O`zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha
ta’lim muassasasi to`g`risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Maktabgacha ta’limga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq aholiga ta’lim xizmatlari ko`rsatish nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining (keyingi o`rinlarda "nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi" deb yuritiladi) asosiy faoliyati hisoblanadi.
2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
4. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
II. NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASASINI TASHKIL ETISh TARTIBI
5. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassasa sifatidagi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil еtiladi va qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, nodavlat mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo`lishlari mumkin.
6. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga еga bo`ladi, mustaqil moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi, dumaloq muhrga, burchakli shtampga va o`z logotipi yozilgan blankaga еga bo`ladi.
7. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga еga bo`ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
III. NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM
Do'stlaringiz bilan baham: |