O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xojaligi toshkent irrigatsiya va qishloq xoja’ligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti



Download 3,7 Mb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi3,7 Mb.
#682217
  1   2   3
Bog'liq
muzeylar otmish va kelajak orasidagi


MUZEYLAR- O’TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO’PRIK. O’ZBEKISTONDAGI MUZEYLAR. SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING QO’LLANISHI.
REJA.
  • O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik.
  • O’zbekistondagi muzeyar.
  • Sohaviy terminlar.

Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, mamlakatimizda mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11- iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari
o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.
Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Muzey- qo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud.
Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi
davlat muzeylaridir.
“Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda uchta yirik — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi.
Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzeylari fondida xalq tarixi bilan bog‘liq 2,4 milliondan ziyod nodir eskponatlar saqlanmoqda.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish