Biroq yangi yig’ishtirilgan urug’ni ekish uchun kamida 10 kun davomida tabiiy
sharoitda saqlab namligi 8 % ga keltiriladi. Urug’da
kechayotgan bioximik
jarayonlarni susaytirish uchun ekish oldidan 2-3 soat vaqt davomida 1-2 daraja
sovitish kerak bo’ladi va keyin ekish maqsadga muvofik. Xullas yangi urug’lar
takroriy 25-iyul muddatida ekilsa 3-avgustgacha to’liq unib chiqadi. Avgust, sentabr,
oktyabr oylarida yaxshi usib rivojlanadi. Bu davrda urugchilik ishlari (nav utogi,
negativ tanlash, saralash, ayniksa gullash fazasida ikki marta kushimcha changlanish
utkazish) tulik amalga oshirilsa va urug’ning to’liq yetilishi kuzatiladi. Bunday usulda
52
yetishtirlgan urug’larning unuvchanligi tozaligi, tipikligi kabi kursatkichlari urug’ning
ekinboplik va navdorlik sifat kursatkichlari talablariga javob beradi.
Xulosa:
kungaboqarning yuaori navli, urug’ligini yetishtirishda yangi ikki yillik
muddatli tezkor (samarali) usuldan foydalanish yo’li bilan nav yangilash muddatini 4
yilda emas ikki yilda amalga oshirish mumkin. Birlamchi urug’chilikda elita
urug’ligini yetishtirish muddatini
ikki yil kiskartirish evaziga, dexkonchilikda
sugoriladigan yerdan samarali foydalanish, elita urug’lik yaratish uchun sarflanadigan
vakt va xarajatlarni bir martaga qisqartish, yangi navlarni va geterozis duragaylarni
kiska muddatda yaratish, ekilayotgan navlarni uzok vaqt davomida ekish yoki umrini
uzaytirish kabi imkoniyatlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: