Xotira bor ekan – millat barhayot
9-mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Oʻtganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak. Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor boʻlishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Xotira va qadrlash tushunchalari tobora teran ahamiyat kasb etayotganining yana bir sababi shundaki, insonga mehr koʻrsatish, uni ulugʻlash, qadrlash va e’zozlashga qaratilgan ushbu amаllar bizni globallashayotgan va tez oʻzgarib borayotgan murakkab davrimizning turli tahdidlarga nisbatan sezgir va hushyor boʻlishga, kechagi kun jarohatlaridan saboq chiqarishga undaydi. Bu borada, ayniqsa, buyuk kelajak egalari - navqiron avlod zimmasidagi mas’uliyat gʻoyat kattadir.
Eng muhimi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ong-u shuurida oʻtganlarni yod etish, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam qaror topmoqda. Tarixdan saboq chiqarib, oʻtmishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlamay, milliy oʻzlikni anglagan holda, fidoiy ajdodlarning hech kimdan kam boʻlmagan avlodi ekanimizni anglab yashayapmiz. Shu nuqtai nazardan, bu yorugʻ va dorilomon kunlar yoʻlida qurbon boʻlganlar ruhini shod etish, moʻtabar keksalarimiz duosini olish, tinch hamda osoyishta zamonning qadriga etish, shukronalik tuygʻularini his etish bizga katta quvvat bagʻishlaydi, ruhiyatimizni poklab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi.
Qirq beshinchi yildagi g‘alabali bahor tarixga yanada chuqurroq kirib bormoqda. Ammo shu davrda ajdodlarimizning ko‘rsatgan qahramonligi yillar davomida so‘nmasdan avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu esa qahramonlikning yaqqol namunasi sifatida bugungi kunda bizga azm-u shijoat, uchrayotgan barcha qiyinchilik va sinovlarni mardonavor yengishga yordam beradi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat’iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning haqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.
Askarlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat, jang maydonidagi birdamlikning yaqqol namunasi, front ortidagi mehribonlik va rahmdillik bugungi kunda biz uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Odamlar halok bo‘lgan askarlarini xotirasini yuksak darajada sharaflashadi. “Noma’lum askar”, “G‘alaba yodgorligi” poylariga faxriy ramz sifatida gullar qo‘yishadi. Faxriylar o‘zlarining cheksiz hurmati va minnadorchiligini bildiradilar. Biz har bir farzand ajdodlarimiz nomini abadiy qalblarimizda saqlaymiz va faxr va g‘urur bilan yod etamiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |