131
Bozorga kirib borishdan avval mahsulotga nisbatan iste’molchiga ta’sir
ko‘rsatish bo‘yicha barcha marketing vositalari majmuasi qo‘llanadi. Bunda
iqtisodiy, ijtimoiy,
psixologik, siyosiy va boshqa omillar hisobga olinadi.
Ma’lumki, bozor ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in
bo‘lib, ichki aloqalarni hamda talab va taklif o‘rtasidagi balans asosida qarama-
qarshiliklarni aniqlab beradi. Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatlangan
nisbatlarga faqat marketing yordamidagina erishish mumkin, chunki strategiya
va taktika bozorni kompleks o‘rganish va mahsulotga bo‘lgan talabni maqsadli
yo‘nalgan holda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqishga
asoslanadi.
Marketing faoliyati bozorni o‘rganish, maqsadlarni shakllantirish va
ularni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni hal qilish, ishlab chiqarish muddati,
hajmi va kutilayotgan natijalarni aniqlash, iste’molchilik talabini shakllantirish
va kon’yunktura tadqiqotlarini o‘z ichiga kiritadi. Bundan tashqari,
marketing
bozorni tartibga solish tizimi sifatida mahsulotlarning bozor talablariga
moslashishi, raqobatchilar salohiyati va ularning faoliyatini o‘rganish, talabni
shakllantirish, sotuvni rag‘batlantirish, marketing xizmati faoliyatini nazorat
qilish va boshqalarni ta’minlaydi
Marketing raqobatchilik kurashining taktika va strategiyasini belgilab
beradi, pul mablag‘lari
va resurslar, bozor kon’yunkturasi haqidagi
ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini hamda sotuv bozoriga maqsadli yo‘nalgan
holda ta’sir ko‘rsatgan holda mahsulotni sotish jarayonini boshqarishni
ta’minlaydi. Marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda narx
va tovar siyosati ishlab chiqiladi, reklama usullari va yo‘nalishlari,
sotuvni
rag‘batlantirish, obyektga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari
aniqlanadi, bozor hajmi va uning yangi mahsulotlar kirib kelishi va keyingi
ta’minlashlarning kengaytirilishga reaksiyasi bashorat qilinadi.
Marketing strategiyasi marketing tadqiqotlari davomida olinuvchi
ma’lumotlarga asoslanadi hamda quyidagilarni o‘z ichiga kiritadi:
•
ichki va tashqi muhit tadqiqotlari;
•
maqsadlarni shakllantirish;
•
chora-tadbirlar reja va strategiyalarini ishlab chiqish;
•
rejalarni amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Marketing strategik rejasida belgilangan maqsadlarga erishish vaqti va
vositalari, resurslar aks ettiriladi.
Marketing rejalashtirishi marketing faoliyatining taktik va strategik
vazifalarini hal qilish ko‘rinishida yaratiladi.
132
Marketing taktikasi tijorat va ilmiy-texnik ma’lumotlarga
asoslanadi va
malakali personalni talab qiladi. Bunda taktik chora-tadbirlar strategik chora-
tadbirlarning tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagilar ko‘zda tutiladi: rejadagi
ko‘rsatkichlardan chetga chiqishga olib keluvchi ichki muhitdagi o‘zgarishlarga
tez javob berish, korxona mahsulotlari bilan bozorga
kirib borish tamoyillari,
tovar harakatlanishini tashkil etish va faollashtirish, iste’molchilar zaxiralarini
tadqiq qilish, vakolatxonalar tarmog‘ini tashkil etish, servis xizmat ko‘rsatish
sifatini oshrish va hokazolar. Marketing ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarishning bozor konsepsiyasini ishlab chiqishdan
to mahsulotni yakuniy
sotishgacha bo‘lgan turli muammolar doirasini qamrab oladi.
Korxonaning marketing xizmati yetakchi hisoblanadi, chunki aynan u
boshqa barcha tuzilma bo‘linmalariga shart-sharoitlarni belgilab beradi.
Marketing tadqiqotlari tahlili davomida qabul qilingan qarorlarni bajarish
korxonaning barcha bo‘limlari uchun majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: