Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningqaror I



Download 81,95 Kb.
bet5/5
Sana10.07.2021
Hajmi81,95 Kb.
#114994
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahalla va oilani qoʻllab4

2020-yil 1-iyulga qadar – Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini hamda zarur aloqa, jumladan, Vazirlikni hukumat aloqasi bilan taʼminlasin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar “Mahalla” elektron maʼlumotlar bazasini yana-da takomillashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash va oʻzaro maʼlumot almashinuvini joriy etish choralarini koʻrsin.

15. Vazirlik boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda – 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarida – 1,5 baravarga, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida – 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanilishi belgilansin.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

16. Vazirlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Vazirlikning xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar Vazirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin;

2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.

18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri – ushbu qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin, chora-tadbirlar ijrosi boʻyicha yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin hamda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning amalga oshirilishi jarayoni haqida batafsil maʼlumot taqdim etsin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari – har bir mahallada davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida komplekslar qurilishini, investorlar tanlab olinishini, investorlar boʻlmagan taqdirda, komplekslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qurilishini taʼminlasin;

masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K.Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D.Xadjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori – ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini muntazam yoritib borsin.

20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 18-fevral
Download 81,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish