T/r
|
Tadbirlar
|
Amalga oshirish shakli
|
Bajarish muddatlari
|
Mas’ul bajaruvchilar
|
I. SUG’URTALASH, SUG’URTA FAOLIYATI VA SUG’URTA
NAZORATINING QONUNCHILIK VA NORMATIV-HUQUQIY
BAZASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH
|
1.1. Yangi qonunlar qabul qilish
|
1.
|
"Transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Qarang: 21.04.2008 y. O’RQ-155-son Qonuni*
|
Qonun loyihasi
|
2007 yil
II chorak
|
Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug’urta kompaniyalari
|
2.
|
"Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Qarang: 16.04.2009 y. O’RQ-210-son Qonuni
|
Qonun loyihasi
|
2007 yil
IV chorak
|
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug’urta kompaniyalari
|
3.
|
"Tibbiy sug’urta to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
Qonun loyihasi
|
2007 yil
IV chorak
|
Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug’urta kompaniyalari
|
1.2. Amaldagi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
|
4.
|
"Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug’urta bozorining professional qatnashchilari tarkibini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash.
Qarang: 14.09.2007 y. O’RQ-108-son Qonuni
|
Qonun loyihasi
|
2007 yil
II chorak
|
Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug’urta kompaniyalari
|
5.
|
"Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug’urta qilinmagan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar javobgarligini belgilash.
Qarang: 21.04.2008 y. O’RQ-156-son Qonuni
|
Qonun loyihasi
|
2007 yil
II chorak
|
Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug’urta kompaniyalari
|
1.3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish
|
6.
|
Sug’urtalovchilar moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisob raqamlari rejasini va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.
Qarang: AV tomonidan 2008 yil 22 mayda 1813-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Sug’urtalovchilar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” va “Sug’urtalovchilar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma"
|
Hisob raqamlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi
|
7.
|
Sug’urtalovchilar moliyaviy hisoboti shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Qarang: AV tomonidan 2009 yil 20 aprelda 1945-son bilan ro’yxatga olingan "Sug’urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni to’ldirish bo’yicha Qoidalarni tasdiqlash to’g’risida"gi MV Buyrug’i
|
Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalari
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi
|
8.
|
Umumiy sug’urta va hayotni sug’urtalash sohasida sug’urta tariflarini hisoblab chiqarish bo’yicha metodik ko’rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Metodik ko’rsatmalar
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
9.
|
Sug’urta kompaniyalarini reyting jihatdan baholash bo’yicha metodik tavsiyalarni tayyorlash.
|
Metodik tavsiyalar
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
10.
|
Aktuar malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Qarang: AV tomonidan 2007 yil 10 oktabrda 1725-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida”gi Nizom
|
Nizom
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi
|
11.
|
Adjaster, aktuar, syurveyer va assistans xizmatlari ko’rsatish faoliyatini tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Qarang: AV tomonidan 2009 yil 26 iyunda 1975-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Aktuar xizmatlarini ko’rsatish tartibi to’g’risida”gi Nizom
|
Metodik tavsiyalar
|
2007 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
12.
|
Sug’urtalovchilar va qayta sug’urtalovchilarning to’lovga qodirligi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Qarang: AV tomonidan 2008 yil 12 mayda 1806-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Sug’urtalovchilar va qayta sug’urtalovchilarning to’lov qobiliyati to’g’risida”gi Nizom
|
Nizom
|
2007 yil
IV chorak
|
Moliya vazirligi
|
13.
|
Sug’urta kompaniyalarini auditorlar tomonidan tekshirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
|
Metodik tavsiyalar
|
2007 yil
IV chorak
|
Moliya vazirligi
|
14.
|
Sug’urta faoliyati va sug’urta nazoratini tartibga soluvchi xalqaro standartlar ayrim normalarini qayta ko’rib chiqish va normativ-huquqiy bazaga joriy etish.
|
Normativ-huquqiy bazaga o’zgartirish va qo’shimchalar
|
2007-2008 yillar
|
Moliya vazirligi
|
15.
|
Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini (foydani boy berishdan, loyihalashdagi xatoliklardan, bankrotlikdan sug’urtalash va h.k.) sug’urtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Namunaviy qoidalar
|
2008 yil
I chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
16.
|
Biznes sohasi uchun sug’urta xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.
Qarang: AV tomonidan 2009 yil 28 yanvarda 1891-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Biznes sohasi uchun sug’urta xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari to’g’risida”gi Nizom
|
Nizom
|
2008 yil
I chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
17.
|
Sug’urtalovchilarning sug’urta vositachilari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi namunaviy qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Namunaviy qoidalar
|
2008 yil
I chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
18.
|
Qayta sug’urtalash xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash.
Qarang: AV tomonidan 2011 yil 29 yanvarda 2190-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan "Qayta sug’urta qilish xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari to’g’risida"gi Nizom
|
Nizom
|
2008 yil
I chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
19.
|
Da’vo ishlarining yagona texnologiyasini joriy etish.
|
Metodik tavsiyalar
|
2008 yil
III chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
20.
|
Sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchining investitsiya faoliyati to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Qarang: AV tomonidan 2009 yil 16 iyulda 1982-son bilan ro’yxatga olingan, MV Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchining investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Nizom
|
Nizom
|
2009 yil
I chorak
|
Moliya vazirligi
|
II. KO’RSATILAYOTGAN SUG’URTA XIZMATLARI HAJMINI,
KO’LAMINI KENGAYTIRISH VA SIFATINI OSHIRISH
|
21.
|
2007 - 2010 yillarda sug’urta xizmatlari hajmini 3 baravar, sug’urtalovchilar sug’urta zaxirasini 2,5 baravardan ortiq, sug’urta kompaniyalari yalpi kapitalini 2 baravardan ortiq ko’paytirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
Ishlab chiqish - 2007 yil II chorak
Amalga oshirish - 2007-2010 yillar
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
22.
|
Aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sug’urtalash sohasida, shuningdek qishloq joylarda sug’urtalovchi alohida bo’linmalar va sug’urta agentlari sonini ko’paytirish hisobiga sug’urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
|
2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish sohasi va servisni rivojlantirish dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi
|
2007-2010 yillar
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
23.
|
Eksport kreditlar va eksport-import operatsiyalarining samarali sug’urta himoyasini ta’minlovchi eksportni sug’urtalash bo’yicha yangi kompleks sug’urta xizmatlari turlarini, shu jumladan, siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug’urtalash, to’lov muddatini kechiktirish shartlarini sug’urtalash, "yetkazib beruvchi krediti" tipi bo’yicha sug’urtalash, "xaridorga kredit" tipi bo’yicha sug’urtalash, eksport-import kontraktlarini bajarish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq tavakkalchiliklarni sug’urtalash, eksport-import yuklarini tashishni sug’urtalash, xorijiy sherikning iqtisodiy nochorligidan (bankrotligidan) sug’urtalash va boshqa sug’urta xizmatlari turlarini ishlab chiqish va joriy etish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
Ishlab chiqish -2007 yil
II chorak Amalga oshirish - 2007-2010 yillar
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
24.
|
Hayotni uzoq muddatli sug’urtalashni, shu jumladan, sug’urtaning jamg’arma turlarini (hayotni aralash sug’urtalash, nikohdan o’tishni sug’urtalash, annuitetlarni sug’urtalash, qo’shimcha pensiyani sug’urtalash, ta’lim olish xarajatlarini sug’urtalash, davolanishni, shu jumladan chet elda davolanishni sug’urtalash, balog’at yoshiga yetganlikni sug’urtalash va boshqalar) kengaytirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
Ishlab chiqish - 2007 yil
IV chorak
Amalga oshirish - 2008-2010 yillar
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
25.
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sug’urtalashni jadal rivojlantirish, biznesni sug’urtalash sohasida (bankrotlikdan, foydani boy berishdan, ko’zda tutilmagan xarajatlardan, sud xarajatlaridan, professional javobgarlikdan va shu kabilardan sug’urtalash) sug’urtaning yangi turlarini joriy etish, ularning aniq manzilliligi, tabaqalashtirilganligi, sifati va samaradorligini oshirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
Ishlab chiqish - 2008 yil I chorak
Amalga oshirish - 2008-2010 yillar
|
Moliya vazirligi, sug’urta tashkilotlari
|
26.
|
Sug’urta xizmatlariga talabni baholash bo’yicha marketing tadqiqotlarini, sug’urta bozorini rivojlantirish bo’yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish.
|
Marketing va boshqa tahliliy tadqiqotlar
|
2007 yil
III chorakdan boshlab doimo
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi
|
27.
|
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasida ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
|
Avtomatlashtirilgan tizim
|
2008 yil
II chorak
|
Moliya vazirligi
|
28.
|
Tavakkalchiliklarning barvaqt oldini olish bo’yicha test o’tkazishning tavakkalchiliklarni baholash tizimiga asoslangan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2008 yil
IV chorakdan boshlab
|
Moliya vazirligi
|
29.
|
O’zbekistonning Sug’urta nazorati organlari xalqaro uyushmasiga kirishi bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2008 yil mobaynida
|
Moliya vazirligi
|
30.
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari va ularning birlashmalari bilan birgalikda aholi o’rtasida sug’urta madaniyatini oshirish bo’yicha ma’rifiy va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.
|
Seminarlar, radio va televideniyeda eshittirishlar, ko’rsatuvlar va reklama kompaniyalari, ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish
|
doimo
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
31.
|
Aholini sug’urta bozoridagi, shu jumladan, sug’urta agentlarining noqonuniy yoxud qonunga xilof faoliyati to’g’risida xabardor qilish.
|
Ommaviy axborot vositalarida axborotlar berish
|
doimo
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
III. MAMLAKAT SUG’URTA BOZORINING OCHIQ-OYDINLIGINI VA
ISHONCHLILIGINI TA’MINLASH, SUG’URTALOVCHILARNING
KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH, ULARNING MOLIYAVIY
BARQARORLIGINI VA TO’LOVGA QODIRLIGINI MUSTAHKAMLASH
|
32.
|
Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining ustav kapitallarini sug’urta faoliyatining amalga oshirilayotgan turlaridan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam miqdorlargacha ko’paytirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2008 yil 1 yanvargacha
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
33.
|
Ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilangan muddatlarda shakllantirishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan sug’urtalovchilarni aniqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ularga sug’urta faoliyati sohasini o’zgartirishda va qayta tashkil etishda (qo’shilish, birlashishda) ko’maklashish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2007 yil
II chorak
|
Moliya vazirligi
|
34.
|
"O’zagrosug’urta", "Kafolat" davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilayotgan "O’zbekinvest" kompaniyasi ustav fondlaridagi davlat ulushlarini sotish.
|
Tadbirlar
|
Hukumatning tegishli qarorlarida belgilangan muddatlarda
|
Davlat mulki qo’mitasi, Moliya vazirligi, "O’zagrosug’urta", "Kafolat" davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyalari, "O’zbekinvest" kompaniyasi
|
35.
|
Xorijiy kapital ishtirokida sug’urta kompaniyalari tashkil etishni rag’batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2007 yil II chorak
|
Moliya vazirligi, sug’urta kompaniyalari
|
IV. SUG’URTA SOHASI XODIMLARINI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH
VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
|
36.
|
Bank-moliya akademiyasi huzurida sug’urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish.
|
Ixtisoslashtirilgan o’quv kurslari
|
2007 yil III chorak
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi
|
37.
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari uchun sug’urtalash va sug’urta faoliyatining dolzarb masalalari bo’yicha o’quv-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.
|
Konferensiyalar va seminarlar
|
muntazam ravishda
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug’urta kompaniyalari, sug’urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
|
38.
|
Ko’rsatib o’tilgan tuzilmalarning qo’shadigan ulushi hisobiga sug’urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o’quv markazini tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2008 yil
I chorak
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug’urta kompaniyalari, sug’urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
|
39.
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.
|
Professional etika normalari
|
2008 yil
II chorak
|
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug’urta kompaniyalari, sug’urta bozorining boshqa professional qatnashchilari
|