Yer turlarini joylashtirish.
Yer turlarini joylashtirishda ko’zda tutilgan
asosiy maqsad massiv yerlaridan to’la va samarali foydalanishni ta’minlash,
tabiatni va yerni muhofaza qilish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Yerlarni joylashtirishda hududning iqlimi, relyefi, tuproq va geografik
sharoiti, massiv markazlari va ishlab chiqarish bo’linmalarining joylashuvini
hisobga olish kerak. Transport harajatlarini kamaytirish maqsadida ko’p yuk hosil
bo’ladigan yer turlarini massiv markazlariga yaqin joylashtirish kerak.
Yer turlarini joylashtirish daraxtzorlarni joylashtirishdan boshlanadi. Bunda
birinchi navbatda bog’lar va uzumzorlar joylashtiriladi.
Mevali daraxtlar va uzumlarning yaxshi rivojlanishi ko’p jihatdan ularga yer
maydonlarini to’g’ri ajratishga, nav va turlarni to’g’ri tanlashga va ularni
joylashtirishga, ko’chatlar sifatiga, ularni to’g’ri o’tkazishga va keyingi
parvarishga bog’liq. Ko’chatlarni o’tkazishda yo’l qo’yilgan xatolarni keyinchalik
tuzatish juda qiyin, ayrim hollarda esa umuman mumkin emas. Shuning uchun ham
bu masalani yechishga jiddiy yondoshmoq kerak.
Mevali daraxtlar tuproqqa, relyefga va mahalliy iqlimga juda talabgor.
Shuning uchun ham ularga sho’rlanmagan tuproqli, relyefi baland, sizot suvlari
past va suv bilan yaxshi ta’minlangan yer maydonlarini ajratish kerak
Bog’lar va uzumzorlar uchun qiyaliklar va balandliklar ko’proq, pastliklar va
45
tevaragi o’ralgan vodiylar kamroq to’g’ri keladi. Bunday pastliklarda qish va
bahorda sovuq havo to’planib qoladi va daraxtlarga zarar keltiradi. Qiyaliklarning
ham shimoliy va g’arbiy tomonlari mevali daraxtlar uchun yaxshiroq, janubiy va
sharqiy tomonlari esa noqulayroq hisoblanadi. Sharqiy qiyaliklarda joylashgan
bog’lar sharq tomondan esadigan kuchli quruq shamol ta’siridan zararlanadi. Bu
shamol yerni tezda quritib yuboradi, daraxtlarning gullash paytida changlanishini
qiyinlashtiradi, yozda mevalari to’kiladi va shoxlari sinadi. Janubiy qiyaliklarda
bahorda yer tez qizib, daraxtlar erta uyg’onadi va bahorda tez-tez bo’lib turadigan
sovuqlar ularni urib ketadi.
Bog’lar uchun ajratilgan yerlarda sizot suvlari yer yuzasiga yaqin bo’lsa,
daraxtlar ildizlari yer osti suvlariga yetgach ular quriy boshlaydi. Natijada
daraxtning o’sishi susayadi va qurib qoladi. Shu sababli bog’lar uchun yer osti
suvlari yer sathidan 1,5-2,0 m past joylashgan maydonlar ajratiladi.
Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklarda yangi bog’larni iloji
boricha mavjud eski bog’lar yoniga joylashtirishga harakat qilmoq kerak. Bundan
ko’zlanadigan maqsad bog’lar va uzumzorlar maydonlarini kengaytirib, ularni
mexanizatsiyadan samarali foydalanishga moslashdir.
Transport harajatlarini kamaytirish maqsadida bog’ va uzumzorlarni
qishloqlarning yoniga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Ular qishloqlarni
xushmanzara qilib, havosini tozalab, iqlimini yumshatib turadi.
Tutzorlarga ham bog’larga ajratilganidek relyefi baland, yer osti suvlari yer
sathidan ancha past joylashgan, suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlar ajratiladi.
Ipak qurtlari massivning barcha qishloqlarida boqilganligi sababli tutzorlarni
iloji boricha har bir qishloq yaqiniga joylashtirish kerak. Mavjud mayda tutzorlar
dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarni tuzishga halaqit bersa, uni buzish yoki
asosiy tutzorlar yoniga ko’chirib o’tqaziladi.
Sun’iy o’rmonlar, terakzorlar iloji boricha qishloqlar yoniga joylashtirish
kerak. Ular qishloqlarni xushmanzara qilib, xavosini tozalash, iqlimini yumshatib
turish bilan bir qatorda, aholi uchun hordiq chiqariladigan joy vazifasini xam
bajarishi
mumkin.
Terakzorlar
yerdan
foydalanishning
samaradorligini
46
oshirishmaqsadida massivda foydalanilmay yotgan yoki foydalanish qulay bo’lgan
yerlarda barpo qilinishi mumkin.
Almashlab ekish maydonlari sonini aniqlash uchun talaba massiv yerlaridagi
tuproq turlari chegaralarini, yerlarning bo’laklarga bo’linishiga va ularning
sug’oriladigan, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish talablarini va almashlab
ekish maydonlarining ilmiy muassasalar tomonidan tavsiya etilgan optimal
o’lchamlarini o’rganib chiqadi va loyiha yechimlarini ishlab chiqadi.
Almashlab ekish maydoni hududini tashkil qilishning vazifasi har bir yer
bo’lagi unumdorligidan to’la foydalanishga, barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan
yuqori hosil olishga, tuproq unumdorligini doimiy ravishda oshirib borishga, fan,
texnika yutuqlarini va ilg’or agrotexnika usullarini har bir yer bo’lagi
xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbiq qilishga hududiy sharoit yaratib
berishdan iborat. Shu bilan bir qatorda yaratilgan hududiy sharoit sug’orishni
to’g’ri tashkil qilishni va qishloq xo’jalik texnikasidan unumli foydalanishni
ta’minlashi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishga imkon yaratishi, sug’orish
tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish yo’li bilan suv sarfini
kamaytirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |