O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Dilorom Fayziyeva, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati



Download 1,03 Mb.
bet2/9
Sana27.02.2020
Hajmi1,03 Mb.
#41057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Prizident farmonlari


Dilorom Fayziyeva, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:

– O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqishda aholining keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari faol ishtirok etdi. Jonli muloqot, suhbat va muhokamalarda amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma`ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o'rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Bularning bari mazkur Harakatlar strategiyasi – xalqimizning ezgu orzu-maqsadlarini o'zida mujassam etgan qomusiy hujjat, deyish uchun asos bo'ladi. 

Harakatlar strategiyasining birinchi yo'nalishi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu maqsadda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada kengaytirish ko'zda tutilgan. Bu qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog'liq. 

Joriy yilda “Parlament nazorati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Bu bilan mamlakatimizda parlament nazoratining yangi shakli joriy etiladi. Endi parlament a`zolariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o'rganib, tahlil qilish, uning natijalari bo'yicha tegishli choralar ko'rish vakolatini berish nazarda tutilmoqda. Yoki joriy yilda “Siyosiy partiyalar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu bilan partiya guruhlari mahalliy Kengash sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko'rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish huquqiga ega bo'ladi. Tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan maslahatlashuvlar o'tkazilgandan so'ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish mexanizmi yo'lga qo'yiladi. Mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishli tuman (shahar) hokimlarining, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalar taqdim etish huquqi beriladi. 

Bularning barchasi siyosiy partiyalarning aholini o'ylantirayotgan muammolarni samarali yechishi, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi, mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan takomillashtirishda yangi bosqichni boshlab beradi. 

Rustam Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi: 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta`minlash yo'lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag'ishladi. 

Bunda mamlakatimiz parlamentining ish uslublari davr talabi, xalqimiz xohish-irodasi asosida, kelajakdagi yuksak marralarni ko'zlab zamonaviy andozalar asosida yo'lga qo'yilayotgani muhim ahamiyatga ega. Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, bu yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotibi lavozimi ta`sis etilishi har bir partiya o'z siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilishini kuchaytiradi. Natijada ko'rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqish, fraksiya a`zolari faoliyatini muvofiqlashtirish yanada samarali tashkil qilinadi. 

Joriy yilda Oliy Majlis palatalarida axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy bo'linmalarning tuzilishi qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi. 

Mazkur hujjatning beshinchi ustuvor yo'nalishi mamlakatimizda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta`minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni ta`minlashga qaratilgan. Bunda O'zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini ta`minlash, bu boradagi tahdidlarga qarshi o'z vaqtida, munosib harakatlarni tashkil etish, fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni yanada mustahkamlash, davlatimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish, ekologik muammolar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, O'zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish kabi qator ustuvor yo'nalishlar belgilangan. 

Eng muhim masalalardan biri – bugungi murakkab globallashuv va «axborot urushi» asrida mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta`minlash. Chunki hozirgi kunda butun dunyoda kiberxurujlar tobora globallashib bormoqda. Harakatlar strategiyasiga ko'ra, mamlakatimizda bunday kiberxurujlarning oldini olish, bu yo'nalishda yetarlicha xavfsizlikni ta`minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi mamlakatimizda tinchlik-totuvlik va barqarorlikni mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta`minlashga asos bo'lishi va xizmat qilishi bilan juda katta ahamiyatga ega. 



Dilshod Abduazizov, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boshqarma boshlig'i: 

– Bugun jahon bozori kon`yunkturasi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etayotir. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirishda eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Bunda asosiy maqsad – mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur`atlarini saqlab qolish, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga erishishdan iborat. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish yo'lidagi islohotlar xalqimiz farovonligi yanada yuksalishiga, bu tarmoqdagi mahsulotlar eksporti oshishiga ijobiy ta`sir ko'rsatadi. 

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar izchil va tizimli davom ettiriladi. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish borasida keng qamrovli islohotlar aniq mexanizmlar bilan qat`iy amalga oshiriladi. 

Bugun davlatimiz va xalqimizni o'ylantirayotgan eng muhim masalalardan biri – milliy valyutamiz va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta`minlash. Bu borada, Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, endi har chorakda Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Markaziy bankning makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug'ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur`atlarini ta`minlashga yo'naltirilgan tahliliy ma`lumotlari tayyorlab boriladi. 

Inflyatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) o'zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish ham ko'zda tutilmoqda. Naqd pulsiz ko'rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun`iy yuqori narxlar o'rnatganlik uchun javobgarlikning oshirilishi ichki bozorda narx shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish imkonini beradi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish, keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish rejalashtirilgan. 



Yesemurat Kanyazov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori: 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 30 dekabrda mamlakatimiz ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta`lim tizimini tubdan isloh qilish kerakligini ta`kidladi. Mamlakatimizni kelgusi besh yilda yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida oliy ta`lim sohasini taraqqiy ettirish borasida ham kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Aslida islohotlar hayotda to'la samara berishi, avvalo, zamonaviy bilim, kuchli intellekt va yuksak ma`naviyatga ega kadrlarga bog'liq. 

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturining ishlab chiqilishi mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda akademik sohada, o'quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, o'quv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar ko'rsatish va moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini izlashda oliy o'quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Natijada bosqichma-bosqich ularning mustaqilligi ta`minlanadi. Yana bir masala – oliy ma`lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish. Bugun dunyoning rivojlangan davlatlari kadrlar tanlashda 1999 yil 19 iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga tayanmoqda. Shu bois mamlakatimizning mazkur xalqaro hujjatga qo'shilish masalasi ko'rib chiqiladi. Bu bilan milliy oliy ta`lim tizimi jahon amaliyoti bilan uyg'un rivojlanadi, kadrlar tayyorlash sifati keskin oshadi. 

Harakatlar strategiyasida yuridik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish ham ko'zda tutilgan. Bunda universitetimizning o'quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha vakolatlarini kengaytirish, universitetning jamoatchilik boshqaruv organi – Homiylik kengashini tuzish rejalashtirilmoqda. Xalqaro sud va arbitrajlarda ishtirok eta oladigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qila oladigan yuridik kadrlar tayyorlash, bu sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar, xalqaro ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, maslahat markazlari, olim va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni maqsad qilganmiz. 

Harakatlar strategiyasi bilan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta`minlash yo'lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo'llari va usullari belgilab olindi. Xalqimiz shu yagona maqsad yo'lida yanada qat`iy ishonch va katta g'ayrat-shijoat bilan mehnat qiladi. 

O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.



2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi (quyida — yanada batafsil)

  • davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari
    hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

  • iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

  • ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

  • xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi.

Hujjatda harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi belgilangan.

Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.

Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.



2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

  • davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

  • qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish;

  • siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

  • davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;

  • mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

  • “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

  • xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;

  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

  • mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

  • ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

  • sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

  • sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;

  • sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;

  • “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;

  • sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;

  • sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:

  • fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;

  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;

  • fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

  • fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;

  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:

  • jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;

  • odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;

  • jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;

  • elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

  • diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

  • aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish;

  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o‘qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‘yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish