O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi to‘G‘risida



Download 398 Kb.
Sana27.02.2017
Hajmi398 Kb.
#3438
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TO‘G‘RISIDA

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 1-son, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda;1999 y., 9-son, 206-modda; 2000 y., 5-6-son, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2008 y., 52-son, 510-modda; Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1-son, 344-modda)

I bob. UMUMIY QOIDALAR

Олдинги tahrirga qarang.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.

(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrdagi O‘RQ-306-sonli Қонуни tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1-son, 344-modda)

2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi

O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.

Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Олдинги tahrirga qarang.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.

(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish prinsiplari

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.

Олдинги tahrirga qarang.

4-modda. Saylovning saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari ta’minlaydi.

Markaziy saylov komissiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунига muvofiq tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.

(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.

Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.

Олдинги tahrirga qarang.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televidenie va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n besh kun oldin ma’lum qiladilar.

Okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida kuzatuvchi uchun beradi.

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;

saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;

ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir bo‘lish;

saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;

agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori komissiyaga ma’lum qilish.

Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:

saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida bo‘lish;

saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;

saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;

uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.

(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy ta’minoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini saylov o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.

(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Saylovni o‘tkazishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalari hamda tartibini buzuvchi shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini erkin ravishda amalga oshirishiga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan saylov komissiyalarining a’zolari, davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari qonunda belgilangan yo‘sinda javobgar bo‘ladilar. Nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki boshqa yo‘sinda tarqatgan, saylov komissiyalari a’zolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yo‘l qo‘ygan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.

Ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi.

(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

II bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish va saylov komissiyalarini tuzish

(II-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

8-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

9-modda. Saylov okruglarini tuzish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatlarini saylovchilar sonini hamda okrug saylov komissiyalari qaerda joylashganligini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.

(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

10-modda. Saylov uchastkalari tuzish

Олдинги tahrirga qarang.

Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa stasionar davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish masalasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

11-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.

(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov komissiyalari

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni o‘tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari.

(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонуни bilan belgilanadi.

(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari

Markaziy saylov komissiyasining majlislari, agar ularda komissiyaning majlis bo‘ladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi:

1) O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;

2) saylov komissiyalari faoliyatini yo‘naltirib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;

3) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;

4) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;

Олдинги tahrirga qarang.

41) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;

(14-modda ikkinchi qismining 41 bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

6) ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasida ishtirok etishi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi;

7) pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi; saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;

8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar ro‘yxatining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;

Олдинги tahrirga qarang.

9) davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;

(14-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga oladi, saylovning respublika bo‘yicha umumiy yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotlarni matbuotda e’lon qiladi;

101) saylangan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan guvohnoma topshiradi;

11) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;

12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;

13) ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish

Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining vakolatlari

Okrug saylov komissiyasi:

1) butun okrug hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi;

2) saylov uchastkalarini tuzadi, ularning okrug bo‘yicha tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

Олдинги tahrirga qarang.

4) siyosiy partiyalar vakillarining, saylov okrugi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;

(16-moddaning to‘rtinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

5) saylovchilarning ro‘yxatlari tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

6) pul mablag‘larini uchastka saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;

7) okrug bo‘yicha saylov yakunlarini chiqaradi va ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish

Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasini vakolatxonalarning rahbarlari amalga oshiradi.

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari

Uchastka saylov komissiyasi:

1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;

2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda tegishli o‘zgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;

3) saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;

4) saylov o‘tkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi;

5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;

6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;

7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;

8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Олдинги tahrirga qarang.

181-modda. Okrug va uchastka saylov komissiyalariga a’zolik

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tasdiqlanadi.

(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни asosida kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish

Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.

Saylov komissiyalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.

Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi bo‘lib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.

Saylov komissiyasining a’zosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov o‘tkazishga ajratilgan mablag‘ hisobidan o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.

Олдинги tahrirga qarang.

Saylov komissiyasining a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Saylov komissiyasining a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqiga komissiyani tuzgan organ ega bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifasini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.

Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishi mumkin emas.

Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.

(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонунига asosan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Okrug va uchastka saylov komissiyalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan so‘ng to‘xtatadi.

20-modda. Saylov komissiyalarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashish

Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlariga ko‘maklashishga, ularning ishi uchun zarur ma’lumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa o‘rtaga qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.

21-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy istiqomat qilgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.

Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin emas.

22-modda. Saylovchilarning ro‘yxati va uni tuzish tartibi

Saylovchilar ro‘yxatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini ro‘yxat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.

Олдинги tahrirga qarang.

Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar to‘g‘risida saylovchilarning ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.

(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan nohiyalarda yashovchi oila a’zolari va boshqa saylovchilarning ro‘yxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning ro‘yxatiga umumiy asoslarda kiritiladi.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida tuziladi.

(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Saylovchilar ro‘yxatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda ko‘rsatiladi.

23-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish va saylovchilar ro‘yxatidagi noaniqliklar xususida shikoyat qilish huquqi

Олдинги tahrirga qarang.

Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovdan o‘n besh kun oldin, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan qaerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga xabar beradi.

(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish va uning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish imkoni ta’minlanadi.

Олдинги tahrirga qarang.

Har bir fuqaroga ro‘yxatga kiritilmaganlik, noto‘g‘ri kiritilganlik yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek ro‘yxatda saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan ikki kunlik muddat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol ko‘rib chiqib, ro‘yxatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarorning bir nusxasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan tuman (shahar) sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, tuman (shahar) sudi shikoyatni ikki kunlik muddat ichida ko‘rib chiqishga majbur. Tuman (shahar) sudining qarori qat’iydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning ro‘yxatiga darhol tuzatish kiritadi.

(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

III bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KO‘RSATISh, ULARNI RO‘YXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI

Олдинги tahrirga qarang.

24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin.

Олдинги tahrirga qarang.

(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонунига asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

241-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim: saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ushbu moddaning биринчи қисмида ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.

(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

242-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod ko‘rsatishi mumkin.

Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Siyosiy partiyaning rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;

siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi ko‘rsatiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida besh foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

Siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini to‘plashga haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.

Saylovchilar faqat bitta nomzodni qo‘llab-quvvatlab, bir martagina imzo qo‘yishga haqli. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘ygan sanani ko‘rsatadi.

Imzo varaqasini imzo to‘plagan shaxs o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko‘rsatgan holda, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tasdiqlaydi.

Saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.

Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyadan ro‘yxatga olish uchun hujjatlar qabul qilishni rad etadi.

Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga vakolatli vakiliga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.

(242-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxati ushbu Qonunning 242-моддасида belgilangan hujjatlar asosida ro‘yxatga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxsga ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.

(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Quyidagilar:

qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;

o‘zlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta’qib etilayotgan fuqarolar;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.

(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.

(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

27-modda. Saylov byulleteni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar saylov byulleteniga familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyi ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.

Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini saylovga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladilar. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining sonini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.

(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

IV BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING IShONChLI VAKILLARI

(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

28-modda. Saylovoldi tashviqoti

Saylovoldi tashviqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan yig‘ilishlarda hamda saylovchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa shaklda uchrashuvlar o‘tkazishda teng huquq beriladi. Yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt hamda joy haqida saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.

(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga o‘zining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi.

(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borilishi taqiqlanadi.

Saylov kuni tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

281-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning hammasi teng huquqlarga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televidenie ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bunga rozilik bergan taqdirda Markaziy saylov komissiyasini darhol xabardor etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(281-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bo‘lishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradilar, uni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targ‘ibot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga ko‘ra ishonchli vakillarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.

(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни asosida chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

V bob. OVOZ BERISh VA SAYLOV YaKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI

30-modda. Ovoz berish vaqti va joyi

Олдинги tahrirga qarang.

Олдинги tahrirga qarang.

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa stasionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.

(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-son Қонуни tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

31-modda. Ovoz berishni tashkil etish

Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib joylashtiriladi.

Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar o‘z xohish-istaklarini yashirin bildirishlarini ta’minlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.

Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha a’zolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.

Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining ro‘yxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma ko‘rsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar ro‘yxatidagi o‘z familiyasi ro‘parasiga imzo chekadi.

Saylov kuni istiqomat joyida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z istiqomat joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqalarini talab qilib olishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususida qarorga kelishi hamda to‘ldirilgan saylov varaqalarini konvertga yashirgan holda uchastka komissiyasiga qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxatiga imzo chekadi. Saylov varaqasining nusxasini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.

Ayrim saylovchilar sog‘lig‘i yomonligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish uchun ajratilgan binoga kela olmagan hollarda uchastka komissiyasi ularning iltimosiga ko‘ra komissiyaning kamida ikki a’zosiga saylovchilar turgan joyda ovoz berishni tashkil etishni topshirishi mumkin.

Biron-bir sabab bilan saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaxsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladilar.

Олдинги tahrirga qarang.

32-modda. Ovoz berishni o‘tkazish

Ovoz beruvchilar saylov byulletenlarini yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada to‘ldiradilar. Byulletenlarni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasining a’zolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Saylovchi saylov byulleteniga, o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik (plyus) qo‘yadi.

To‘ldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.

(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka komissiyasining barcha a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.

Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini e’lon qilganidan keyin komissiyaning barcha a’zolari hozirligida ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy ro‘yxati va mazkur ro‘yxat ilovasi bo‘yicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida bo‘lgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, varaqalar sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va varaqalarga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik (plyus) qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan taqdirda masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida ko‘rib chiqiladi va bayonnomada aks ettiriladi.

Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.

(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

34-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.

Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiya majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.

(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

35-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini aniqlash

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagan bo‘lsa, saylovchilarning ovozini eng ko‘p olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning o‘limi, nomzodning sog‘lig‘i holati saylovda ishtirok etishni istisno etadigan darajada yomonlashganligi yoki Qonunda belgilangan boshqa sabablarga ko‘ra uning nomzodi olinganligi va shunga o‘xshash sabablar) natijasida bittagina nomzod ishtirok etgan taqdirda, bu nomzod, agar u ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (o‘ttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi.

(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

36-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini belgilash to‘g‘risida

Saylov vaqtida yoxud ovozlarni sanab chiqish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan hamda ovoz berish yakunlariga ta’sir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga tegishlidir.

Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu okruglar, uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman bo‘lib o‘tgan deb topilishi mumkin bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axborot saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e’lon qilinadi.

(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

37-modda. Takroriy ovoz berish

Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.

Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.

(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

38-modda. Takroriy saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bo‘lsa va u zarur miqdorda ovoz to‘play olmagan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylov ushbu Qonunda asosiy saylovni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Takroriy saylov asosiy saylov o‘tkazilganidan keyin qirq kun ichida o‘tkaziladi.

39-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yig‘ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishadi.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishgunga qadar bajaradi.

(38 va 39-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991 yil 18 noyabr,

414-XII-son



Manba: www.lex.uz
Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish