Bu jihatdan o`zaro munosabatlarnnng 3 xil darajasini ajratib ko`rsatish mumkin.
Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko`rsatkichlar ham mavjud.
Jamoadagi erkinlik atmosferasi.
Muloqot turli shakllarining mavjudligi.
Umumiy maksadni tushunish va unga erishishga intilish.
Fikr-mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi.
Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo`lishi.
Jamoa azolari o`rtasida vazifalarning to`g`ri taqsimlanishi.
Boshliqning norasmiy o`rtasida vazifalarning to`gri taqsimlanishi.
Xodimlar qo`nimsizligining kamligi.
Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar tasir ko`rsatishi mumkin.
O`quvchi, talabalar jamoasidagi manaviy psixologik iqlimning tashqilotchisi o`qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga tasir etuvchi omillarni yaxshi bilishi zarur. Chunki yaxshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik iqlim mavjud bo`lganda guruh a`zolarining o`zlashtirishi, tartib-intizomni saqlashi ham yaxshi yo`lga qo`yiladi.
Guruh va jamoalardagi shaxslararo muiosabatlarni o`rganishda kuzatish, eksperiment, turli xil suhbat meyorlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlari o`rganishish metodlaridan yana biri - sotsiometriya metodidir.
Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko`rsatkich bo`yicha guruh azolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o`rni haqida xulosa chiqaradi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh azolari o`rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin, sotsiometriya metodni operativ tarzda o`tkazish, uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash mumkin.
Sotsiometriya tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning bazi kamchiliklarining ham ko`rsatib o`tish zarur. Asosiy kamchsilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar tuzilishining sabablarini imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan malumotlar kuzatish, suhbat, psixologo-pedagogik eksperiment natijalari bilan to`ldirilishi lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh jamoa azolari o`zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina, rasmiy ish yuzasidan bo`ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o`rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo`lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash mumkin!
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlar yoki guruh azolarning ishlarini birgalikda bajarishga hohishlari to`grisida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko`rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko`rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilari chuqur va barqaror munosabatlari, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi.
Kuchli va kuchsiz ko`rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo`lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa-natija, yani sherik tanlashdir.
Sotsiometrik tadqiqotdan olingan malumotlar asosiy sotsiogrammalar tuziladi. Agar guruh azolari soni 20 tadan ko`p bo`lsa, sotsiometrik matritsa tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda, zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday qilib, sotsiometriya metodi obektiv va aniq malumotlar, yani shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi malumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |