O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017 yil 1 noyabr
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada
mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
Sh A R H
Mamlakatimiz rahbarining akademiklar va ilm-fan ziyolilari bilan 2016-yilning dekabrida o‘tkazgan uchrashuvi, shuningdek, 2017-yil 17-fevralda «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2789-sonli qarorining qabul qilinishi respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirishda keng ko‘lamdagi tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan 35 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 ta farmoni va 8 ta qarori qabul qilindi. Fanlar akademiyasi tarkibidagi 9 ta ilmiy-tadqiqot instituti qayta tiklandi, qator ilmiy muassasalar qayta tuzildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi, Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ning saylovi bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy laboratoriya va kafedralari, ilmiy kengashlari, vazirlik va idoralar, turli darajadagi ekspert va ilmiy-texnika kengashlaridan iborat ko‘p tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat olib bormoqda.
Bu ishlarning barchasi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, sir emaski, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-texnik salohiyati, kadrlar bilan ta’minlanganligi, moddiy-texnika, laboratoriya va tajriba bazasining hozirgi holati mamlakatimizning yuqori sur’atlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga javob bermaydi. Vatanimiz ilm-fani raqobatbardoshligini oshirish va uni dunyoning eng rivojlangan davlatlari ilm-fani darajasiga mosligini ta’minlash masalalari keskinligini saqlab qolmoqda. Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida hal qilinishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
Ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni hal qilish, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika va laboratoriya-tajriba bazasini mustahkamlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: |