11.1. Partiyaning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etishi tartibi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Partiyaning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etishi to'g'risida qaror saylovoldi kampaniyasi boshlanishi to'g'risidagi e’londan keyin bir hafta ichida Partiyaning Markaziy Kengashi Plenumida qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Partiya tomonidan nomzod ko'rsatish Partiya S’yezdi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqdagi qaror Partiya S’yezdi delegatlarining ko'pchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilganidan so'ng tegishli hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
11.2. Partiyaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishi tartibi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov to'g'risida" gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
11.3. Partiyaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishi to'g'risidagi qaror saylovoldi kampaniyasi boshlanishi to'g'risidagi e’londan keyin bir hafta ichida Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya Qo'mitasi tomonidan qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatishni partiya Markaziy Kengashi taqdim qilgan ro’yxatga asosan S’yezd amalga oshiradi.
Partiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatish haqidagi qarori Partiya S’yezdi delegatlarining ko'pchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilganidan so'ng tegishli hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
O'rni bo'shab qolgan deputatlar o'rniga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatish Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya Qo'mitasi taqdim qilgan ro’yxat asosida Partiya Markaziy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
11.4. Partiya Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatligiga, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatligiga saylovlarda ishtirok etishi tartibi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatligiga, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatligiga saylovlarda ishtirok etishi to'g'risidagi qaror saylovoldi kampaniyasi boshlanishi to'g'risidagi e’londan keyin bir hafta ichida tegishli hududiy partiya tashkilotlarining Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatligiga, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko'rsatish hududiy partiya tashkilotlari, tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Partiya tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatligiga, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko'rsatish haqidagi qaror tegishli hududiy partiya tashkiloti Kengashi, tuman (shahar) partiya tashkilotlari Kengashlari tomonidan majlisda ishtirok etuvchi a’zolarning ko'pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilganidan so'ng tegishli saylov komissiyasiga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |