(2005 yil)
Viloyatlar
Haydov
yerlari
Bog’lar
uzumzorlar
Yem-xashak
ekinlari
Boshqa qishloq
xo’jalik yerlari
Qaraqolpog’iston
Respublikasi
360
380
150
110
Andijon
210
260
110
100
Buxoro
250
280
115
105
Jizzax
225
275
125
110
Qashqadaryo
260
290
130
120
Navoiy
270
310
135
115
Namangan
220
270
110
95
Samarqand
250
290
130
110
Surxondaryo
250
300
140
120
Sirdaryo
220
280
130
125
Toshkent
210
270
140
120
Farg’ona
220
260
130
115
Xorazm
350
320
160
130
Yangi yerlar o’zlashtirish qiymati hisobining asosiy mintaqa texnologiyasini aks
ettiradigan ishlar loyiha analoglari, texnologik kartalar va sxemalar tashkil etadi. Bunda yer
o’zlashtirishda bajariladigan ishlarni o’tkazish me’yoriy hujjatlari va baholaridan foydalaniladi.
Nobudgarchiliklar hajmi tuman hokimiyatlari qoshida tashkil qilingan baholash
komissiyalari tomonidan belgilanadi.
Komissiya qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning qoplanish zarur bo’lgan
nobudgarchiliklari hajmini ko’rsatib akt tuzadi. Bu akt hokimiyatni mutasaddi bo’limlari
tomonidan ko’rib chiqib ma’qullangandan keyin xokim tomonidan tasdiqlanadi.
Qishloq xo’jalik ehtiyojlaridan tashqari yer uchastkalari ajratiladigan korxonalar tegishli
smetalarda yer olish bilan bog’liq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini
qoplash uchun zarur bo’ladigan mablag’larni ko’zda tutadilar. Bu xil mablag’lar yer oluvchi
korxona mablag’lari, ayrim hollarda byudjet mablag’lari bo’lishi mumkin. Lekin ajratiladigan
bir gektar xaydov yer badalining hajmiga yangi yerlar ishga tushirilgunga qadar uchastka olish
davri maboiynida yalpi hosil olinmagani natijasida xo’jalikka yetkazilgan zarar ko’rinmaydi.
Shuning uchun qishloq xo’jalik yerlarini ajratishga teng maydonli yerlarni va yer uchastkasi
19
olishdan yangisini ishga tushirishgacha bo’lgan davr ichida yo’qotiladigan sof foydani qayta
tiklashning bir yo’la xarajatlari hisobiga olingan holda badal to’lash maqsadga muvofiqdir.
Bunda 0,15 kapital qo’yilmalar samaradorligi me’yoriy koeffitsentiga muvofiq
keladigan 7 yillik davr hisobga olinishi kerak. Bu holda badal (kompensatsiya)ning umumiy
hajmi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
15
,
0
ur
b
d
k
ad
X
X
W
S
B
Bunda S
k
– yerlarni qayta tiklash smeta qiymati, bunga melioratsiya va qishloq xo’jalik
o’zlashtirish kiradi, so’m
Wd – olib qo’yiladigan yer maydoni, gektar
X
b
– harid bahosi, sum s
X
ur
– o’rtacha hosildorlik
Yer egalari yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijrachilarga va mulkdorlarga
yetkazilgan zararning o’rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to’la hajmda
qoplanishi kerak:
-yerlar olib qo’yilgan kayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
-davlat qo’riqxonalari buyurtmachilar, milliy tabiat bog’lari tabiat yodgorliklari,
madaniy tarixiy yodgorliklar, suv xovzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar atrofida,
daryolar kanallar, suv tashlamalari yo’llari, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish
liniyalari bo’ylab muhofaza sanitariya va ixota mintaqalari belgilanishi munosabati bilan
ularning huquqlari cheklanganda;
Suv havzalari kanallar kollektorlar shuningdek qishloq xo’jalik ekinlari va dov-daraxtlar
uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’ektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri
hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo’jaligi mahsulotining
sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti harakatlari oqibatida yerlarning sifati
yomonlashgan taqdirda.
Zararning o’rni olib ko’ylayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyat yer egalari, yerdan
foydalanuvchilar yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarning huquqlari cheklanishiga yoki
yaqin atrofidagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
20
Qishloq xo’jaligi yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va
foydalanishdagi qishloq xo’jalik yerlarini qishloq xo’jaligini yuritish bilan bog’liq bo’lmagan
maqsadlarga foydalanish uchun olib qo’yilganida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o’rni shunga sababchi bo’lgan
korxonalar muassasalar va tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
Mamlakatimizda qabul qilingan yer kodeksi asosida yer resurslaridan oqilona
foydalanishni ta’minlash uchun davlat yer kadastri joriy etilgan. Yer kadastrida yerlarning
tabiiy, xo’jalik va huquqiy holati to’g’risidagi ma’lumotlar majmui keltirilgan. Yer kadastri
ma’lumotlaridan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va harid miqdorini rejalashtirish, yerlarni
melioratsiyalash va qishloq xo’jaligini ximiyalashga kapital qo’yilmalar samaradorligini
baholash, mamlakat mintaqalari bo’yicha harid baholarini takomillashtirish masalalarini hal
qilish hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni
amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Yer kadastri halq xo’jalik ahamiyatiga egadir va davlat tadbiri sifatida amal qiladi. U
yagona tizim bo’yicha olib boriladi va o’z ichiga quyidagi tarkibiy qismlarini oladi: yerdan
foydalanuvchilarni qayd etish, yerning miqdori hamda sifatini hisobga olish: tuproqlarni
bonitirovka qilish va yerni iqtisodiy baholash.
Yerdan foydalanuvchilarni qayd etish yerdan foydalanishda yuridik huquqni
rasmiylashtirishdir. U yerni egasiga topshirish printsiplariga rioya, qilishini ta’minlaydi va
davlat yer mulkchiligini muhofaza qilishga qaratilgandir. Yerdan foydalanuvchi kishi
davlatdan o’ziga yer egaligi huquqi berilganligini tasdiqlaydigan dalolatnoma oladi. Yerdan
foydalanishning davlat ro’yxatidan o’tkazishi yerdan foydalanuvchilar kategoriyalari bo’yicha
belgilangan tartibda tuman hokimligida amalga oshiriladi.
Yerlar foydalanilishi bo’yicha davlat xo’jaliklariga jamoa va shirkat xo’jaliklariga
muddatsiz davrga foydalanish uchun berilsa fermer xo’jaliklariga uzoq, muddatga (30-50) yilga
ijaraga beriladi. Oilaviy pudrat asosida ishlayotganlarga qisqa muddatga (5-10) yil foydalanish
uchun beriladi. Davlat yer kadastri kitobi asosiy yer egaligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Yerdan foydalanishlarni qayd etish ularni hisobga olish bilan chambarchas aloqada
o’tkaziladi. Yerlarni quyidagicha hisobga olinadi:
21
-yer fondlari kotegoriyalari bo’yicha qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, aholi
punktlari yerlari, sanoat transport ko’plab qishloq xo’jaligidan tashqari yerlar, davlat o’rmon
fondi yerlari, davlat suv fondi yerlari, davlat zahira yerlari;
-yerdan foydalanuvchilar kotegoriyalari bo’yicha-davlat xo’jaliklari, jamoa xo’jaliklari
shirkat xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari, ijara va pudrat jamoalari va
boshqalar;
-ekin turlari bo’yicha–haydaladigan yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar bo’z yerlar,
pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yerlar
-yerlarning sifatini holati bo’yicha–toza yaxshilangan butazor, erroziyaga uchragan,
sho’rlangan va boshqa yerlar;
-qishloq xo’jalik ekinzorlari bo’yicha–ekinzorlar tarkibida sug’oriladigan va zaxi
qochirilgan yerlar alohida hisobga olinadi. Sug’oriladigan yerlar–muntazam sug’oriladigan va
shartli sug’oriladigan yerlarga ajratiladi. Muntazam sug’oriladigan yerlar optimal muddatlarda
belgilangan me’yorlarda sug’oriladi. Shartli sug’oriladigan yerlar, ayrim davrlardagina
sug’oriladi. Ular odatda doimiy suv manbaida kam suvli tizimlardir.
Liman usulida sug’oriladigan yerlar–tuproq uyumlaridan iborat dambalar va qor-muz
suvlarini bahorgi sellarni tutib qoladigan har xil gidrotexnik inshootlarga ega bo’lgan
uchastkalar alohida-alohida hisobga olinadi.
Yerlarni hisobga olish ham davlat ham tarmoq ham yer egallarining manfaatni ko’zda
tutish kerak. U ma’muriy-territorial bo’lishi bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’muriy tuman yerni
hisobga olishda asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarni sug’orish tizimlari
boshqarmalari, qishloq va suv xo’jalik hamda statistika organlari hisobga oladilar.
Sug’oriladigan yerlarga egalik qiladigan xo’jaliklar har yili noyabr oyida statistika organlariga
ulardan foydalanish to’g’risida hisobot berib turadilar.
Yer resurslarining miqdor ko’rsatkichlari bilan birga sifat ko’rsatkichlarini ham hisobga
olmoq kerak. Yerning tabiiy xususiyatlari sifat jihatdan baholash predmeti hisoblanadi. Sifat
jihatdan hisobga olish tuproq unumdorligi bilan xarakterlangan tabiiy resurs bo’lgan yerning
sifatini aks ettiradi. Yerni sifat jihatdan hisobga olish tuproqning tabiiy mintaqalar iqlim
sharoiti hisobiga olingan klassifikatsiyalari bo’yicha o’tkaziladi. Hozirgi vaqtda tuproqlarni
sifat belgilari: kimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlari va oziq modda zahiralari bo’yicha
agrosanoat guruhlanishining yagona tizimi ishlab chiqilgan.
22
Sug’oriladigan yerlarni hisobga olishda ularning sifat xolatini va avvalo sho’r bosish
darajasini aniqlashga alohida ahamiyat beriladi. Sho’r bosish darajasiga bog’liq holda ular
sho’rlanmagan, yengil sho’rlangan, o’rta sho’rlangan va kuchli sho’rlangan hamda taqir yerlar
guruhlarga bo’linadi. Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatiga ko’ra ularning umumiy
maydonidan ochiq, yopiq, tik va kombinatsiyalashgan zovurlar o’tkaziladi va har qaysi zovur
o’tkazilgan yerlar alohida hisobga olinadi. Sug’orish shaxobchasi qayta quriladigan yer yuzasi
tekislanadigan, kollektor zovur shaxobchalari qayta quriladigan, rekonstruktsiya qilinadigan
yerlar ham alohida hisobga olinadi. Sug’oriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik
darajasi ham hisob qilinadi.
Tuproq bonitirovkasi–tuproq (yer) sifatini ular unumdorligi bo’yicha nisbiy baholash
(ballarda) sifat jihatidan baholashning tugallovchi bosqichi hisoblanadi. Tuproq turlari o’z
tabiiy belgilari va xususiyatlariga ko’ra bonitirovka qilinishi kerak. Baholash 100 ballik tizim
bo’yicha o’tkaziladi. Bunda ekinlar hosildorligidan ham tuproqlarning asosiy xususiyatlaridan
ham foydalaniladi. Odatda hosildorlik va tuproqlar tabiiy xususiyatlari bo’yicha tor baholash
shakllari tuziladi, keyin ular o’zaro birlashtiriladi bunda oliy sifat tuproq 100 ball deb qabul
qilinadi (eng yuqori hosildorlik) bunda tuproqlarning tabiiy hosildorlik boniteti bilan
to’g’irlanadi. Hosildorlikni aniqlashda dehqonchilik intensivligi va «me’yor» hosildorlik olish
omillarini tenglashtirishni o’tkazish tavsiya etiladi. Tuproq banitirovkasi va uni iqtisodiy
baholash yerning unumdorlik qobiliyatini aniqlashning yagona jarayoni hisoblanadi. Bunda
tuproqni banitirovka qilish keyinchalik iqtisodiy baholanadigan tuproq agroishlab chiqarish
guruhlarini ajratishini ta’minlaydi.
Tuproqlarning agroishlab chiqarish guruhlari melioratsiyalanmagan, sug’oriladigan va
zahi qochirilgan yerlar uchun alohida–alohida ajratiladi. Sug’oriladigan yerlarning agroishlab
chiqarish guruhlashda quyidagi omillar qo’shimcha ravishda hisobga olinadi:
A) qadimdan sug’orilib kelinayotgan yaqinda sug’orila boshlagan va yaqinda
o’zlashtirilgan yerlar;
B) suv ta’minoti-mutassil sug’orilib kelinayotgan va shartli sug’oriladigan, yomg’irlatib
sug’oriladigan yerlar alohida-alohida hisobga olinadi;
V) Sug’oriladigan yerlarning kollektor–zovur shaxobchalari bilan jixozlanganligi.
Yerni iqtisodiy baholash deganda qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi
bo’lganligini baholash tushiniladi. Yerning joylashgan o’rni va sifati iqtisodiy bo’yicha miqdor
jihatdan o’lchangan baholangan bo’lishi kerak. Iqtisodiy baholash yer resurslaridan ularning
23
potentsial imkoniyatlarini hisobga olgan holda samarali foydalanishga qaratilgandir. U qiyosiy
baholash hisoblanadi.
Baholash mezonini tanlashning asoslanganligi yerni iqtisodiy baholashning muhim
shartidir. Bu masala murakkab bo’lib, baxsli masala bo’lib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyoti qonunlarining talabini hisobga olgan holda iqtisodiy baholash mezoni
sifatida bir gektar yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi ichki mahsuloti chiqishidan
foydalanish zarur. Mahsulot chiqishi ishlab chiqarish chiqimlari bilan muayyan aloqada
hisobga olinadi.
Bunda xarajatlar ta’sirini chiqarib tashlash zururiyati tug’iladi.
Teng ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shilgan mahsulot miqdori iqtisodiy jihatdan
yerning sifatini ifodalaydi. Teng xarajatlar qilinib, ko’p mahsulot ishlab chiqarilgan yergina
miqdor jihatdan yaxshidir. Olingan mahsulotdagi tafovut yer sifati tafovutini miqdor jihatdan
ifodalaydi.
Asosiy ko’rsatkichdan, ya’ni bir gektar yerdan yalpi ichki mahsulot chiqishidan tashqari
shu maqsadda xarajatlarni (bir so’mlik xarajatlarga mahsulot qiymati) qoplash va sof foydaning
umumiy hajmi bilan eng kam ijtimoiy zarur foydaning o’rtasidagi tafovutdan iborat
differentsial foydadan ham foydalanish mumkin. Taqqoslanishga mamlakat mintaqalari
bo’yicha rioya qilish uchun yalpi ichki mahsulot qiymati yagona kadastr baholarida hisoblab
chiqiladi.
Yerni iqtisodiy baholash ham mutloq, ham nisbiy kattaliklarda (ballarda) ifodalanishi
mumkin. Tuproqlar agroishlab chiqarish guruhlari bo’yicha baholanadi. Bunda tuproq
ko’rsatkichlarining hisob kitobi natijasida baholash shkalasi tuziladi. Bu shkala turli xil yerlar
sifatini miqdor jihatdan xarakterlaydigan baholash ko’rsatkichlari tizimidan iboratdir. Avval
baholash shkalasi mutloq (absalyut) ko’rsatkichlarida (so’mlarda) so’ngra ish asosida nisbiy
ko’rsatkichlarda (ballarida) tuziladi. Nisbiy ko’rsatkichlar shkalasi yopiq yoki ochiq bo’lishi
mumkin. Yopiq shkala tuzishda yaxshi agroishlab chiqarish guruhining eng yuqori mutloq
ko’rsatkichi 100 ball deb qabul qilinadi.
Boshqa guruhlarning ballarda baholanishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
%
100
*
Do'stlaringiz bilan baham: |