9
Mulkiy munosabatlar nuqtai nazaridan lizing bitimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
ikkita tarkibiy qismdan – oldi-sotdi munosabatlari
va mulkdan vaqtinchalik
foydalanish bilan bog‘liq munosabatlardan iboratdir.
1
Majburiyat huquqi nuqtai nazaridan bu munosabatlar ikki xil turdagi
shartnomalar – oldi-sotdi va lizing (mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish)
shartnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Lizing shartnomasida
shartnoma muddati tugagach mulkni sotish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda
mulkdan vaqtinchalik foydalanish munosabatlari
oldi-sotdi munosabatlariga
aylanadi. Faqat bu safar munosabatlar lizing beruvchi va mulkdan foydalanuvchi
o‘rtasida bo‘ladi.
Lizingga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, uning murakkab uch
tomonlama asosini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
lizing xuddi kredit bitimlaridagi kabi, mablag‘larni qaytarib olish shartida asosiy
kapitalga kiritishni anglatadi. Boshqa tomondan, bitim ishtirokchilari kapitaldan
pul ko‘rinishida emas, balki ishlab chiqarish shaklida foydalanadilar, bu esa uni
investitsiyalash bilan yaqinlashtiradi. Uchinchidan esa,
lizing ijara mexanizmi
bilan chambarchas bog‘liqdir.
2
Biroq yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlarning
lizingga aynan xosligi to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ulardan
hech biri alohida ravishda lizingda mulkchilik
munosabatlari majmuasini
tartibga sola olmaydi. Ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish va ularning
o‘zaro bog‘liqligigina lizingni iqtisodiy faoliyatning yangi shakli sifatida yuzaga
keltiradi.
Demak, lizing murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga investitsiya, kredit va ijara
bitimlari elmentlarini kiritadi. Natijada ishlab chiqarish
vositalarini ularni sotib
olish va keyinchalik ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish
bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlari majmuasi amalga oshiriladi.
Endi lizingga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tamiz. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Mulk va mulk ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ni tanlash huquqiga mulkdan
foydalanuvchi ega.
2. Mulk sotuvchisi mulk lizingga berish uchun sotib olinayotganligini
biladi.
3. Mulk mulkdorga berilmasdan bevosita
foydalanuvchiga beriladi va
foydalanuvchi tomonidan ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi.
1
Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и К
о
, 2003, 33 б.
2
Лещенко М.И. “Основы лизинга” М.: “Финансы и статистика”, 2001, 47 б.
10
4. Mulkdan foydalanuvchi kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda o‘z
e’tirozlarini mulkdorga emas, balki hech qanday shartnoma munosabatlari bilan
bog‘liq bo‘lmagan sotuvchiga bevosita bildiradi.
5. Lizingga beruvchi mulkni o‘zi foydalanish uchun emas,
balki uni
vaqtinchalik foydalanishga berish uchun atayin xarid qiladi.
6. Lizing shartnomasi amal qilayotgan davr mobaynida mulk lizingga
beruvchining mulki hisoblanadi.
7. Mulk egasiga uni vaqtinchalik foydalanishga
berish uchun haq
to‘lanadi.
8. Mulkdan foydalanuvchi muddatidan oldin yoki shartnoma muddati
tugagach uni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: