MAVZU: Muloqot psixologiyasi .
Reja:
1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar.
2. Muloqot kishilarning o`zaro munosabatga kirishish jarayoni ekani.
3. Muloqot malumot almashinuvi jaryoni.
4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni.
5. Tadbikiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi.
6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash.
Mavzuga oid izohli lug`at
Kommunikativ- muomala subektlarning ozaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini taminlaydi.
Interaktiv- subektlarning ozaro bir-birlarining xulq-atvoriga tasirlarini taminlovchi jarayon.
Perseptiv- subektlarning bir-birilarini togriroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini taminlovchi muloqot tomoni.
Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishga intilish.
Stereotipizatsiya- ongda ornashib qolgan tasavvurlardan foydalanish.
Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida ornashib qolgan qoliplardan notogri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi.
Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan.
Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda otishi tushuniladi.
Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy.
Muomala texnikasi- uning samarasini taminlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va konikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi.
Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qollab quvvatlash mexanizmlari kiradi.
Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan ozaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir.
Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil malumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
Individlarning o`zaro tasir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga tasir ko`rsatish jarayoni.
Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |