O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan qonun loyihasi



Download 196,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.09.2021
Hajmi196,77 Kb.
#169058
1   2
Bog'liq
3-kurs parlament huquqi 1-oraliq

qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  egadirlar  va  bu  huquq  qonunchilik  tashabbusi 

huquqi  subyektlari  tomonidan  qonun  loyihasini  Oliy  Majlisning  Qonunchilik 

palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi 

Shuningdek, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  kiritish  tartibi  to’g’risida”  qonunning  3-

moddasida Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari keltirib o’tilgan. Unga ko’ra,  

O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq 

quyidagilar 

qonunchilik tashabbusi huquqiga ega: 

1) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti; 

2)  o’z  davlat  hokimiyatining  oliy  vakillik  organi  orqali  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi; 

3) Qonunchilik palatasi deputatlari; 

4) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

5) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 

  6) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi

1



Demak, yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan normalarni huquqiy asos 

qilib,  shuni  aytishimiz  mumkinki,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezident  tomindan 

qonunchilik  palatasiga  qonun  loyihasi  kirtilishi  mumkin.  Ushbu  bizga  berilgan 

kazusdagi bu holat qonunga muvofiq amalga oshirilgan.  

Keyingi  masalaga  to’xtalishdan  oldin,  Oliy  Majlis  nima  ekanligiga 

e’tiborimizni  qaratsak  maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  76-  moddasiga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasining  Oliy 

Majlisi  oliy  davlat  vakillik  organi  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga 

oshiradi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ikki  palatadan  -  Qonunchilik 

palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  va  Senati  vakolat  muddati  -  besh  yil. 

Konstitutsiyaga 84-moddasiga ko’ra, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 

                                                           

1

 



“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 

kiritish tartibi to'g'risida” qonun. 

 



qilinib,  Senat  tomonidan  ma’qullanib,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

tomonidan  imzolangach  va  qonunda  belgilangan  tartibda  rasmiy  nashrlarda  e’lon 

qilingach, yuridik kuchga ega bo’ladi.  

Endi,  qonun  loyihasi  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qay  tartibda  qabul 

qilinishini, ya’ni qonunchilik jarayoni, uning huquqiy asoslari va bosqichlari batafsil 

ko’rib  chiqsak.  Demak,  Oliy  Majlisda  Qonunchilik  palatasining  asosiy  vazifasi 

asosan  qonunlarni  ko’rib  chiqish,  loyihalrarni  ko’rib  chiqish  hisoblanadi,  va  bu 

jarayon  qo’mitlarga  bo’lingan  holda  amalga  oshiriladi.  Ya’ni,  shu  o’rinda  Oliy 

Majlisda  qo’mitalar  qanday  tuzilma  ekaniga  to’xtalib  o’tsak,  Oliy  Majlis 

qonunchilik  palatasidagi  qo’mitalar  bu,  asosiy  mana  shu  Qonunchilik  palatasi 

foaoliyatini  ta’minlab  beradigan,  uni  yo’nalishlaridan  kelib  ciqib  bo’lingan 

bo’linmalar  hisoblanadi. Bugungi kunda, hozir 12  ta qo’mita  bo’lsa  (Qonunchilik 

palatasi  qo’mitalarining  umumiy  soni,  qoida  tariqasida,  o’n  bittadan  oshmasligi 

kerak), har bir qo’mita ma’lum davlat va jamiyat qurilishidagi ma’lum soha bo’yicha 

bo’lingan.  Xo’sh,  endi,  nima  sababdan  Qonunchilik  palatasi  qo’mitalarga 

bo’linganligiga  to’xtalsak.  Sababi  qonun  loyihalari  Qonunchilik  palatasiga  kelar 

ekan qaysidir qo’mita buni olib chiqishi kerak, mana shu qonun loyihasini maromiga 

yetkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilishi kerak. Ana shu faoliyatdan kelib chiqib, 

har  bir  kelgan  qonun  loyihasi  mazkur  qo’mitalarga  ularni  faoliyati  yo’nalishiga 

qarab bo’lib beriladi va shu tartibda ish boshlanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, 

Qonunlar  loyihalarini  tayyorlash  va  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasiga  kiritish  tartibi  to’g’risida  qonun  mavjud.  Ushbu  qonun, 

qonun loyihasini Qonunchilik palatasigacha bo’lgan yo’lini belgilab beradi. Qonun 

loyihasi  Qonunchilik  palatasiga  kelgandan  keyin  qonunchilik  palatasiniing  asosiy 

ish  faoliyatini  Qonunchilik  palatasi  Reglamenti  to’g’risidagi  qonundagi  normalar 

belgilab beradi. Va, mana shu reglament asosida ish yuritiladi.   

Ho’p  prezident  tomonidan  kiritilgan  qonun  loyihasi  avvalambor  qaysi 

qo’mitaga tegishli ekanligi aniqlanadi. Keyingi navbatda qo’mita bu qonun loyihasi 

bo’yicha dastlabki o’rganishni boshlaydi. Loyihani o’rganib chiqib, mavjud bo’lgan 

5ta  partiyaning  fraksiyalariga  e’lon  qiladi,  kelganligini  ma’lum  qiladi  va 

muhokamalarni  boshlaydi.  Shundan  so’ng  fraksiyalarga  dastlabki  tartibda  kelgan 

qonun loyihasi jo’natadi, ulardan o’zlarinig takliflarini eshitib oladi.  Va, ana shu 

taklliflari  asosida  qo’mita  xulosa  tayyorlaydi.  Ya’ni  qonunchilik  palatsini  o’zi 

birinchi o’qishda qabul qilsa bo’ladimi yoki umuman qabul qilish imkoni bormi yoki 

rad  qilish  kerakmi  balki  bu  qonun  loyihasi  hali  tayyor  emasdir  kabi  mana  shu 

masalalarni  muhokama  qilib bo’lgandan keyin, qo’mita  o’zining xulosasini berdi. 

Va o’zining xulosasi asosida qonun loyihasini umumiy yapli yig’ilishga deputatlar 

e’tiboriga  bildiriladi.  Bu  jarayonga  kelguncha  har  bir  qo’mitalarni  fraksiyalarni 

takliflari  inobatga  olinadi.  Ya’ni  qo’mitalardan  yozma  ravshda  qog’oz  bilan 

olinadigan  bo’lsa,  fraksiyalardan  bevosita  har  bir  fraksiya  bilan  qonun  loyihasi 

alohida  muhokamadan  o’tadi.  Ana  shundan  keyin  ularning  takliflari,  etirozlari 

inobatga olinib, keyinginia yalpi yig’ilishga olib chiqiladi. Yalpi yig’ilishda qonun 

uch  bosqichdan  o’tadi.  Ya’ni,  birinchi  o’qish,  ikkinchi  o’qish,  uchinchi  o’qish 

hisoblanadi. Bu  bosqichning  har  birining  oziga  xos  jihatlari bor,  ya’ni  1-o’qishda 




nimaga  e’tibor  qaratiladi,  2-o’qishda  nimaga  e’tibor  qaratiladi  kabi.  Birinchi 

o’qishda qonun loyihasini qo’mita olib chiqadi, taklifini bildiradi, xulosasini aytadi, 

qaytarish  kerakmi,  qabul  qilish  maqsadga  muvofiqmi  shu  kabi  xulosa,  lekin  bu 

bo’yicha qanday qarorga kelishni yalpi yig’ilishdagi depuptatlar umumiy ovozi bilan 

hal  qiliniadi.  Ya’ni,  mana  shu  jarayonda  birinchi  o’qishda  faqatgina  qonun 

loyihasidgai  butun  tekstga,  matinlarga,  normalarni  qanday  yozilganiga  e’tibor 

qaratilmaydi,  1-o’qishda  faqatgina  ma’lum  bir  munosabatni  tartibga  solish  uchun 

qonun loyihasi kerakmi yo’qmi faqat shu masala muhokama qilinadi. Ya’ni uning 

kontsepsual, mana shu huquqiy munosabtani endi yangi bir loyiha sifatida tartibga 

solishga  qanchalik  ehtiyoj  bor,  zarurat  bor  yoki  kerakmi,  kerak  emasmi  degan 

masalalar muhokama qilinadi. Agar, shu yerda yangi bir kontseptsiyasi ya’ni o’sha 

yangi g’oya bo’lsa bildiriladi va deputatlar maqul deb topgandan keyin u birinchi 

o’qishda qabul qilinadi.  

Asosiy qonun loyihasi bo’yicha ishchi jarayon, ya’ni eng qaynoq jrayon bu 

qonun  loyihasi  ikkinchi  o’qishga  tayyorlash  jarayoni  hisoblanadi.  Negaki,  endi 

ikkinchi o’qishda deputatlar har bitta qonunni, nafaqat moddasini, balki moddadagi, 

normadagi har bitta so’z ham muhokama bo’lishi mumkin. Xatto, so’z tugul bitta 

tinish belgi ham muhokama bo’ladi. Ya’ni, bu jarayon juda ish hajmi ko’p jarayon 

hisoblanadi.  Bunda  birinchi  o’qishda  qabul  qilingandan  keyin,  qancha  vaqt  ketsa 

ham shu qonun doirasini hijjalab, bittalab,  moddalab, bamdlari, qismlari bo’yicha 

muhkama  qilib  chiqiliadi,  o’zgartirishlar  kiritilsa,  o’zgartirish  kiritiladi,  matin 

to’g’rlansa, matin to’g’rlanadi, undan so’nggina qonun loyihasini ikknchi o’qishga 

olib chiqadi. Ikkinchi o’qishda muhokama, endi har bitta deputat o’sha matindagi 

moddalar, normalar, boblar, har qandy holatda savol berishga haqli bo’ladi, o’zining 

takliflari va e’tirozlarini bildirishi mumkin bo’ladi. Bu jarayonda esa qo’mita mas’ul 

sifatdida  qonunni  huddi  himoyasida  turgandek  bo’ladi.  Qolgan  butun  deputatlar 

savolga  tutudi.  Qo’mita  bu  qonunni  o’zi  tashabbuskor  bilan  tayorlagan  qonunni 

himoyasida javob berib turadi. Muhkamada isbotlab, o’rgatib bo’lgandan keyingina, 

har bir fraksiyadan yana o’tib chiqiladi. Keyin, ikkinchi o’qish ham alohida yalpi 

yig’ilishda bo’ladi. Har bitta qonun qancha modda bo’lishidan qat’iy nazar har bitta 

moddasi  muhokama  qilinadi.  Ikkinchi  jarayon  o’tib  bo’lgandan  keyin  qonun 

loyihasi  moddama  modda  muhokama  qilinib  ovoz  beriladi.  Agar  deputatlar 

moddama  modda  ovoz  beramiz  desa  moddama  modda  ovoz  beriladi,  yoki 

o’zgartishlarga  asosan  bob  bo’yicha  yoki  bo’limlar  bo’yicha  ham  ovoz  berish 

mumkin.  Bu  jarayon  tugagandan  keyin  qonun  bildirilgan  taklif  va  etirozlar  bilan 

pishitiladi,  oxiriga  yetkazilib,  uchinchi  o’qishda  endi  butun  hamma  narsa  ko’rib 

bo’lingan uchinchi o’qishda qabul qilinadi deb hisoblanadi va senatga yuborladi.  

Navbatdagi  Senat  Qonunchiik  palatasi  tomonidan  kelib  tushgan  qonun 

loyihasini rad etishga haqlimi? Degan savolga javob berishdan oldin, avvalambor, 

Senatning  qonunchilk  jarayonidagi  tutgan  o’rniga  to’xtalib  o’tsak  maqsadga 

muvofiq bo’lar edi.  

Qonunchilik jarayonida uni ma’qullash bosqichi bevosita Oliy Majlis Senati 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Xususan,  Senatga  kelib  tushgan  qonun  ro’yxatga 



olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko’rib chiqadigan hamda uning yuzasidan 

xulosa  tayyorlaydigan  qo’mitaga  topshiriladi.  Mas’ul  qo’mita  tegishli  xulosa 

tayyorlaydi va unda qonunni ma’qullash yoki rad etish to’g’risidagi tavsiya, ifodalab 

beradi.    Qonunni  rad  etish  zarurligi  to’g’risidagi  xulosada  mas’ul  qo’mitaning 

qonunni rad etish zarur, deb hisoblashining vajlari bayon etiladi. Mas’ul qo’mitaning 

xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun 

tartibi  loyihasiga  kiritish-kiritmaslik  to’g’risida  qaror  qabul  qiladi.  Senatning 

majlisida  qonunni  ko’rib  chiqish  ma’ruzachining  mas’ul  qo’mita  xulosasini  o’qib 

eshittirishidan  boshlanadi.  Ko’rib  chiqilayotgan  qonun  yuzasidan  uning 

muhokamasi  tartibida  senatorlar  so’zga  chiqishlari  va  o’zlarining  taklif  va 

etirozlarini bildirishi mumkin. Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining 

ko’pchilik 

ovozi 

bilan 


ma’qullanadi. 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasini,  konstitutsiyaviy  qonunni,  ularga  o’zgartishlar  va  qo’shimchalar 

kiritish  to’g’risidagi  qonunlarni  ma’qullash  uchun  senatorlar  umumiy  sonining 

uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.  

Shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan 

rad  etilgan  qonun  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasiga qaytariladi. Senatning qonunni rad etish to’g’risidagi qarorida rad etish 

vajlari  ko’rsatiladi.  Unda  bir  vaqtning  o’zida  qonunga  o’zgartishlar  va 

qo’shimchalar  kiritish  zarurligi  to’g’risidagi,  shuningdek,  kelishuv  komissiyasi 

tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.  

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Senati 

to’g’risida”gi  va  “O’zbekiston  Respublikasi  Senatining  Reglamenti  to’g’risida”gi 

Qonunlarga  muvofiq,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan 

qonunlar  Oliy  Majlis  Senati  tomonidan  ma’qullanishi  yoki  rad  etilishi  mumkin.  

Senat  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  kiritilgan  qonunlarga  o’zgartish  va 

qo’shimchalar kiritish vakolatiga ega emas. 

Demak,  yuqoridagi  qonun  hujjatlariga  ko’ra  Oliy  Majlis  Senati  qonun 

doirasida  ish  qilgan.  Ya’ni,  u  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul 

qilingan qonunnni rad etishga haqli deb hisoblasak bo’ladi.  

Qo’shimcha  sifatdida  aytish  mumkinki,  Qonunchilik  jarayonining  yakuniy 

bosqichi – bu qonunni imzolash va e’lon qilishdir. Konstitutsiyaning 84-moddasiga 

muvofiq,  ushbu  vakolat  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  tegishlidir.  Oliy 

Majlis Senati tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 

Senat qarori bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida 

yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun ichida 

imzolanadi  va  e’lon  qilinadi.  Qo’shimcha  sifatida  aytish  mukinki,  xorijiy 

davlatlarning  konstitutsiyaviy  huquqiga  ko’ra,  vakolatli  organ  tomonidan  qabul 

qilingan va tasdiqlangan qonunning davlat boshlig’i tomonidan Konstitutsiya yoki 

qonunda belgilangan muddatda rasmiy bosma nashrda e’lon qilinishi promulgatsiya 

(lotincha “promulgatio” – e’lon qilish) deb yuritiladi. 

 



 Senat tomonidan rad etilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomindan 

to’g’ridan to’g’ri prezidentga yuborlishi haqida to’xtaladigan bo’lsak, ushbu holat 

qonun  loyihasi  Senat  tomonidan  rad  etilgan  holda  hamda  ular  o’rtasida  kelishuv 

komissiyasi tuzilmagan hollarda amalga amalga oshiriladi deb o’ylayman. Chunki, 

“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Senatining  Reglamenti  to’g’risida”gi 

Qonunning  12-moddasiga  va  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasining  Reglamenti  to’g’risida”gi  Qonunning  16-moddasiga  muvofiq 

O’zbekiston  Respublikasi    Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan  qonun 

yuzasidan  Qonunchilik  palatasi  va  Senat  yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklarni 

bartaraf  etish  uchun  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senat  a’zolari  orasidan 

tenglik  asosida  kelishuv  komissiyasini  tuzishi  mumkin.    Yuqorida  bizga  berilgan 

kazusda  esa  bunday  tashabusslar  amalga  oshirilmagan.  Va  qonunchilik  palatasi 

“Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasining  Reglamenti  to’g’risida”gi  Qonunning  15

1

-



moddasida  Senat  tomonidan  rad  etilgan  qonunni  Qonunchilik  palatasi  tomonidan 

qayta ko’rib chiqish tartibi belgilangan. Bunga ko’ra, Senat tomonidan rad etilgan 

qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  bir  oylik  muddatda  qayta  ko’rib  chiqilishi 

lozim. Mas’ul qo’mita Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. 

Mas’ul  qo’mitaning  xulosasi  olinganidan  keyin  qonunni  Qonunchilik  palatasi 

tomonidan  qayta  ko’rib  chiqish  masalasi  belgilangan  tartibda  Qonunchilik 

palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi. 

Senat  tomonidan  rad  etilgan  qonunni  qayta  ko’rib  chiqishda  Qonunchilik 

palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 

yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda 

kelishuv komissiyasini tuzish; 

qonunni  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  avvalgi  qabul  qilingan  tahririda 

qabul qilish; 

qonunni  Qonunchilik  palatasining  qayta  ko’rib  chiqishidan  olib  tashlash. 

Agar  Qonunchilik  palatasi  Senat  tomonidan  rad  etilgan  qonunni  Qonunchilik 

palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi 

bilan  yana  ma’qullasa,  qonun  O’zbekiston  Respublikasi Oliy  Majlis  tomonidan 

qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.  

Demak,  yuqoridagi  qonun  hjjatlari  tayanib  masalaga  quyidagicha  huquqiy 

yechim berish mumkin.  Ya’ni ushbu vaziyatda Qonunchilik palatasi Senat rad etgan 

qonunni  Qonunchilik  palatsi  deputatlar  umumiy  sonining  uchdan  ikki  qismidan 

iborat  ko’pchilik  ovozi  bilan  yana  ma’qullagan  va  qonunni  O’zbekiston 

Respublikasi Oliy  Majlis  tomonidan  qabul  qilingan  deb  hisoblagan  hamda 

imzolanishi  va  e’lon  qilinishi  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 

yuborgan.  Ushbu  harakatlarda  hech  qanday  noqonuniylik  kuzatilmagan  va  bu 

vaziyatda Senatning etirozi noo’rin deb hisoblaymiz.  

Shuningdek, agar Senat rad etgan yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 

tomonidan  qaytarilgan  qonun  Qonunchilik  palatasida  qayta  ko’rib  chiqilganda 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini hisobga olgan 




holda  yangi tahrirda qabul  qilinsa, ushbu Qonunni  Senat  yangidan  qabul qilingan 

qonun sifatida belgilangan tartibda ko’rib chiqadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash 

va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi 

to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 

Qonunchilik  palatasiga  qonun  loyihasini  kirish  huquqiy  asosga  ega.  Shuningdek, 

qonun  loyihasini  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilish  ham  qonunda 

belgilangan tartibda amalga oshirilgan. Ushbu qonun maqullash maqsadida Senatga 

yuborilganda Senatning muhokamasida qonunning rad etilishi ham qonun doirasida 

amalga  oshirilgan.  Keyingi  navbatda  Qonunchilik  palatasi  ham  o’zining  qonuniy 

huquqidan  foydalangan  holda,  qonunda  belgilangan  tartibda,  deputatlar  umumiy 

sonining  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko’pchilik  ovozi  bilan  ma’qulladi  hamda 

to’g’ridan-to’g’ri  Prezidentga  imzolash  va  e’lon  qilish  uchun  yubordi.  Ushbu 

vaziyatda Senatning etirozi noo’rin deb baholaymiz.  

 

 

 




 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 

2.  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti 

to’g’risida”gi Qonun. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Senatining  Reglamenti  to’g’risida”gi 

Qonun.  

4.  “O’zbekiston Respublikasi Senati to’g’risida”gi Qonun. 

5.  “Qonunlar  loyihalarini  tayyorlash  va  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida” Qonun. 



 

Internet saytlar: 



1.  Lex.uz 

Download 196,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish