5-mavzu. Moliyaviy siyosat
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashgaqaratilganligi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari). Byudjet siyosati, soliq siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, ijtimoiy-moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |