O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni



Download 18,8 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi18,8 Kb.
#11879
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA IQLIMI VA ISHBILARMONLIK MUHITINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 15-son, 163-modda)

 
 


Qayd etib o‘tilsinki, so‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda «bir darcha» tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda etarli darajada amaliyotga joriy etilmayapti.

Ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, maksimal darajada qulay investitsiya iqlimini yaratish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, yangi ish joylarini barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirish maqsadida:

1. 2014-2015 yillarda Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar Dasturi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

chora-tadbirlar Dasturiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin, shu jumladan ularni amalda joriy etishning natijadorligi to‘g‘risida tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida muntazam so‘rovlar o‘tkazish yo‘li orqali nazoratni ta’minlasin;

ikki hafta muddatda litsenziya va ruxsatnoma xarakteriga ega hujjatlarni olish tartibotlaridan o‘tish tartibini tubdan qisqartirish, soddalashtirish va arzonlashtirish bo‘yicha aniq takliflarni kiritsin.

3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, aktsiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi axborotlarni joylashtirsinlar va keyinchalik ularni doimiy ravishda yangilab borsinlar, bunda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratilsin:

ular tomonidan qabul qilingan idoraviy me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarni majburiy ravishda joylashtirib borish (tarqatilishi chegaralangan hujjatlar va tijorat siri bayon etilgan hujjatlar bundan mustasno);

tadbirkorlik sub’ektlariga ruxsatnoma xarakteriga ega hujjatlarni, litsenziyalar, sertifikatlar va boshqalarni rasmiylashtirish va berishning tartibi va muddatlari;

tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishning muddatlari va narxi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, aktsiyadorlik kompaniyalari, uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari zimmasiga belgilangan talablarga muvofiq, ularning rasmiy veb- saytlarida joylashtiriladigan axborotning to‘liqligi va haqqoniyligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, aktsiyadorlik kompaniyalari, uyushmalari va mahalliy hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarini yuritishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalari bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

2014 yilning 1 iyunidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida chop etilmagan ularning tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlari talablarini buzish holatlari uchun tadbirkorlik sub’ektlariga javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanadi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’ektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ular rasman chop etilgan fursatdan boshlab, uch oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritiladi.

5. Soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laydigan, shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlarini va rentabelligini ta’minlovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini soliq tekshiruvidan o‘tkazishga qo‘llanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatgacha uzaytirilsin (yuridik shaxslarni tugatishdagi, qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq rejadan tashqari tekshiruvlar bundan mustasno).

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, xo‘jalik boshqaruvi organlarining 2014 yilning 1 iyulidan boshlab sanoatning ko‘p mehnat talab qiladigan ayrim tarmoqlari bo‘yicha kichik korxonalar ishchilarining cheklangan o‘rtacha yillik sonini oshirish to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qo‘shimcha takliflarni kiritgan holda iqtisodiyotning ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarda qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda banklar xizmatlari uchun to‘lovlar undirish amaliyotini bekor qilsinlar.

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq, moliyaviy hisobotlarni taqdim etmaslik va ularni ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi holatlarida ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish davlat soliq xizmati organlari tomonidan faqat sudning tegishli qarori asosida amalga oshiriladi;

2014 yilning ikkinchi choragi uchun soliq solishdan boshlab, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari (chakana savdo tashkilotlaridan tashqari) qurilishi yakunlangan ob’ektni qabul qilish hujjati tasdiqlanganidan keyin 6 oy davomida, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda, yagona soliq to‘lovi va yagona ijtimoiy to‘lovni, ushbu to‘lovlarning tasdiqlangan eng kam miqdorlarini hisobga olmagan holda, amalda bajarilgan ish hajmlaridan kelib chiqib to‘laydilar.

2015 yilning 1 yanvaridan boshlab, kichik tadbirkorlik sub’ektlari statistika hisobotlarini yilda bir marotaba taqdim etadilar, bunda statistika organlari har chorakda faoliyatning tegishli yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha tanlanma asosdagi o‘rganishlarni o‘tkazib boradilar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. KARIMOV

 

Toshkent sh.,



2014 yil 7 aprel,PF-4609-son
 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga 2-ilova


2014 YILNING 1 IYULIDAN BOSHLAB KICHIK KORXONALARDA XODIMLARNING CHEKLANGAN SONI YILIGA O‘RTA HISOBDA AMALDAGIDAN IKKI BARAVARGA OSHIRILADIGAN TARMOQLAR RO‘YHATI
 

T/r

Tarmoqlar nomi

Kichik korxonalardagi xodimlarning o‘rtachayillik cheklangan soni (nafar)

1.

Qurilish materiallari sanoati

200

2.

Engil sanoat

200

3.

Oziq-ovqat sanoati

200

 

 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga 3-ilova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM FARMON VA QARORLARIGA KIRITILADIGAN O‘ZGARTISHLAR
 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 1996 yil 31 maydagi PF-1467-sonli Farmonida:

a) 2-bandidagi «ilovaga muvofiq» so‘zlari chiqarib tashlansin;

b) ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-sonli Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1. Belgilab qo‘yilsinki, 2014 yilning 1 iyulidan quyidagilar kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga kiritiladi:

yakka tadbirkorlar;

ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda yigirma nafardan, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — o‘n nafardan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida — besh nafardan oshmaydigan ishchi xodimlarga ega bo‘lgan mikrofirmalar;

quyidagi sohalarda yiliga o‘rta hisobda ish bilan band bo‘lgan:

engil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida — ikki yuz nafardan;

metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel sanoatida — yuz nafardan;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab chiqarish — sanoat sohasida — ellik nafardan;

ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — yigirma besh nafardan oshmaydigan xodimga ega bo‘lgan kichik korxonalar».

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi PQ–1236-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ishlab chiqarish quvvatlari doirasida Maxsus Idoralararo komissiya va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilmagan holda loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi».

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011 yil 4 apreldagi PF–4296-sonli Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshidagi «2014 yilning 1 apreligacha» so‘zlari «2017 yilning 1 yanvarigacha» so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «1999 yilda xorijiy investorlar ishtirokida kapital qurilishni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida» 1998 yil 31 dekabrdagi 548-sonli qarorida:

a) 1-bandidagi «(1-ilova)» so‘zlari chiqarib tashlansin;

b) 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi 195-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., №5, 25-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi «tijorat banklarining bo‘linmalari va o‘z tarkibida bo‘linmalari bo‘lmagan tijorat banklari uchun, shuningdek xususiy banklar uchun — 10 ish kuni, banklarning viloyat bo‘linmalari uchun — 15 ish kuni va bosh (respublika) banklari uchun — 20 ish kuni» so‘zlari «uch ish kuni» so‘zlari bilan almashtirilsin.



7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 avgustdagi 178-sonli qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa sub’ektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi «10 ish kuni» so‘zlari «uch ish kuni» so‘zlari bilan almashtirilsin.

 

 
Download 18,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish