O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



Download 122,52 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi122,52 Kb.
#200176
  1   2
Bog'liq
PQ-3105 30.06.2017




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Jamoatchilik kengashi O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.

2. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;

demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “o‘zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish;

ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;

fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;

O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

4. Belgilansinki:

a) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:

Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqishni tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash chora-tadbirlari tizimini tayyorlash va amalga oshirish, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, shuningdek, Jamoatchilik kengashiga yuklangan boshqa vazifalarni bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish;



(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish;

har yili ushbu sohada tadqiqotlar va ta’lim berish darajasini oshirishga, zamonaviy O‘zbekiston, uning tarixiy o‘tmishi to‘g‘risidagi ishonchli axborotni xalqaro jamoatchilikka yetkazishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya va seminarlari ro‘yxatini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

b) Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor boshqaradigan davlat muassasasi hisoblanadi;

v) Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

g) Markaz o‘z faoliyati doirasida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlik qiladi;

d) Markaz muassislar hisobidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari” jurnalini nashr etadi.

5. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tuzilmasi, shtat jadvali va xodimlar mehnatiga haq to‘lash razryadlari 3 — 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz ustavini tasdiqlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni belgilangan tartibda zarur aloqa turlari va vositalari, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan, shuningdek, keng ko‘lamli umumjahon Internet axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

mazkur qarordan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida “Ilm-fan” sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar doirasida Markazga, uning ta’minoti bilan bog‘liq va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin;

bitta alohida yengil avtomobil vositasi ta’minotiga limit ajratsin.

9. “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari Markazning so‘roviga muvofiq, arxiv, axborot-tahlil va unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallarni bepul asosda taqdim etsin.

10. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirish va to‘ldirib borish uchun Markaz quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik ma’lumotlari;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi byulletenlari va kundalik ma’lumotlari to‘plami.



(10-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)

11. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi:

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari” jurnalini “O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari” nomi bilan belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin;

Markazni bosma va kitob mahsulotlari (tarixiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari” jurnali muassislari etib belgilansin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1694-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 30-iyun,

PQ-3105-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi

TARKIBI

1.

X.M. Sultonov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri, Kengashi raisi

2.

B.A. Abduhalimov



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

A.X.Saidov



O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy markazi direktori

4.

M.A Raximov



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bo‘linma rahbari — ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy kotibi

5.

A.A. Mavrulov



Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari

6.

Sh.M. Raxmatullayev



O‘zbekiston Tarixchilar jamiyati raisi o‘rinbosari

7.

S.R. Davletov



Urganch davlat universiteti prorektori

8.

Sh.Y. Mahmudov



Farg‘ona politexnika instituti prorektori

9.

R.M. Abdullayev



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

10.

A.V. Mahkamov



Toshkent shahar arxiv ishlari bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘i

11.

M.A. Karlibayev



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari

12.

Y.A. Abdullayeva



Nukus davlat pedagogika instituti tarix fakulteti dekani

13.

M.M. Haydarov



O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti dekani

14.

D.A. Alimova



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining istoriyagrafiya, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi hamda ularni o‘quv jarayonida realizatsiya qilish bo‘limi mudiri

15.

E.V. Rtveladze



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi san’atshunoslik institutining san’at tarixi bo‘limi mudiri

16.

S.N. Tursunov



Termiz davlat universiteti professori

17.

X.E. Yunusova



O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri

18.

X.X. To‘rayev



Buxoro davlat universiteti kafedrasi professori

19.

I.M. Saidov



Samarqand davlat universiteti professori

20.

N.U. Musayev



Toshkent davlat agrar universiteti professori

21.

S.S. Agzamxodjayev



Toshkent islom universiteti professori

22.

R.F. Farmonov



Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori

23.

A.S. Sa’dullayev



O‘zbekiston Milliy universiteti professori

24.

Z.R. Ishanxodjayeva



O‘zbekiston Milliy universiteti professori

25.

O.P. Kobzeva



O‘zbekiston Milliy universiteti professori

26.

I.Ergashev



O‘zbekiston Milliy universiteti professori

27.

K.K. Rajabov



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi

28.

O.K. Komilov



Andijon davlat universiteti dotsenti

29.

R.R. Nazarov



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining katta ilmiy xodimi

30.

S.M. Odilxodjayeva



Toshkent davlat yuridik universiteti professori

31.

J.N. Abduraxmanova



O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 2-akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi

32.

Z.A. Saidboboyev



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-uslubiy markaz direktori, Kengash kotibi

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganida uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatining asosiy vazifalari, funksiyalari va uni tashkil etish tartibini belgilab beradi.

2. Kengash O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar sifatini, ushbu sohadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish, maslahat organi hisoblanadi.

3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari

4. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;

demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “o‘zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish;

ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;

fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;

O‘zbekistonning tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

5. Kengash o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantiradi va rivojlantiradi;

O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishish tarixiy asoslarini o‘rganishni tashkillashtiradi;

umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda o‘rganadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha faktlarga asoslangan keng ko‘lamdagi axborotni muntazam yig‘ish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar monitoringini olib boradi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha yangi o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va o‘quv- metodik qo‘llanmalarining ilmiy-metodologik ekspertizasini o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish hamda unga oid darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, yetakchi tarixchi-mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlarni yozish tanlovlari reglamentini yaratish va ularni muntazam e’lon qilib turish ishlarini amalga oshiradi;

bakalavriyatning “Tarix” va magistraturaning tegishli mutaxassisliklari yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda qatnashadi;

tarix darslarini, shu jumladan zamonaviy va ilg‘or multimedia, masofaviy va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitish sohasida ilg‘or milliy va jahon tajribasi yutuqlarini oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixi va demokratik islohotlari to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan butunjahon Internet axborot tarmog‘ida keng tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi;

eng yangi tarix materiallaridan (yoshlar anjumanlari, eng yangi tarixni bilish tanlovlari va hokazolardan) foydalangan holda yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro, respublika ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlarni amaliy jihatdan tayyorlash va o‘tkazishni muvofiqlashtiradi.

3-bob. Kengashning huquqlari

6. Kengash o‘z zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo‘jalik boshqaruv organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan zarur axborot va materiallarni belgilangan tartibda olish;

O‘zbekiston eng yangi tarixining g‘oyat muhim yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, vazirliklar va idoralar, ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari hamda yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhlarini tuzish;

eng yangi tarixni o‘rganishga ixtisoslashayotgan yetakchi xorijiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan byulletenlar chop etish.

4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish

7. Kengash rais, rais o‘rinbosaridan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz (keyingi o‘rinlarda — Markaz) direktoridan hamda Kengash a’zolaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.

8. Kengashga uning raisi rahbarlik qiladi.

Quyidagilar raisning vakolatiga kiradi:

Kengash majlislarining kun tartibi va uni chaqirish muddatini belgilash;

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

Kengash zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Kengash a’zolarining ishini muvofiqlashtirish;

Kengash faoliyatini nazorat qilib, unga rahbarlikni amalga oshirish;

Kengashning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish.

9. Kengash faoliyati qarorlarni qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.

10. Kengash o‘z faoliyatini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va o‘z majlislarini zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida ikki marta o‘tkazadi.

Kengash a’zosining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi mumkin. Kengashning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi asosli talab yozma ravishda Markazga yuboriladi.

11. Kengash majlisiga uning raisi rahbarlik qiladi, u bo‘lmaganida esa rais o‘rinbosari olib boradi. Kengash majlisida uning a’zolaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda u huquqiy vakolatga ega hisoblanadi.

12. Ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xarakteriga qarab Kengash majlislariga ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.

13. Kengash o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Kengash a’zolaridan iborat ishchi va ekspert guruhlarini shakllantirish, shuningdek, ekspertlarni, amaliyotchi mutaxassislar va boshqa shaxslarni jalb etishga haqlidir. Faoliyat yo‘nalishlari hamda ishchi va ekspert guruhlarining tarkibi Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

Kengash tomonidan tashkil etiladigan ishchi va ekspert guruhlari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

5-bob. Kengashning ishchi organi

14. Markaz Kengash ichki organining funksiyalarini bajaradi. Markaz davlat muassasasi bo‘lib, bank hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga egadir.

Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining idoraviy muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Markaz xodimlariga tatbiq etiladi.

15. Markaz o‘z faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlanadigan Ustav asosida amalga oshiradi.

16. Markaz Kengashning ishchi organi sifatida zimmasiga yuklangan funksiyalarga muvofiq quyidagi vazifalarni bajaradi:

Kengash faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minoti masalalarini hal etadi;

Kengashning navbatdagi davrga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, uning ijrosini nazorat qiladi, tasdiqlangan rejaga muvofiq Kengashning joriy ishlarini tashkil etadi;

Kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, uning o‘tkazilishini tashkillashtiradi;

ilmiy, ilmiy metodologik hamda boshqa materiallarni tayyorlaydi;

Kengashning ko‘rib chiqishi uchun axborot, tahliliy hamda Kengash qaroriga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi;

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan nazorat va monitoringni ta’minlaydi;

“O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid dolzarb masalalar” jurnalini chop etadi;

kelib tushayotgan yozishmalarni ko‘rib chiqadi va Kengash vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

Kengash qarorlari hisobini yuritadi va ularni saqlaydi.

6-bob. Kengash majlisiga materiallar tayyorlash tartibi

17. Markaz Kengash majlisida ko‘rib chiqish uchun Kengash a’zolari tomonidan taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtiradi, majlisning kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.

18. Kengash majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar to‘plami qaror qabul qilish uchun zarur materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar va hokazolar) hamda Kengash qarori loyihasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

19. Markaz direktori taqdim etilgan materiallarni Kengash raisiga ma’lum qiladi, rais kun tartibini va taqdim etilgan materiallarni maqullagan taqdirda, majlisni o‘tkazish vaqti va sanasini, shuningdek, zarurat bo‘lganda, taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.

20. Markaz direktori Kengash majlisi o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin Kengash a’zolariga, shuningdek, majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga majlis materiallari va bayonnoma loyihasi tarqatilishni ta’minlaydi.

Kun tartibi o‘zgartirilgan taqdirda Markaz direktori Kengash a’zolarini va majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin bu haqda xabardor qiladi.

7-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish

21. Kengash qarorlari uning majlisida Kengash a’zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. Ovozlar teng bo‘lib qolganida Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining alohida fikrini yozma ravishda izhor etishga haqlidir.

22. Kengash raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida Kengash a’zolari bilan so‘rov orqali kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Kengashning qarorlarini tasdiqlashi mumkin.

23. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Markazda saqlanadi.

24. Markaz Kengash qarorlari bajarilishining nazorati va monitoringini yuritadi hamda, zarur hollarda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.

25. Kengash o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar tavsiyanoma tusida bo‘lib, amalga oshirish uchun ilmiy va ta’lim muassasalariga yuboriladi.

26. Markaz Kengash qarorlarini bajarish natijalari to‘g‘risida har oy Kengashga va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidentiga tegishli tahliliy ma’lumotnomani zarur materiallar ilova qilingan holda taqdim etadi.

27. Kengash o‘z majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosi holatini muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.

8-bob. Yakunlovchi qoida

28. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qaroriga


3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz

TUZILMASI



Jami: 15 nafar, shu jumladan 1 nafar yordamchi xodim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning

LAVOZIMLAR JADVALI


Download 122,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish