2.Apparatlarning ish tirqishini rostlash
. Ish tirqishining kengligi g’o’zaning
xosildorligi va to’plarning holatiga qarab 22-36 mm atrofida o’rnatiladi .
Birinchi terimda : old juft barabanlar orasidagi 36-28mm , ketingi juft
barabanlar orasidagi tirqish 28-26 mm , ikkinchi terimda: oldingi juft
barabanlar orasidagi tirqish esa 28-22mm, qilib o’rnatiladi.
Apparatlarning ham o’ng, ham chap qismlari uchun tashqariga
chiqarilgan rostlash vinti 2ni burib , ish tirqishi zarur kenglikda o’rnatiladi.
Disk 3 bir marta aylantirilganda , tirqishning kengligi 1mm ga o’zgaradi .
Ish tirqishining kengligi maxsus shchup bilan o’lchanadi , bu shchup
mashinaga qo’shib beriladi . Dalaga chiqqanda ish tirqishining kengligi
shpindellar orasidan ko’sak o’tqazib ko’rib tekshiriladi. Agar ko’sakda shpindel
tishlarining izi qolsa , to’g’ri rostlangan bo’ladi . Yerga to’kilgan ko’saklar soni
2-3m masofada bittadan oshmasligi kerak.
34
10-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |