1-savol
1. nima uchun gulxaniy taxallusini qo‘llagan va u qanday ma’no anglatadi?
2-savol
1.Bizgacha uning o‘zbek tojik tilidagi qancha g‘azali yitib kelgan?
2.Sh’rlarida yana qanday taxollus qo‘llagan?
3-savol
1.Gulxaniyning qanday g‘azallari bor?
2.Gulxaniy va Navoiyning ijodida qanday o‘xshashlik bor?
“Zarbulmasal” so‘zining ma’nosi?
4-savol
Gulxaniyning “Kabutar bilan Zog‘” masalining g‘oyasi qanday?
“Yodgor postindoz‘‘” masalining g‘oyasi qanday?
“Toshbaqa bilan Chayon masalining” g‘oyasi haqida tushuntiring?
“Maymun bilan nojjor”masalining g‘oyasi nima?
5-savol
Ezop va gulxaniyning bir- biriga o‘shash masallarini ayting?
“Zarbulmasal”da nechta maqol, metal,naql keltirilgan?
Nechta katta – kichik masal va hikoyat mavj
Gulxaniyning qasidasini nomi?
Qaysi g‘azalida o‘zining navkarlik davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi? O‘qvchilar tarqatma mqterialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga
64
egallagan bilimlari asosida izoh yozadilar. O‘quvchi tarqatma materiallarda berilan tushunchalarni o‘qiydi, jamoa bilan birgalikda to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda tushunachlar izohi berilgan slaydorqali tanishtiradi. O‘quvchilar harakatlarning ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etish, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishda “Blis so‘rov” usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ertak janirini o‘rganish keying ertaklarni o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi.
“Blis so‘rov” jadvali: Bu jadval har bir o‘quvchiga beriladi, ular materiallarni sinchiklab o‘rganib, o‘zlarining shaxsiy fikrlari asosida tarqatma materiallardagi “yakka baho” bo‘limga berilgan harakatning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadilar. So‘ng o‘quvchilardan 4-5 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etiladi. Kichik guruhlardagi o‘quvchilar “yakka baho” bo‘limida belgilangan harakatlar ketma –ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar va bahslashib, kelishgan holda tarqatilgan jadvaldagi “Guruh bahosi” bo‘limiga mos raqamlarni belgilab chiqadilar. So‘ng o‘qituvchi to‘g‘ri javobni, harakatlar ketma-ketligida raqamlar asosida yozadi. O‘quvchilar belgilangan to‘g‘ri javoblar bilan o‘qitituvchining to‘g‘ri javobning fari 0.55 foizdan yuqori bo‘lsa, ushbu o‘quv mashg‘uloti o‘zlashtirilgznini bildiradi. Ushunchalar soni 13ta bo‘lib javoblarning 7-8 tasi bajarilsa, qoniqarli, 9-10 tasiga “yaxshi”, 11-13tasiga “a’lo”baho qo‘yiladi. So‘ng guruhdagi o‘quvchilarga test savollari tarqatiladi. O‘qituvchi test savollarini aniqlaguncha, guruh a’zolari bugungi dasda o‘quvchilarni javoblarini o‘zaro kelishib baholaydi.
“Domino” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilarning har biriga savolnomalar tarqatiladi. Savolnomalarda avval boshqa bir savolning javobi, keyin yangi savolberiladi.1-savolni o‘qituvchi o‘qiydi. O‘qituvchibergan savolga qaysi o‘quvchidagi javob to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘quvchi javob beradi hamda o‘z savolini o‘qiydi. Bu savolning javobi kimning qo‘lida bo‘lsa, javob beradi va u ham o‘z savolini o‘qiydi. O‘quvchilardan tez va aniq javob berish talab qilinadi.
Masalan, o‘qituvchi so‘raydi:
65
Ezop qayirda to‘g‘ilgan?
1-o‘quvchi:
Javob: Frigiya
Savol: Ezopning qancha masala yetib kelgan 2-o‘quvchi:
Javob: 500 ga yaqin
Savol: Ezopning “Eshak bilan baqalar” masalining g‘oyasi nima?
O‘yin shu tariqa davom etadi.
“O‘rgimchak to‘ri” texnologiyasi
“O‘rgimchak to‘ri” usulidan foydalanishda o‘quvchilarning faolligi, darsga tayyorgarlik darajasi inobatga olinadi. Bu texnologiya o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, og‘zaki nutqini o‘sishiga, zukkolik qobiliyatini yanada shakllanishiga xizmat qiladi.
Qo‘llash: o‘qituvchi sinfdan 5,6 nafar o‘quvchini yozuv taxtasi yoniga
chorlaydi. O‘yin ular ishtirokida
|
amalga oshiriladi. Muallimning
|
qo‘lida ipli
|
koptokcha bo‘ladi, u o‘tilgan mavzu yuzasidan birinchi o‘quvchiga
|
savol berib,
|
g‘altakchani unga topshiradi.
|
|
|
O‘quvchi ustozi bergan savolni yodida saqlab, ipli koptokchani bir uchini
|
ushlagan holda o‘zining mustaqil
|
savoli bilan o‘rtog‘iga yuzlanadi. Bunday hol
|
o‘rgimchak to‘rini hosil qilgunga qadar davom ettiriladi. Texnologik o‘yin o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. Berilgan savollarga javob olish uchun g‘altakchani oxiridan boshlab so‘raladi. Ipli koptokcha javoblar orqali yig‘ib olinadi. Agar berilgan savolga javob to‘liq bo‘lsa, g‘altakcha o‘z shakliga qaytadi. Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilar baholanib boriladi.
Bu usuldan o‘tilgan mavzu bo‘yicha yoki yangi mavzuni o‘tib bo‘lgandan
keyin foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |