MUASSASASINI BOShQARISh VA UNING
FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
25. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo`yiladigan malaka talablariga muvofiq bo`lishi kerak.
26. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Maktabgacha ta’limga qo`yiladigan davlat talablari va o`qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi amalga oshiradi.
28. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish, ularning faoliyatini to`xtatib turish va to`xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASASINING MOL-MULKI
VA PUL MABLAG`LARI
29. Muassis yoki u vakolat bergan organ maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birkitadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga birkitilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruv huquqida bo`ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o`ziga birkitilgan mol-mulkni va o`ziga ajratilgan mablag`lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf еtadi.
30. Maktabgacha ta’lim muassasasi o`z majburiyatlari bo`yicha o`z tasarrufidagi pul mablag`lari bilan javob beradi.
31. Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
32. Quyidagilar maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
muassisning mablag`lari;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy еhsonlari hamda maqsadli badallari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
33. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik ta’minlash muassislar tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun O`zbekiston Respublikasida amal qiladigan normalardan past bo`lmagan miqdorlarda amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi shartnoma asosida boshqa ta’lim muassasalariga pulli xizmatlar ko`rsatishi, xonalarni va tegishli asbob-uskunalarni ijaraga berishi mumkin.
35. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berilganligi uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning to`lovi miqdori shartnomada belgilanadi va O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to`lanadi.
VIII. NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM
Do'stlaringiz bilan baham: |