Dam oldirib sug’orish. Bunda o’simlikning butun o’suv davrida yoki
rivojlanishning ayrim davrlarida polarga suv bostirish ma’lum vaqtgacha bo’ladi.
Maysalar chiqqandan keyin pollarga suv qatlami 10-12 sm ga yetkaziladi va 5-10
kungacha shu holatda saqlanadi. Tuproq-iqlim sharoitiga ko’ra, suv qo’yish
to’xtatilgandan keyin 5-10 kun o’rtacha, pollarga yana suv bostiriladi. SHu tartibda
tanaffus berib suv bostirish takrorlanaveradi. Lekin sholi gullab, don olish davrida
pollarga, albatta, suv bostirilgan bo’lishi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |