MAVZU:Ijtimoiy psixologiyaning metodlari
Reja:
1.Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni otkazish sharoitlari va texnikasi.
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqot otkazish bosqichlari.
3. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosiy metodlari:
A) Kuzatish va uning turlari;
B) Hujjatlarni tahlil qilish metodi;
V) Sorov metodlari va ularning turlari;
G) Ijtimoiy psixologik eksperiment va uning mohiyati;
D) Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda test metodi;
E) Proyektiv metodlar.
4. Ijtimoiy psixologik axborotni statistik qayta ishlash metodlari.
Har bir alohida bo`lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o`z metodlari va ularni qo`llash vositalari mavjud. To`g`ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya falarida qo`llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo`llari va mlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud.
Har qanday fanning yutugi malum darajada uning metodik apparati rivoji bilan belgilanadi. Fanning metodik apparati yangi malumotlarni qolga kiritish va uning asosida nazariy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya metodlarini ishlab chiqish doimo tadqiqotchilarning diqqat markazida bolib kelgan.
Ijtimoiy psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot obektini tanlashni, qolga kiritilgai natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
'Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qollash avvalom bor shu tadqiqot maqsadlaridan va organilayotgan obektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda ijtimoiy psixologiya metodlarinint kim tomonidan qollanilishi ham juda muhim hisoblanadi.
3.1- rasm.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish otkazilganda ham bir xil malumotlar toplanishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil natijalarni qolga kiritish.
Asoslilik yoki validlik avvalombor tadqiqotchi qollaydigan vositaning xususiyatlari va bu vositaning aynan tadqiqotchini qiziqtirayotgan, organilayotgan obektning aynan zarur xususiyatlariii aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qollanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni organishga mosligi bilan belgilanadi.
Har qanday ijtimoiy-psixologik tadqiqot obektini organish dasturini tuzishdan boshlanadi.
3.2-rasm.
Tadqiqot taxmini- tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan ilmiy faraz. Bu taxmin otkaziladigan tadqiqot natijasida isbot qilinadi.
Tadqiqot metodi- bu tadqiqotchini qiziqtirgan axborotni qolga kiritish yuli, vositasi.
Tadqiqot metodikasi- bu turli jarayonlar va ularning xususiyatlari togrisidagi zarur axborotni qolga kiritish uchun ishlatiladigan aniq usul va vositalar majmuidir.
Ijtimoiy psixologik- tadqiqot dasturi pilotaj tekshiruv otkazilgandan keyin aniqlashtirib olinadi.
Pelotaj tadqiqot bosh yo`nalishni, asosiy tadqiqot metodlari va uni tashqil qilish tamoyillarini belgilab olishni taminlaydi. U tadqiqot otkazish vaqti joyi, vaziyatini tekshirib korish imkonini beradi. Pilotaj eksperiment davomida tadqiqotchi tomonidan tadqiqot otkaziladigan tekshiriluvchilar soni va xususiyatlari aniqlanadi. Tanlab olingan tekshiriluvchilar -bu barcha individlar ichidan tadqiqot uchun tanlab olingan indnvidlar. Ular qandaydir xususiyatlar bilan birlashtirilgan. Hajmiga qarab, katta va kichik tekshiriluvchilar soni farqlanadi. P- 30 bolsa, kichik hajmli tanlab olingan tekshiruvchilar bolsa, kattasining soni belgilanmagan. Demak, tekshiriluvchilar (general) bosh majmui chiziq bu organilishi lozim bolgan; tanlab olingan tekshiriluvchilar esa real organiladigan individlar. Tanlangan tekshiriluvchilar bosh majmuini adekvat aks etilishi, yani reprezentativ.
3.3-rasm.
Tadqiqotga tayyorlanish va taxminini ilgari surish jarayonida bogliq va bogliq bolmagan ozgaruvchilarni farqlash zarur. Ular ortasidagi munosabatlarni tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Bogli bolmagan ozgaruvchi bu maxsus tarzda tashkil qilingan psixologo-pedagogik vaziyat.
Bolishi mumkin bolgan ozgarishlar yani tadqiqotchi korinish va qayd qilishni moljallayotgan ozgarishlar bogliq bolgan ozgarishlardir.
Ozgaruvchilar ortasidagi aloqalarning tasodifiy ekanligi yoki qonuniyligi matematik usullar yordamida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |