Qadimgi vaqtlardan beri insonlar saraton kassligini davolash usullarini
izlab kelganlar. Turli xildagi o’simliklar va hayvon tabiatli moddalar, oddiy
minerallar va qimmatbaho toshlar, qizigan temir va o’tkir pichoq kabilar qo’llanib
kurilgan, biroq xanuzgacha xavfli o’smalarning barcha turidan to’la xalos bo’lish
onkologiya soxasida ko’pgina yutuqlarga erishilganligiga qaramay, onkologiya
bemorlarning faqatgina 50% ini saklab qolish mumkin bo’lyapti. Buning asosiy
sabablari birinchidan, o’sma jarayonining biologik xususiyatlari (birlamchi
o’chokda o’sma hujayralarining to’xtovsiz o’sishi, millionlab limfa va kon
aylanish sistemasi bo’ylab barcha a’zolarga tezda tarqalishi va xar bir o’sma
hujayrasining avtonom xayot kechirishi, shuningdek yangi o’sma tugunini hosil
19
kilishi) bo’lsa, ikkinchidan o’smaning yashirin davrida, ya’ni undagi hujayralar
mikdori xali 1 mlrd (1g) dan kam bo’lganida aniqlovchi ishonchli vositalarning
yetarli emasligidir. Shu sababli onkolog-shifokorning klinika amaliyotida,
mahalliy tarqalgan yoki umumiy tarkalgan kasallik bilan ish olib borishiga to’g’ri
keladi. Saraton kasalligini davolash tarixini taxdil qilish shuni ko’rsatadiki,
avvalo hamma yerda o’smaga qarshi kuhash maxalliy ta’sir etadigan usullardan
boshlangan, keyinchalik unga umumiy ta’sir etish yo’llari topilgan. Aniq davolash
usullari ro’yxatiga quyidagilar kiradi:
O’sma kasalligi bilan kurashish murakkab va qiyin jarayondir. Yuqorida
ta’kidlanganidek ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning turli tumanligi eng asosiy
omil bo’lib xisoblanadi. Bunda o’smalarni daslabki bosqichlardanoq aniqlash,
tekshirish va kerak bo’lsa davolash tadbirlari kiradi. Xizmat itlari saqlanadigan
pitomniklar
sharoitida
o’smalarga qarshi kurashishning asosi itlarni
despanserizasiya ko’rigidan o’tkazish bo’lib, unda o’sma bilan kasallanagan itlar
mavjudligini aniqlashga, ularning aniq va erta diagnostikasiga, blastomoz
jarayonining metastazlashganligi, hayvonning umumiy xolati va kasal hayvonlarni
davolashda uning xo’jalik uchun qimmatligi aniqlanadi.
Hozirgi paytgacha o’smalarni polietiologik kelib chiqishi to’g’risida to’liq
bilimga ega bo’lmaslikda uning rivojlanish mexanizmi murakkabligi va erta
aniqlash qiyinligi yotadi. Hozirgi zamonaviy klinik tekshirishlar va hayvonlarda
o’tkazilgan tajribalardan foydalanish rak tabiatini aniqlashga yordam beradi.
O’smalarni davolashning zamonaviy tamoyillari har xil: ular jarroxlik
usullari, nurlantirish va dori vositalar ko’llashga asoslangan. Oxirgi yillarda klinik
immunoterapiya usuli ishlab chiqilgan bo’lib onkologiya amaliyotida keng
Do'stlaringiz bilan baham: