Qobiljon:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan "O‘zkimyosanoat" AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi:
azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;
“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrosellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:
tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish;
kimyo tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash.
#KIMYO SA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan koʻrilgan choralar ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi.
Shu bilan birga, kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun oʻz mablagʻlarining yetarli emasligi xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral oʻgʻitlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.
Kimyo tarmogʻini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
1. Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
uglevodorod xomashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish;
respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish;
kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish;
fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgʻor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish;
loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish.
2. 2018-2030 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5 barobarga, shu jumladan, mineral oʻgʻitlarni – 2 barobarga (1,2 million tonnadan 2,4 million tonnagacha), mahsulotlar eksportini – 4 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unga koʻra:
a) qisqa muddatda (2018-2020 yillarda):
“Ammofos-Maksam” AJda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmini 20,0 ming tonnaga oshirish (100 foiz sof holda);
“Navoiyazot” AJda yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol;
“Navoiyazot” AJda y
iliga 500 ming tonna azot kislotasi;
“Navoiyazot” AJda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid;
“Fargʻonaazot” AJda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 million dona zamonaviy polimer oboylar;
“Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiyaviy loyihasi (II bosqich) doirasida togʻ-kon majmuasi loyiha hajmlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish;
b) kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishni oshirish, organik kimyo, shu jumladan, polimer mahsulotlar, sintetik tolalar, rezinotexnika va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻrta va uzoq muddatlarda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish (2030 yilgacha).
Bunda mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 4,8 milliard AQSH dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
3. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni taʼminlasin:
“Fargʻonaazot” AJ va “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha 2018 yil 30 dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash;
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, keyinchalik “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertiza qilish sharti bilan, kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida shartnoma tuzish;
Navoiy viloyatida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish kompleksini qurish boʻyicha 2019 yil avgust oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xomashyo maydonini baholash (ekspertizadan oʻtkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra, “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasin.
Bunda kimyo sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilansin.
5. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda tarmoq korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 15 apreliga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taklif kiritsin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovga – “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini qatʼiy nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S.Sultonovga – kimyo tarmogʻi obyektlarini oʻz vaqtida ishga tushirish hamda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha vazirliklar
va idoralarning ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R.Xolmurodovga – xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish hamda salohiyatli investorlarni topish va kimyo tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A.Abdullayevga – jalb etiladigan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish hamda investitsiyaviy loyihalar doirasida obyektlar qurilishining yakunlanishini taʼminlash va ularning qatʼiy belgilangan muddatlarda loyiha quvvatlariga chiqishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
“Samarqandkimyo” AJ, “Elektrkimyozavod” QK AJ va “Jizzax plastmassa” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushini, shuningdek, “Fargʻonaazot” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, xususiy investorlarga bozor qiymatida sotish;
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda va “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinati mulk kompleksini qoldiq balans qiymatida “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish;
“Fargʻonaazot” AJning 3-son sanoat maydonchasidagi umumiy maydoni 6,5 gektar boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlarni (sexlar, obyektlar va ularga tutash hududlari bilan) investitsiya majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” qiymatida sotish;
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun begʻaraz topshirish yuzasidan patentlangan texnologiyaga ega boʻlgan “ECO TECH GROUP” QK MCHJ bilan investitsiya kelishuvini tuzish;
2020 yildan boshlab “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan oʻtkazish tartibini joriy etish;
2021 yilga qadar xalqaro tajribaga asoslanib investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni boshqarish boʻyicha axborot tizimlarini, samaradorlikni oshirish koʻrsatkichlarini qoʻllagan holda xodimlar mehnatini ragʻbatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga va qayta moliyalovchi tijorat banklariga kimyo sanoatida yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik jamiyatlariga kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki:
yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash uchun kreditlar Jamgʻarma tomonidan shartnomada belgilangan, biroq 5 million AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda moliyalashtiriladigan yangi investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash uchun Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan kredit miqdori 10 million AQSH dollari ekvivalentigacha koʻpaytirilishi mumkin;
Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishga tarmoq ilmiy-texnika kengashi bilan kelishilgan texnik vazifa, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash va tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnoma asos boʻladi;
ushbu bandga asosan Jamgʻarma kreditlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Jamgʻarma kreditlari xizmat koʻrsatuvchi b
anklar orqali qayta moliyalashtiriladi va qayta moliyalovchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda, loyihani ishga tushirish davriga qadar, jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, umumiy yillik foiz stavkasi 2,25 foiz miqdorida 5 yil muddatga ajratiladi;
kreditlar va ular boʻyicha barcha xarajatlar texnik-iqtisodiy asos tasdiqlanishi jarayonida loyihalar qiymatiga kiritiladi va ularning qaytarilishi loyihalar amalga oshirilganidan keyin, obyektlar ishga tushirilganidan soʻng olingan daromadlar va loyiha hujjatlarini investorlarga sotishdan tushgan Jamgʻarma mablagʻlari hamda qarz oluvchining umumxoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki “Oʻzkimyosanoat” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining Koreya kimyo- texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda “Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ va “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ negizida – Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun EDCF (Koreya Respublikasi) liniyasi boʻyicha Eksimbankning 50 million AQSH dollari miqdoridagi kredit va grant mablagʻlarini jalb etishni taʼminlasin.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha 2019-2021 yillar yakunlariga koʻra hisoblanadigan dividendlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kredit va qarzlarni toʻlashga yoʻnaltirish sharti bilan kapitalizatsiya qilinsin (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladigan 30 foiz miqdoridagi dividendlar bundan mustasno).
11. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Jamgʻarma, tijorat banklari va “Oʻzkimyosanoat” AJning “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi korxonalarning Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari boʻyicha majburiyatlarini 2-ilovaga muvofiq restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining majburiyatlari boʻyicha oldin berilgan davlat kafolatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. “Oʻzkimyosanoat” AJ bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.S.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a'zolari to'liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida "O'zkimyoimpeks" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o'z yechimini topgani yo'q. Masalan, mineral o'g'it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo'jaligini moliyalashtirishga umuman e'tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o'zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda, dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o'g'itlar bilan bog'liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o'sib ketmoqda.
Shu munosabat bilan 2018-yildan boshlab, iste'molchilarga mineral o'g'it yetkazib berish "O'zkimyosanoat" AJ huzurida tashkil qilinadigan "Yagona agent" vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o'g'itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda "Farg'onaazot" korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, "Ammofos-Maksam" va "Maksam-Chirchiq" birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo'lgan, "Navoiyazot" korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o'z aylanma mablag'larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E'tibor qaratish lozim bo'lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag' yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta'mirdan o'tmayapti.
Davlatimiz rahbari joriy va kapital ta'mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligini fosforli o'g'itl
ar bilan ilmiy asoslangan darajada ta'minlash masalasi muhokama qilinar ekan¸ bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo'lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021-yilda yangi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.
Yig'ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta'minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko'p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog'liqdir. Ammo bu yo'nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda "O'zkimyosanoatloyiha" loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo'nalishlarini o'zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi.
Muhokama qilingan masalalar bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
president.uz
Kimyo sanoatida 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
"Фарғонаазот"
Foto: azot.uz
Prezidentning «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2019−2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Dasturning qiymati 1 milliard AQSH dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Shuningdek dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
polimer mahsulotlari, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.
Xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va «O‘zkimyosanoat» AJ ulushlari quyidagi tartibda sotiladi:
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan:
«Samarqandkimyo» AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalari va «O‘zkimyosanoat» AJning 39,65 foiz aksiyalari «nol» xarid qiymatida;
«Qo‘ng‘irot soda zavodi» MCHJ ustav fondidagi «O‘zkimyosanoat» AJning 51 foiz ulushi bozor qiymatida;
«Qo‘qon superfosfat zavodi» AJ ustav kapitalidagi 70,54 foiz davlat aksiyalari va «O‘zkimyosanoat» AJning 25 foiz aksiyalari — «Indorama» (Singapur) kompaniyasiga 4,3 million AQSH dollariga;
«Farg‘onaazot» AJ ustav kapitalidagi 48,05 foiz davlat aksiyalari va «O‘zkimyosanoat» AJning 2,95 foiz aksiyalari tanlov savdolarida bozor qiymatida;
«Elektrkimyozavod» QK AJ ustav kapitalidagi «O‘zkimyosanoat» AJning 26,14 foiz aksiyalarini — ochiq savdolarda bozor qiymatida;
«Jizzax plastmassa» AJ ustav kapitalidagi 25 foizgachaaksiyalar — dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) o‘tkazish asosida;
«Dehqonobod kaliy zavodi» MCHJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirib jamiyatning ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalari bozor qiymatida;
«Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirib jamiyatning ustav kapitalining 51 foizigacha bo‘lgan aksiyalari bozor qiymatida.
O‘zingizga qulay xizmat orqali "Gazeta.uz"
Do'stlaringiz bilan baham: |