O`zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimov


O’zbekistonAvtomobilsozliksanoatiningrivojlanishi



Download 268,4 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2017
Hajmi268,4 Kb.
#11059
1   2   3   4

2.2 O’zbekistonAvtomobilsozliksanoatiningrivojlanishi.

Mustaqilmamlakatimiztarqqiyotyo’lidansobitbormoqda, buyo’ldagiilkg’alabamizdanbirimamlakatimiziqtisodiyotidayangitarmoq – Avtomobilsanoatiningyaratilishibo’ldi.IslomKarimov [ 2]

1992 y. iyunoyidaO’zbekistonRespublikasiprezidentiI.A. KarimovningKoreyarespublikasigatashrifichog’ida “DAEWOO”guruhizavodlaribilantanishishvaqtidarespublikaavtomobilsozliksanoatitamaltoshiqo’yishigasababbo’lganedi.O’shayilningiyuloyidaO’zbekistonvaKoreyaRespublikasio’rtasidaAsakashahridaavtomobilzavodiqurishbo’yichareferendumuyishtirildi. 1992 yilnoyabroyidaO’zbekistonRespublikasiBazirlarmahkamasitamonidan “UzDewooAvto”qo’shmakorxonasibarpoetishto’g’risidafarmoyishqabulqilimdi.

19 iyul 1996 yil Asakada Markaziy Osiyoda birinchi avtomobil zavodining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi.Natijada O’zbekiston jahoning 28 ta avtomobil ishlab chiqarish davlatlardan biriga aylandi.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda avtomobil sanoati O’zbekiston sanoatida tarkibiy o’zgarishi olib kirishga sababchi bo’ldi.Avtomobilsozlik kompleks rivojlanish qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlarinig ishga solinishi, yangi ish kuchlarini jalb etish uchun turtkiy bo’ldi.Chunkiy, mutaxasislar fikriga ko’ra, avtomobil sanoatida barpo etilgan bitta ish o’rni tarmoqqa bog’liq bo’lgan bir qator sohalarda qo’shimcha ish yaratadi.

Prezidentimiz Islom Karimov o‘sha tantanali daqiqalarda, jumladan, bunday degan edi: «Bugun nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida, balki sobiq Ittifoq miqyosida ham butunlay yangi zavod – qo‘shma korxona ishga tushishi, tariximizda ilk bor zamonaviy, jahon andozalari talablariga javob beradigan yengil mashinalar – avtomobillar ishlab chiqarilishi – buning o‘zi biz tanlagan siyosatning tamal toshi, desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi». 


Ana shu tarixiy sanadan boshlab Markaziy Osiyoda yagona Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi bilan dunyo bo‘yicha raqobatlasha oladigan yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

O‘tgan davr Asaka avtomobil zavodi uchun tom ma’nodagi sinov va yuksalish yillari bo‘ldi. 1996 yilda zavodning ahil va professional jamoasi avtomobilning bir yo‘la uchta turi – «Damas», «Nexia», «Tico» liniyalarini ishga tushirish bilan ilk muhim qadamni qo‘ydi. Shunday qilib, iste’molchilarga boshidanoq keng tanlash imkoniyati yaratildi. 2001 yilda yangi marka – «Matiz»ni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. [8]

Faoliyatining birinchi yilida korxonada 25,3 ming yengil mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa, keyingi yili bu ko‘rsatkich 64,3 ming donani tashkil etdi. Joriy yilning birinchi yarmida esa bu yerda 106,4 mingta mashina tayyorlandi va yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 230 mingga yetadi. 

O‘zbek avtomobillari tez orada xorijiy bozorlarda o‘z o‘rnini topdi, nafaqat mahalliy iste’molchilar, balki yaqin xorijdagi aholi o‘rtasida mashhur bo‘ldi va ishonch qozondi. Mamlakatimiz avtomobil tarmog‘i yildan- yilga o‘z mahsuloti eksportini oshirib, valuta tushumi hajmini ko‘paytirib bormoqda. Avtomobillar eksporti samarasida O‘zbekiston ulkan sanoat salohiyatiga ega mamlakat sifatida nom qozondi. 

Zamon ishlab chiqarilayotgan avtomobil modellarini yangilab, sifatini muttasil oshirib borishni taqozo etadi. Chunki kuchli raqobat sharoitida muayyan mamlakat bozoriga kirib borish, joy egallash va uni saqlab turish oson emas. Damas, Tico, Nexia avtomobillari O‘zbekiston avtosanoatining birinchi “qaldirg‘ochlari” bo‘lgan edi. Keyinchalik Matiz, Lacetti, yangi rusumdagi Damas, Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. O‘zbekiston avtosanoati 2008 yilda yangi hamkor va salohiyatli investor – General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Asaka avtomobil zavodida Chevrolet rusumidagi Lacetti, Captiva, Epica avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.2010 yilning avgust oyidan esa «GM Uzbekistan»ning yangi rusumdagi Chevrolet Spark avtomobili xaridorlarga taqdim etilmoqda.Hozir Nexia klassidagi yangi avtomobilni ishlab chiqarishga qaratilgan loyiha ustida ish olib borilmoqda.

O‘zbekiston avtomobillari nafaqat yurtimizda, balki xorij bozorlaridan munosib o‘rin egallab, boshqa davlatlarda ham xaridorgir bo‘lib bormoqda va xaridorlar ishonchini qozonmoqda. Avtomobillarimiz keng tarmoqli dilerlik savdo korxonalari orqali Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Armaniston, Gruziya, Moldova kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Asaka avtomobillari uchun zarur detallarni mahalliylashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda(2-rasm). Butlovchi qismlarning o‘zimizda tayyorlanishi valyuta va vaqtni tejash, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish barobarida ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini bermoqda. Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli ehtiyot qismlar va nozik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli yo‘nalishdagi ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bamperlar, tutun chiqargichlar, yonilg‘i baklari, avtomobil oynalari, akkumulyatorlar, elektr o‘tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, trubalar, bo‘yoqlar va boshqa ko‘pgina jihozlar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi besh-olti yil ichida mahalliy yetkazib beruvchilar soni yigirmadan ikki yuzga yetdi.[9]

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi rivojlanish dasturi doirasida 2008-2010 yillarda 770 millionAQSh dollari qiymatidagi 40 dan ziyod investitsiya loyihalari amalga oshirildi, 2011-2012 yillarda esa 30 loyiha doirasida 470 million AQSh dollaridan ortiq sarmoya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan bir paytda O‘zbekiston avtomobilsozlari yangi marralarni ko‘zlab, izlanishlarni davom ettirdilar. 2008 yil mamlakatimiz avtomobil sanoati hayotida muhim voqea ro‘y berdi. O‘sha yilning 21 fevral kuni Asaka avtomobil zavodi negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General Motors» korporatsiyasi ta’sischiligida yangi qo‘shma korxona – «GM O‘zbekiston» tashkil etildi. O‘zbek avtomobillari modellari qatori yangi, zamonaviy va sifatli avtomobillar hisobiga yanada kengaya boshladi. “Chevrolet” rusumidagi modellar – “Epica” va “Captiva”ni ishlab chiqarish boshlandi. Noyabr oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveyeridan millioninchi avtomobil chiqdi. Bu o‘zida ko‘rkam va keng interyer bilan dinamik sport eksteryerini uyg‘unlashtirgan “Lacetti” edi. “Lacetti” modeli nafaqat zavod tarixidagi ulkan voqea, balki avtomobil ishlab chiqarishda yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur avtomobilni ishlab chiqarish uchun kuzov panellarini qoliplash yo‘lga qo‘yildi, payvandlash uchastkasi tashkil etildi va yig‘ish konveyeri rekonstruksiya qilindi. O‘zida yuksak texnik yutuqlar, italyancha dizayn va a’lo sifatni uyg‘unlashtirgan bu avtomobil eng talabchan avtohavaskorlar o‘rtasida ham mashhur bo‘lib ketdi. 

Muvaffaqiyatlardan ruhlangan avtomobilsozlarimiz ko‘p o‘tmay yana bir sovg‘a hozirladilar. 2010 yilning avgust oyida «GM O‘zbekiston»da “Chevrolet Spark” avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi. Bu mashina jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan ilk kunlardanoq yurtdoshlarimizning sevimli avtomobiliga aylandi. “Spark” qulayligi va dizaynining o‘ziga xosligi bilan e’tiborni tortadi, xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangani va ishlab chiqarish jarayonida ilg‘or texnologiyalardan foydalanilgani bois Yevropa xavfsizlik klassifikatsiyasi bo‘yicha yuqori baho (4 yulduz)ga loyiq topilgan. Asaka zavodida o‘rnatilgan yangi quvvatlar yiliga 50 mingta “Spark” avtomobili ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. [12]

Mahalliylashtirish avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu iqtisodiyotimizni izchil va barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi, samarali texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish imkonini beradi. Eng muhimi, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan kengroq foydalanish, zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni rag‘batlantirish va butlovchi qismlar importini qisqartirish hisobiga valutani tejashga xizmat qiladi. 

Avtomobil ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlari kompleks ravishda rivojlantirilishi yurtimizda mashinasozlik, metallurgiya, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik sanoatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirishga yordam bermoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, avtomobilsozlikda yaratilgan bir yangi ish o‘rni boshqa turdosh sohalarda kamida yetti ish o‘rni tashkil etish imkonini beradi. 


Hozir yurtimizavtomobil sanoati sohasida 18 mingdan ortiq kishi ish bilan band.

O‘zavtosanoat» kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalarda birgina joriy yilning o‘zida 1,4 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan. Investitsiya dasturi doirasida mashinasozlarimiz avtomobillar uchun zarur ko‘plab detallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ustida ish olib bormoqda. O‘tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi. Bamperlar, avtoemallar, germetiklar, sanoat bo‘yoqlari, tutun chiqargichlar, yonilg‘i baklari, yonilg‘i nasoslari, avtomobil oynalari va o‘rindiqlari, akkumulatorlar, elektr o‘tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, tashqi yoritish vositalari, yonilg‘i moyi va havo filtrlari, kapsulalangan oynalar, generatorlar va kompressorlar, g‘ildirak disklari va shassi uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2008 yil 16 dekabrda “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Hozir dunyoning atigi 18 mamlakatida yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanadi. Toshkent viloyatida barpo etilayotgan ushbu yangi zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston ham bu davlatlar qatoridan o‘rin oladi. Bugungi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar mamalakatimizdagi 194 ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Mazkur korxonalarning 174 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridir. Bugungi kunga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi korxonalari tomonidan 1,4 mingdan ortiq nomdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Mahalliylashtirish jarayonini chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 1,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yetmishdan ziyod investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shu jumladan, 2008-2010 yillarda qariyb 365 million dollarlik 40 dan ortiq loyiha bajarildi. 

Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar samarasida bugungi kunga kelib «GM O‘zbekiston» yengil avtomobillarining mahalliylashtirish darajasi 60 foizdan oshdi, hozir hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish imkonini beradi. Mamlakatimizda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, ularga xizmat ko‘rsatuvchi butun bir infratuzilma yaratildi. Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan 65 avtomobillarga servis va texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxona faoliyat ko‘rsatayotgani bu soha jadal taraqqiy etayotganidan dalolat beradi. 

O‘tgan yillar mobaynida zavodda asosan yoshlardan iborat, texnologik jarayonlardan yaxshi xabardor va yuqori malakaga ega mehnat jamoasi shakllandi. Bugun korxonada 6,5 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. Ularning ko‘pchiligi xorijda o‘qib, malaka oshirib qaytgan. Shu bilan bir paytda ularga munosib o‘rinbosarlar ham tayyorlanmoqda. Korxonada Prezidentimizning 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan tashkil etilgan Turin politexnika universitetining Toshkent filiali, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Farg‘ona politexnika instituti talabalari, shuningdek, Asaka va Samarqand avtomobilsozlik kollejlari va boshqa ko‘plab kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari amaliyot o‘tamoqda. 

«GM O‘zbekiston»ning payvandlash sexi boshlig‘i Obidjon Sobirovning ta’kidlashicha, ushbu sexda ishlayotgan yoshlarning 70 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardan iborat bo‘lib, ular o‘z vaqtida mazkur korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan. Yoshlar “Ustoz-shogird” tizimi asosida tajribali brigada boshliqlari va ustalarga biriktirilgani katta samara bermoqda. 

Asaka avtomobilsozlik kollejida avtomobillarni yig‘ish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyman va hozir mazkur korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayapman, – deydi Islomiddin Ortiqvatov. – Kollejda olgan nazariy bilimlarimni ishlab chiqarish jarayonida tatbiq etishni o‘rganmoqdaman. Bu yerda Germaniyadan keltirilgan robot-manipulyatorlar o‘rnatilgan, ish konveyer usulida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bitta kuzovni tayyor holatga keltirish uchun 80 operatsiya bajariladi. 

Bularning hammasi sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Zero, milliy avtomobilsozligimiz kelajagi aynan ana shunday yosh mutaxassislarga bog‘liq. Shuning uchun bu yerda ishchi va mutaxassislarni tayyorlash, ularning bilim va tajribasini yuksaltirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. [13]

Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, korxona yoshlari o‘z kasbini miridan sirigacha mukammal biladi va ishlab chiqarishning eng mas’uliyatli uchastkalarida muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda. Masalan, ko‘zga ko‘rinmas zarra ham avtomobil rangining sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan bo‘yoqlash sexida ham. Bu yerda bo‘yashdan avval kuzovning barcha payvandlash choklari germetik bilan, kuzov va detallar korroziyaga qarshi maxsus vosita bilan qoplanadi, shundan keyin bir necha bosqichda bo‘yoqlanadi. Korxonaning yuragi bo‘lmish yig‘ish sexi jamoasi ham asosan yosh mutaxassislardan iborat. Ayni shu yerdan ko‘zni qamashtiruvchi tayyor mashinalar chiqib keladi. Bir kunda 800 mashina yig‘ish sexidan sinov-mashq maydonchasi sari yo‘l oladi. 

Bundan tashqari, yoshlar ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan ratsionalizatorlik takliflari bilan faol ishtirok etmoqda. Korxonada xodimlarning ijodiy izlanishi, tashabbusi, o‘z bilimini oshirishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi yaratilgan. 

“Damas” avtomobilini yig‘ish bo‘yicha yangi liniya ana shunday taklif mevasidir. Avvallari mashinani yig‘ish uchun 180 metr maydon kerak bo‘lgan, endilikda esa mashina 63 metrlik qulay ixtisoslashtirilgan maydonda yig‘ilmoqda. Birgina o‘tgan yili korxona bo‘yicha bildirilgan 11 ming 172 ratsionalizatorlik taklifi ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

1 avgustdan boshlab "Lacetti" avtomobillari uchun ikki bog'lamalar - old tomondagi balka (A1-FRT SUSP LHD1.8) hamda orqa tomondagi balkalarni (A1-REAR SUSP 1.8) ommaviy ishlab chiqarish ishlari boshlandi.

Kompaniyaning Еvropaning 6 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari bozoridagi ulushi 16,6% ni tashkil etadi.

Hozir “GM O'zbekiston” korxonasida mashhur “Chevrolet” brendi bilan “Malibu”, “Captiva”, “Lacetti”, “Cobalt”, “Nexia”, “Spark”, “Damas” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. “O'zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi avtomobillarimiz eksporti hajmini yanada kengaytirish yuzasidan doimiy ish olib bormoqda.

Rejali dasturlar asosuda korxonalar diversifikatsiya va ishlab chiqaryotgan mashinalar modernizatsiya qilib borilmoqda. O’zbekiston respublikasi Prezidentining PQ-1856 qarori “Xorazm viloyatida “damas” engil avtomobillar ishlab ciqarishni tashkil etish chora tadbirlari haqida” deb nomlanadi.Unga asosan “Damas” avtomobillarini Xoraz avtomobil ishlab chiqarish birlashmasida yig’ish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” OAJ da yig’ish ishlari olib borilladi.U 2014 yil I kvartalidan mahsulot bera boshlaydi. Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarishni to’liq sikli amalga oshirilishi boshlanadi (2014 yil IV kvartal ) bo’yicha muhim lohiya nihoyasiga yetkazish mo’ljallanmoqda.

“ O’zavtosanoat ” AJ respublika mintaqalarida 16 ta loyixani amalga oshirib, natijada 780 ta yangi ish o’rinlarni yaratadi. 40 ming dona turli tangi mahsulotlar ishlab chiqaradi. “Damas” ishlab chiqarishdan bo’lgan sexlarda yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarish o’zlashtirish.

III.O’zbekiston mashinasozlik sanoati istiqbollari.

3.1 O’zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanish istiqbollari va muammolari.

Samarqanddagi “SamAvto” zavodida tayyorlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobuslar, yuk avtomobillari, ixtisoslashtirilgan transport vositalari – avtofurgonlar, suv tashish, sut tashish, chiqindi tashish mashinalari, avtominoralar, evakuatorlar ishonchliligi va foydalanishda qulayligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. “JV MAN Auto – Uzbekistan” qo‘shma korxonasida esa zamonaviy yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

2009 yili “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.Dunyoning atigi 18 mamlakatida yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanadi.Toshkent viloyatida barpo etilayotgan “General Motors Powertrain Uzbekistan” deb nomlangan ushbu yangi zavod joriy yilning noyabr oyida ishga tushishi bilan O‘zbekiston ham bu davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin oldi. Shuningdek, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Germaniyaning “MAN Truck & Bus AG” kompaniyasi hamkorligida “JV MAN Auto – Uzbekistan” qo‘shma korxonasi uchun og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi davom etmoqda.

MAN yuk avtomobillari Samarqandda ishlab chiqarilmoqda. U 2009 yil avgustida tashkil etilgan "JV MAN Auto-Uzbekistan" qo'shma korxonasining birinchi mahsulotidir. Qo'shma korxona "O'zavtosanoat" AJ va Gеrmaniyaning MAN Nutzfahrzeuge AG" kontsеrni hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, bunda o'zbеk tomoniga 51foizli, nеmislar tomoniga esa 49 foizli ulush to'g'ri kеladi.

Mazkur qo'shma korxona "MAN SE" kompaniyalar guruhining MDH dav-latlari hududida tashkil etilgan birinchi zavodidir.

"O'zbеkiston Markaziy Osiyoda stratеgik pozitsiyalarni egallashi bilan MAN uchun muhim ahamiyat kasb etgan.Bizning munosabatlarimiz 18 yildan ziyod vaqtdan bеri davom etib kеlmoqda va u muqim asosga ega", – dеdi "MAN SE" kompaniyalar guruhi boshqaruv raisi Xokan Samuelson.

Aytish kеrakki, "MAN Nutzfahrzeuge AG" MAN kompaniyalar guruhining jahon bozorida rеlssiz transport vositalari ishlab chiqaruvchi va transport muammolarini hal etish yo'llarini ishlab chiquvchi еtakchi korxonalardan biri hisoblanadi. U turli maqsadlarga xizmat qiladigan yuk avtomobillari, yo'lovchi va sayyohlarni tashishga mo'ljallangan avtobuslar, shuningdеk, og'irligi 250 tonnnagacha bo'lgan maxsus transport vositalarini ishlab chiqaradi.

Umuman olganda, "MAN Nutzfahrzeuge AG" ning dunyo bo'ylab 30 ga yaqin asosiy sho'ba korxonalari mavjud. Avstriya, Polsha, Turkiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda "MAN Nutzfahrzeuge AG" kompaniyasining sho'ba korxonalari ishlab turibdi.

MDH davlatlarida kompaniya Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Ozarbayjon va Turkmanistonni hamrab olgan kеng distribyutorlik va sеrvis tarmog'iga ega.

Kompaniya korxonalarida hammasi bo'lib 36 ming kishi mеhnat qiladi. 2008 xo'jalik yilida kompaniyaning sotuv hajmi 10,6 mlrd. еvroni tashkil qildi. 96,4 mingga yaqin yuk avtomobili va MAN va NEOPLAN markali 7,2 ming avtobus va avtobus shassilari sotildi.(3-rasm).

Sohada yuqori malakali muhandis va ishchi-xodimlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan tashkil etilgan Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yoshlar mashinasozlik texnologiyalari, avtomobilsozlik, sanoat va xo‘jalik qurilishi, arxitektura va sanoat dizayni, sanoatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlarida tahsil olmoqda.

Matbuot anjumanida avtomobilsozlik mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sanoatning yuqori texnologiyali boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga ham xizmat qilayotgani ta’kidlandi.[14]

Joriy yilning 24-28 aprel kunlari o'tkazilayotgan «Toshkent Xalqaro Investitsion-Moliya Forumi» doirasida «Mashinasozlik, elektro texnika sanoati, informatsion texnologiyava telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari» mavzusiga bag'ishlangan seksiya majlisi bo'lib o'tdi.

Mazkur anjumanda “O'zavtosanoat”, «GM Power Train», «JV MAN Auto-Uzbekistan», «UzMinda», «Huawei Technologies», «O’zeltexsanoat», «UzClaasAgro», «Doychekabel», «Iskratel» hamda nufuzli xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar. Seksiya majlisida mazkur kompaniyalar faoliyatlariga bag'ishlangan taqdimotlari namoyishi bo'lib o'tdi.Seksiya majlisi «Uzavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi vakil o'rinbosari Umid Salimovning maruzasi bilan boshlandi.O'zbekistonda ishlab chiqaruvchilarni xususiy tadbirkorlikka hamda kichik va o'rta biznes sub'ektlarini jalb etish avtomobilsozlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Ushbu yo'nalishda “O'zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi 3,5 mingdan ortiq ishchi mehnat qilayotgan 200 dan ziyod kichik va o'rta ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ygan. Ta'kidlash joizki, ayni paytda mahsulot yetkazib beruvchi ushbu korxonalar qatoridan joy olishni istovchi, mamlakat ichki bozorida faoliyat ko'rsatayotgan qator korxona, xususiy tadbirkorlar soni tobra ortib bormoqda.

Yuqori malakali kadrlar - avtomobilsozlik sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Oliy o'quv yurtlari va bo'lg'usi ish beruvchilar o'rtasidagi hamkorlikda mutaxassislar bugungi kadrlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash masalasini hal etishning zarur yo'nalishi deb baholashmoqda.

Ayni paytda “O'zavtosanoat” AK tarkibiga kiruvchi 54 ishlab chiqarish korxonasiga 76 mashinasozlik va sanoat kollejlari, “Agrotexservis” MCHJ ning 155 korxonasiga 245 qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan kollejlar biriktirilgan.Shu asnoda 50 mingdan oshiqroq talaba yoshlar ishlab chiqarish amaliyotini mazkur korxonalarda o'tash imkoniga ega bo'ldilar.

Korxonalarga biriktirilgan o'quv yurtlariga ishlab chiqarish uskunalari, maxsus kiyim-boshlar, ehtiyot qismlar, turli adabiyotlar, o'quvchilarni issiq ovqat bilan ta'minlash va boshqa ehtiyojlar uchun zarur mablag' ajratildi.

Mazkur forumda «O’zeltexsanoat» kompaniyasining ham taqdimoti namoyish qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimiz elektrotexnika sanoati iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga o'z mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Yangi yakka tartibdagi modellar ishlab chiqishdan tortib uskunalarni montaj qilish va ularga texnik xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan turli xizmatlarni ko'rsatmoqda.

Kabel-o'tkazgichli mahsulotlar, past voltli apparatura, shchit qurilmalari, liftlar, transformatorlar, elektrotermik uskunalar, shuningdek, turli elektron texnika buyumlari, asboblar, aloqa jihozlari va maishiy texnika – fan-texnika yutuqlari asosida hammasi bo'lib 2000 dan ortiq nomdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

“O'zeltexsanoat” uyushmasi tizimida 35 korxona faoliyat yuritmoqda. 2013-yil yakunlariga ko'ra, mazkur korxonalar tomonidan 988,1 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko'rsatildi, 2012-yilga nisbatan o'sish 126 foizni tashkil etdi. 254 milliard so'mlik iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi.

Uyushmaning marketing, ishlab chiqarish, eksport salohiyatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Xurshid Yusupovning aytishicha, ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan ichki bozorda import mahsulotlar o'rnini bosish va eksport ko'rsatkichlari ham yaxshilanmoqda.

Xususan, 2013-yilda “O'zeltexsanoat” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi 2012-yilga nisbatan 126 foizni tashkil etdi.

Prezident Islom Karimovning 2011 yil 29 iyulda qabul qilingan “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha 2011-2013-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq uyushmaning deyarli barcha korxonalarida yangi turdagi import o'rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish maqsadida modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda."O'zavtosanoat" AK VI Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida berilgan ma'lumotlariga ko'ra, kompaniyaning barcha modellari bo'yicha mahalliylashtirish darajasi 50% dan oshdi. 20 ta qo'shma korxonalar bamperlar, o'rindiqlar, lok-bo'yoq mahsulotlari, yoqilg'i baklari, jgutlar, oynalar va boshqalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirilgan. Asakadagi bosh avtozavodiga 98 ta butlovchi qismlar hamda detallarni yetkazib beruvchidan 76 nafari kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlaridir.[15]

Korxonaning dastlabki quvvati yiliga 2000 ta avtotransport vositalari ishlab chiqarishga imkon bеradi.Avtomobillar dastlabki bosqichda Samarqand avtomobil zavodi hududida yig'iladi.

""MAN Nutzfahrzeuge" kompaniyasi ilg'or Еvropa tеxnologiyalari va tеgishli tеxnik xizmat ko'rsatishni tatbiq etishdan tashqari, "JV MAN Auto-Uzbekistan" mahsulotlarini o'zining distribyutorlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksportga chiqarishga ham ko'mak bеradi. O’zbekiston iqtisodiyoti uchun an’anaviy ixtisosli soha hisoblangan Qishloq xo’jaligi mashinasozli: “TTZ" OAJ 2012 yilda umumiy ishlab chiqarish hajmi 98 mlrd. so'm bo'lgan 15 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirildi. 2011 yilga nisbatan kutilayotgan o'sish sur'ati 189%ni tashkil qiladi. Bu haqda VI Xalqaro sanoat yarmarkasi vaKooperatsion birjaning birinchi bosqichi doirasida "Toshkent traktor zavodi"OAJ boshqarma boshlig'i Marat Jumaev e'lon qildi.

Mahalliylashtirish dasturi O'zbekistonning qishloq xo'jaligi mashinasozligi sohasidagi yetakchi korxonasining rivojlanishida muhim o'ringa ega. Zavod TTZ-80.11, TTZ-80.10 paxtachilikka oid universal chopiq traktorlarini, PTS-4793A-03A traktor pritseplarini, shuningdek ehtiyot qismilarini hamda ishlab chiqarayotgan texnikasiga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.


Qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasi doirasida mashinasozlik korxonalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, detallari va butlovchi qismlaridan keng foydalaniladi. Yetakchi hamkorlar – "O'zavtosanoat" AK korxonalari, "Agregat zavodi" OAJ, "Texnolog" OAJ va uning sho''ba korxonalari, "Chirchiqqishmash", elektrotexnika sanoati korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari. Traktor zavodi po'lat va cho'yan quyma, qoliplaydigan buyumlar, moy, bo'yoq, polietilen va boshqalardan foydalanadi. "O'zavtosanoat" AK korxonalari bilan sohalararo kooperatsiya bo'yicha zavod akkumulyatorlar, oynalar, radiatorlar, elektr uskunalari elemetnlari, sim jgutlari,o'rindiqlar va boshqalrni xarid qiladi.

2013 yilda 2010 yil mart oyida "TTZ" OAJ tarkibida tashkil qilingan "Uz Slaas Agro" O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi qishloq xo'jaligi texnikasini mahalliylashtirish darajasini 50% gacha yetkazishni rejalashtirmoqda. U g'allani o'rib-yig'ib oladigan kombayn, press-saralovchilar, pichan yig'uvchi texnika va 150 dan ortiq ot kuchiga ega traktortorlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Taqdim qilingan axborotga ko'ra, O'zbekiston dalalarida bugungi kunda 1000 dan ortiq Dominator-130 g'allani o'rib-yig'ib oladigan kombaynlar ishlamoqda, ularning 600 tasi "Uz Slaas Agro" QK tomonidan 2010 dan 2012 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan qariyb 200 ta toyli press-saralovchilar ishga tushirilgan.

2013 yilda qo'shma korxona, shuningdek yirik hajmli bog'lamalar – g'alla bunkeri, listlangan prokatdan qoplama va panelli detallarni ishalb qiarishni mahalliylashtirishnirejalashtirmoqda."Uz Slaas Agro" QK da amalga oshirilayotgan modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari doirasida yangi bichuv-tayyorlash, payvandlash uskunasi va zarur asboblar xarid qilinmoqda. Uning montaji joriy yilning III choragida amalga oshiriladi, oktabr-noyabr oylarida esa 2014 yilda ishlab chiqarish dasturi doirasida butlovchi qismlar va detallarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda yanada murakkab bog'lamalrni mahalliylashtirish ko'zda tutilgan.

Qishloq xo'jaligi mashinasozligi sohasidagi yetakchi korxona – "TTZ" OAJda mahalliylashtirish chuqurlashtirilmoqda. Bugungi kunga kelib, O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan MAN avtomobillari uchun yarim pritsepli texnikani, yengil avtomobillarni tashish uchun avtotashuvchilar va konteynerlarni tashish uchun yarim pritseplarni tayyorlash o'zlashtirildi.


Ilgari "Toshkent traktor zavodi" OAJ va "O'zavtosanoat" AK 2012-2014 yillarda sinov tartibida "Toshkent traktor zavodi" OAJ mahsulotlarini "Avtosanoat Agromashsavdo" MCHJ rasmiy distribyutor bilan bitimi imzolash orqali savdoni tashkil qilish to'g'risida qaror qabul qilganlar. Distribyutorga "Toshkent traktor zavodi" OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi texnikasi savdosini tashkil qilish huquqi berilgan. U, shuningdek mintaqalarda faoliyat ko'rsatayotgan "Agrotexservis" korxonalari negizida qishloq xo'jaligi texnikasini ularning foydalanish tavsiflarini namoyish qilgan va mexanizatorlarni o'qitgan holda sotish, servis xizmati ko'rsatish va ta'mirlash, ehtiyot qismlar bilan ta'minlashga doir kompleks xizmatlar ko'rsatish bo'yicha "Toshkent traktor zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyati talablariga muvofiq zarur texnik va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan tegishli infratuzilmani tashkil etadi.

Qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchisining rasmiy distribyutori tomonidan avans tarzida moliyalashtirish (qiymatining kamida 70 foizi hajmida) ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, ritmik ishlab chiqarish va respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi texnikasi zamonaviy marketing metodlarini qo'llagan holda sotishni tashkil qilish, sifatli xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratilmoqda.Hukumatning 2 maydagi "Qishloq xo'jaligi texnikasi yetkazib berish va respublika mintaqalarida ularga servis xizmati ko'rsatish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida qayd qilinishicha, qo'llanilayotgan chora-tadbirlar mahalliy qishloq xo'jaligi mashinasozligi korxonalarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirishga yo'naltirilgan.

Hozirda MDH mamlakatlarida O'zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan ortiq dilerlari faoliyat ko'rsatmoqda hamda yuk avtomobillari va maxsus mashinalar ishlab chiqarayotgan “JV MAN Auto – Uzbekistan” qo'shma korxonasi Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston kabi mamlakatlarda o'z mahsulotlari sotuvi yo'lga qo'yilgan.

Avtomobillar uchun zarur ko'plab detallarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish ustida mashinasozlarimiz muntazam ish olib bormoqda. Avtomobil oynalari va o'rindiqlari, bamperlar ,avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, lak-bo'yoq materiallari, tutunchiqargichlar va zarbaga qarshi balkalar, yonilg'i baklari, tashqi yoritish vositalari, jgutlar, avtomobil elektr o'tkazgichlari, akkumulyatorlar, g'ildirak disklari va shassi uzellari, yonilg'i nasoslari, generatorlar, kompressorlar ishlab chiqaruvchi va boshqa o'nlab korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. “O'zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar mamlaka-timizdagi ikki yuzdan ziyod korxona bilan kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ygan.

Avtomobilsozligimiz rivojida yangi davrni mashinalar uchun kuch agregatlari ishlab chiqarayotgan “General Motors Powertrain Uzbekistan” korxonasining tashkil qilinishi boshlab berdi. Bunday noyob  ishlab chiqarish korxonalari dunyoning sanoqli mamlakatidagina mavjud bo'lib,  zavodda 1,5 litr va 1,2 litr sig'imdagi yangi avlod dvigatellari ishlab chiqarilmoqda. “GM O'zbekiston” mahsulotlariga ushbu korxonada tayyorlangan dvigatellar o'rnatilishi natijasida korxonaning qo'shimcha qiymatida mahalliylashtirish ulushi 82 foizga yetgan.

2012 yil davomida Andijon shahridagi “O’zavtoaustyom” “O’zxanvu” Farg’ona shahridagi “Uzsangvuinjeniring”, Namangan shahrida “O’zavtosanoatplast” Toshkent shahridagi “Banner print”, “Agregatavto komplekt” korxonalarda 100 turga yaqin turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi “Uzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, GMPT Uzbekiston avtomobillar ishlab chiqarish 200 korxonalaridan hisoblanadi.

O’zbekistonda GMUzbekistan (shevrolet turkumi), MAN Uzbekistan ( yuk avtomobillari ishlab chiqarish ), San Avto ( “Isuzu” ) korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib borilmoqda. Bu holat avtotransport vositalariga bilanshaxsiy tijoriy talabning ortib boryotganinidan dalolatdir.

Mamlakatimiz iqtisodiyotidayuz berayotgan jiddiy sifat o’zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.

Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qolish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishi tobora ortib bormoqda.

2013 yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik sanoati 121 % ga o’sgani misolida buni yaqqol ko’rish mumkin.

Telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil’ telefonlar, keng turdagi mishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda. Ana shunday o’zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi hozirgi vaqtda 24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Holbukiy bu ko’rsatkich 2000 yilda 14,2 foizdan iborat edi. Hech shubhasiz, bu borada sanoat kooperatsiyasi asosida tayor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materialar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko’lamini kengaytirish bo’yicha bajargan ishlarimiz muhim rol’ o’ynaydi. So’ngi 3 yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat o’tgan yilning o’zida 450 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko’paydi va import o’rnini bosish bo’yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda “Jizax” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-komunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo’yicha faolishlar olib borilmoqda. O’tgan yilning o’zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil’ telefon ishlab chiqarildi

Yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan tovarlar bilan ta’minlash borasidagi ahvol ham tubdan o’zgardi. Xonadonlarni xolodil’nik, konditsioner, televizor, mobil telefon va boshqa zamonaviy maishiy texnika vositalari bilan ta’minlash darajasi oshmoqda. Ayniqsa, so’ngi yillarda aholining o’zimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta’minlanish darajasi o’sgani e’tibolidir. Agar 2000 yilda har yuzta oilaga o’rtacha 20 ta yengil avtomobil to’gri kelgan bo’lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 tag yetdi.

Korxonalarda modernizatsiya va ishlab chiqarish faoliyatini tiklash jarayonlarini amalga oshirish uchun 316 milliard so’m hajmidagi investitsiya kiritildi va buning natijasida 9 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda 140 dan ortiq korxona zarar ko’rib ishlamoqda. Ularning 67 tasi yirik korxonalar bo’lib, 10 tasi sanoat sohasiga, jumladan , Qishloq xo’jaligi mashinasozligi va elektr texnika sanoatitarmoqlariga tegishli. Masalan: Toshkent traktor zavodi, “Agregat zavodi”, “Chirchiqqishloqmash”, “O’zpaxmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari og’ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.Yildan yilga mashinalar rusumi takominlashib borib, eksport qilayotgan davlatlar soni ortib bormoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingan joriy yilda “GM Uzbekistan” kompaniyasi yana bir yangi avtomobil – “Chevrolet Orlando” oilaviy minevenini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati jadal rivojlanib borayotganidan dalolat beradi(4-rasm).

O‘rta o‘lchamdagi yetti o‘rinli yangi avtomobil “Chevrolet Cruze” rusumidagi sedan platformasi asosida yaratildi. “General Motors Korea” jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ixcham avtomobil o‘ziga xos ajoyib dizayni bilan ajralib turadi.Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu avtomobil 141 ot kuchiga ega, 100 kilometrga o‘rtacha 7,9 litr yonilg‘i sarflaydigan tejamkor dvigatel va olti pog‘onali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.“Chevrolet Orlando” shinamligi, salonining kengligi va yuk tashish imkoni mavjudligi bilan ham e’tiborlidir. Buyumlarni qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus joylarning ko‘pligi haydovchi va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Priborlar paneli esa ko‘plab vazifalarni bajara oladi.

Avtomobil old va yon tomondan xavfsizlik yostiqchalari, boshqaruv rulining past-balandligiga qarab tormozning o‘z-o‘zidan blokirovkaga tushib qolishiga qarshi tizim, orqa tomonni ko‘rish uchun yon ko‘zgular, old o‘rindiqlarni to‘rt tomonga ham moslaydigan funksiyalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, yomg‘ir datchigi, harorat, tezlikni haydovchi ishtirokisiz nazorat qilish qurilmalari va boshqa qulayliklarga ega.“General Motors”ning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy “Chevrolet Orlando” o‘zining ajoyib dizayni va xavfsizlik tizimi, yuksak texnik xususiyatlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki xorijlik xaridorlarga ham manzur bo‘ladi.

Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi shu soha uchun qo’shimcha mutaxasislar tayorlash zaruratini tug’dirdi.Bu holat Asakada avtomobilsozlik koleji tashkil etilishi, Andijon muhandislik iqtisodiyit institutining mashinasozlik institutiga aylantirlganligi sabab bo’ldi.

3.2 Umuta’lim maktablarida “O’zbekiston mashinasozlik majmuasi” mavzusini o’qitishda inter fa’ol metodlaridan foydalanish.

O’zbekistonning iqtisodiyn va ijtimoiy geografiyasi fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi

(8-sinf)

17- Dars. Mavzu: Mashinasozlik majmuasi

Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad:

O’quvchilarda Mashinasozlik majmuasi haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirishni davom etish; Mashinasozlik majmuasi haqida bilimlarni eslatish; Mashinasozlik xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, yangi geografik atamalar bilan tanishtirish;

b) tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni o’z maqsadiga erishish maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; tabiiy boyliklarni ko’z qorachig’iday asrash, bib-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyat sezish, ko’nikmalarni tarkib toptirish.

s) rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarni mustaqil ishlash, ijobiy izlanish orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrini aniq ifodalashga o’rgatish, nutq maqaniyatini o’stirish.

Darsning jihozi:

Yarimsharlar tabiiy xaritasi, O’zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalari, 8-sinf o’quv atlasi, Mashinasozlik majmuasidan namunalar, rasmlar, 8-sinf geografiya darsligi.



Download 268,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish