O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 130,14 Kb.
bet15/36
Sana27.07.2021
Hajmi130,14 Kb.
#130178
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Murojaatnoma 2021 yil

Oltinchidan, xalqimizning madaniy-ma’rifiy hayotini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bunda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini jonlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga byudjetdan 420 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Jumladan, hududlarda 22 ta teatr va madaniyat ob’ekti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent shahrining markazida Milliy akademik drama teatri, mashhur yapon arxitektori Tadao Ando loyihasi asosida yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab poytaxtimiz markazida “Istiqlol” majmuasi qad rostlaydi.

Ilgari ko‘p yillar davomida o‘tkazib kelingan Toshkent xalqaro kinofestivali “Ipak yo‘li durdonasi” – Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tashkil etiladi.

Shu o‘rinda yana bir muhim masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Boy tariximiz durdonasi bo‘lgan madaniy merosimizni asrab-avaylab, kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazishimiz zarur. Hozirgi vaqtda ularning soni 7 mingdan ziyodni tashkil etadi.

Afsuski, keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz bo‘lgan ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchrayotgani bu borada e’tibor susayganidan dalolat beradi. Bu ish nafaqat Madaniyat vazirligi, balki mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikning ham diqqat markazida bo‘lishi kerak.

Hukumat bir oy muddatda madaniy meros ob’ektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilishi lozim.

 

Qadrli xalq vakillari!



Yangi yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi.

So‘nggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa – chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan iborat. Shularni inobatga olib, keyingi yilda quyidagi yo‘nalishlarda keng qamrovli ishlarni amalga oshiramiz.




Download 130,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish